7Тошкент Давлат Техника Университети «Электроника ва автоматика» факультети 87-17 эа(ў) гурухи йиғилиши


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM


Download 86.92 Kb.
bet4/21
Sana25.02.2023
Hajmi86.92 Kb.
#1228520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
17-36

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Islom Karimov nomidagi
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«Elektronika va avtomatika» fakulteti
87-17 EA (o’)guruhi yig’ilishi
Bayonnomasi №20
11.02.2019 y. Toshkent sh.

Qatnashdilar:

Murabbiy va guruh talabalari.



Kun tartibi:

1. Temut tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher mavzusi asosida davra suhbatini tashkillashtirish va taqdimot tayyorlash.


2. Davomat haqida.
3. Ijro intizomi ( Yangi o’quv jarayoni haqida).



Eshitildi:



  1. Guruh murabbiysi B. O. Isakov darsni boshlab, bugungi mavzu bo’yicha taqdimotni namoyish qildi. Ma’ruzada, talaba-o’quvchilarga so‘z mulkining sultoni, ulug‘ shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishni keng yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish maqsadida shoir tavalludining 578 yilligi borasida ko’pgina tadbirlarni tashkil qilinayotganligi aytib o’tildi. Bular jumlasiga “So‘z mulkining sultoni” mavzusidagi Viktorina o’tkazilayotganini ham aytib o’tildi. Viktorinada Alisher Navoiy hayoti va ijodiga hamda asarlariga oid savollar beriladi va unga o‘quvchi-yoshlar (foydalanuvchi) Fikr.uz saytining tegishli blogida yozma javob berish(iqtibos qoldirish) orqali javob berishadi. Alisher Navoiyning o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, asarlaridagi teran ijtimoiy falsafa mohiyati, ulug‘ shoir ijodining yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat va samimiyat tuyg‘ularini mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyatini anglash zarurligi bayon qilindi.
  2. Davomat va o’zlashtirish haqida guruh sardori R. Almatov so’zga chiqib talabalar davomati haqida ma’lumot berdi. Unga ko’ra barcha talabalar darslarga to’liq ravishda qatnashayotgani aytib o’tdi.

  3. Turli masalalar yuzasidan yangi o’quv jarayoni haqida ma’lumot berildi.


Qaror qilindi:



  1. Temut tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher” mavzusi bo’yicha talabalarga milliy g’urur tuyg’usini uyg’otish va tarbiyalash, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan berilgan ma’lumotlar mustahkamlansin.

  2. Guruh davomatini to’liq ravishda olib borish ta’minlanishi borasida guruh sardori ogohlantirilsin.

  3. Talabalarning o’quv jarayoniga tayyorgarligi mustahkamlansin.

87-17 EA (o’)


guruh murabbiyi B. O. Isakov
Guruh sardori R. Almatov


Download 86.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling