8 – Amaliy ish Geologik xaritalar va ularning turlari. Geologik kesma va stratigrafik ustun tuzish usullari. Tog’ kompasi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
8 - amaliy ish 76a7e003d1a769292d49a3083cc4bf47
14.1-rasm 8.3. – amaliy ish. Stratigrafik ustun tuzish usullarni o‘rganish. Ishning maqsadi: Talabalarga burg’ quduqlari ma’lumotlariga asoslanib joyning stratigrafik tuzishni o’rganish. Stratigrafiya lotincha stratium ya’ni qatlam degan so’zdan olingan. Stratigrafiya tog’ jinslarining ketma-ket paydo bo’lib, navbatma-navbat tariqasida joylashib ularning o’zaro aloqadorligini o’rganadi va shu qatlamlarning nisbiy yoshini aniqlashga imkon beradi. Geoxronologiyada geologik vaqtning uzoq oraliq vaqti - 2 ta eon mavjud. 1.Kriptozoy eoni: Katarxey, Arxey va Protyerozoy eralarini o’z ichiga oladi; 2.Fanyerazoy eoni: Paleozoy, Mezozoy va Kaynazoy eralaridan tashkil topgan. Stratigrafiya ustuni - o'rta, yirik ya mukammal geologiya xaritalaridan bir necha yo'nalish bo'yicha tuzilgan kesmalari aniqlangach, qatlamlarning haqiqiy qalinligi grafik usulda tasvirlanadi. Stratigrafik ustuni tik va to'g'ri burchakli shaklda tuzilib, uning chap tomonidan o'ngga qarab yotqiziqlaming geologik vaqtlari - guruh, sistema, bo'lim, yarns, indeks, tog 1 jinslarining shartli belgilari, qalinligi, tog' jinslarining ta'rifi va organizmlar qoldiqlari, fizik xossalari ko'rsatiladi (9-rasm). Shundan keyin ustunda yotish munosabatlariga qarab eng qari tog’ jinslar ostida va yoshlari esa ustida ketma- ket joylashtirilib, har bir bo'linmalaming yoshlariga qarab rangli va shtrixli belgilar bilan tasvirlanadi. Stratigrafik ustuni masshtabi xaritaning tik ramkasidan oshmasligi kerak. Odatda ustunning umumiy tik uzunligi 40-50 sm qilib olinadi. Stratigrafiya ustunida mos yotgan bo'linmalar to'g'ri chiziq, nomos yotgan bo'linmalar to'lqinsimon qilib belgilanadi. Stratigrafik bo’linmalarining bir-biriga munosabati tushunarsiz bo'lsa, ular ustunda ikki parallel chiziq bilan chegaralanib, 4 mm oraliq qoldiriladi va ichiga so'roq belgisi qo'yiladi. Agar bo'linmalaming qalinligi juda kichik bo'lgan holda, ular ustunda masshtabsiz tasvirlanadi. Xarita ramkasidan tashqarida berilgan yozuv, grafika va sxemalar yordamchi elementlar hisoblanadi. Yirik va mukammal xarita varag'ining chap tomoniga stratigrafik ustuni, o'ng tomoniga shartli belgilar, tagiga esa xarita masshtabida geologik kesimi joylashtiriladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling