-rasm. Xashaki tarvuz.
1-barg turlari, 2-meva shakllari, 3-poya va gullari
Disxim navi-mevasi yirik, shakli silindirsimon, tusi och yashil, sirtida to‘q yashil yo‘llari va dog’lari bor.
Rodeziyes navi- morfologiyasiga ko‘ra disximga yaqin turadi.
Brodskiy 37-42-xashaki tarvuzlar orasida eng erta yetiladigan navlardan hisoblanadi. U qurg’oqchilikka chidamli. Mevasi yirik, shakli yumaloq, och yashil bo‘lib, sirtida yashil yo‘llari bor.
Qovoq. Qovoqning (Cucurbita maxima Duch.) xashaki navi asosan chorva hayvonlariga ozuqa uchun yetishtiriladi. Ildiz sistemasi tarvuznikiga oxshab ketadi. Poyasi baquvvat rivojlangan, yerga taralib o’sadi, poya tukchalar bilan qoplangan, barglari katta. Turiga qarab gullarining shakli, rangi har xil bo’ladi. Barcha turdagi qovoqlarning gullari ayrim jinsli, bir uyali, sariq rangda, barg qo‘ltig’ida joylashadi. Mevasi sharsimon yoki cho‘ziq, turli rangda, eti yumshoq, sersuv, rangi zarg’aldoq, gohida oq, tarkibida 2-8 % moy bor, 1000 donasining vazni 240-300 g atrofida (-rasm).
-rasm. Xashaki qovoqning meva shakllari.
Xashaki qovoqning Stofuntovaya, Altayskaya 47, Gibrid-72, Vitaminnaya, Voljskaya seraya-92, Hayvonkadi, Dnepropetrovskaya kustovaya va xo‘raki qovoqning Palovkadi-268, Qashqar-1644, Ispan navlari ekilib kelinmoqda.
Hayvonkadi navi-kechpishar, serhosil, turkman navi. Mevasi yumaloq, o‘rtacha yirik. Sirti bilinear bilinmas tilimli, tusi och kulrangda.
Stofuntovaya navi-(Yuz funtli-C. maxima)serhosil nav. Mevasi yumaloq, qirik, tusi pushti.
Dnepropetrovskaya kustovaya-(C.pepo) ning shakli noksimon, ancha mayda, tusi sariq bo‘lib, to‘q sariq – yashil yo‘llari bor.
Vitaminnaya navi- shakli cho‘zinchoq, tusi och jigar rangda, o‘rtacha yirik bo‘lishi bilan farq qiladi. Etining rangi to‘q sariq-qizil, tarkibida karotin ko‘p (16 mg% gacha) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |