8- amaliy mashg`ulot. Atomli spektroskopiya usulini o`rganish ishning maqsadi
Download 43.28 Kb.
|
1 2
Bog'liq8 амалий
8- AMALIY MASHG`ULOT. ATOMLI SPEKTROSKOPIYA USULINI O`RGANISH Ishning maqsadi: talaba atomli spektoskopiya usulini, tajriba apparatining tuzilishini va tahlil qilish usullarini o`rganadi. Umumiy tushuncha Kimyo sanoati mahsulotlari tarkibida bo’lgan mikroelementlarni aniqlash usullaridan biri atom –absorbsion spektroskopiya usulidir. Moddalar tarkibida mineral elementlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir. Ko’pgina kimyoviy usullar katta namunalar bilan ish ko’radi va ko’p vaqt talab qiladi. Fotokalorimetrik usullar va kompleksometriya ham o’zini sezgirligi, aniqligi va tahlil o’tkazish tezligi bo’yicha talablarga javob bermaydi. Bu talablarga spektral usullar, xususan, keng tarqalgan atom-absorbsion spektroskopiya eng to’liq javob beradi. Atom-absorbstion spektroskopiya usulida yutilish jarayonidan foydalaniladi. Bunda atom tomonidan energiya yutilishi asosiy darajada ro’y beradi. Bunday oddiy qurilma sxemasi 1 – rasmda keltirilgan. Tahlil etilayotgan eritma aerozol ko’rinishida gorelka alangasiga purkagich yordamida kiritiladi. Shundan so’ng elementning alangadagi nurlanishi standart yorug`lik manbayi nurlanishini atomlar tomonidan yutilishi o’lchanadi. 1-rasm. Ikki nurli atom-absorbsion spektrofotometr sxemasi. 1-yorug`lik manbayi; 2- uzgich diski; 3- alanga; 4- fotoelektrik yorug`lik qabul qilgichi; 5-qayd qilish elektron sxemasi; 6-ko’zgu. Buning uchun yutuvchi bug` qatlami tadqiq etilayotgan elementni yutilish chiziqlariga mos keluvchi to’lqin uzunlikdagi monoxromatik yorug`lik dastasi bilan yoritiladi. Namuna alangada atom bug`larini hosil qiladi. Aniqlanayotgan element atomlari tushayotgan yorug`likni ular konsentrastiyasiga to’g`ri proporsional tarzda yutadi. Yorug`lik manbai sifatida past bosimli gazorazryad lampalar ishlatiladi. Ular aniqlanayotgan elementni ingichka rezonas chizig`ini beradi. Spektral qism o’lchanayotgan element yutayotgan to’lqin uzunligini ajratish uchun mo’ljallangan prizma va difrakstion panjaraga ega. Yorug`lik signali fotoko’paytirgichga kelib tushadi va galvanometrga beriladi. Signal spektrofotometrdan avtomatik sanash qurilmasiga kelib tushadi, u esa natijalarni yutilish yoki optik zichlik birliklarida konsentrastiyani raqamli vizual qayd qilgichga beradi. Signal o’zi yozar potenstiometr tomonidan qabul qilinishi mumkin. Atom-absorbsion spektroskopiyaning ustunligi shundaki, alangada aniqlanayotgan elementni yaqqol namoyon bo’lgan rezonans chiziqli oddiy spektri olinadi. Bu esa turli elementlar rezonans chiziqlarining bir-birini qoplab ketishini oldini oladi va tadqiq etilayotgan mahsulot komponentlarini o’zaro ta’sirini kamaytiradi. Bundan tashqari absorbstion tahlilda tahlil sharoitlarini, xususan, alanga haroratini ta’siri kamaytirilgan. Download 43.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling