8- amaliy mashg`ulot. Atomli spektroskopiya usulini o`rganish ishning maqsadi


Download 43.28 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi43.28 Kb.
#1508101
1   2
Bog'liq
8 амалий

Ishni bajarish tartibi

Mahsulotlarining suyuq namunalaridagi elementlar konsentrastiyasini suyuq namunalarda aniqlash uchun S-115 markali atom absorbstion spektrofotometri keng ishlatiladi. Uning ishi ma’lum element atomlari tomonidan yorug`lik yutilishi hodisasiga asoslangan. Spektrofotometr quyidagi ikki asosiy rejimning birida ishlaydi:

  • atom –absorbstion tahlil, bu rejimda rezonans nurlanish manbayidan kelayotgan yorug`lik atom bug`lari qatlamini o’tadi va ular tomonidan yutiladi;

  • emission tahlil, bunda nurlanish manbayi namuna atom bug`lari hisoblanib, ular purkalishi davomida alangada qo’zg`atiladi va ulardan yorug`lik oqimi nurlanadi.

Atom-absorbstion spektroskopiya usulida yutilish jarayonidan foydalaniladi. Bunda atom tomonidan energiya yutilishi asosiy darajada ro’y beradi. Atom –absorbstiyasini S-115 markali spektrofotometrini funkstional sxemasi 2 –rasmda keltirilgan. Asbobning spektral diapazoni 190 nm dan 860 nm gacha. Yo’l qo’yiladigan xatoligi ±0,5nm gacha. Ta’minlash 220 V, 50 Gst elektr tarmog`idan amalga oshiriladi. Asbobning iste’mol quvvati esa 0,35 kV∙A gacha. Asbobning o’lchamlari 1010x500x710 mm, og`irligi 140 kg.





2-rasm. S-115 spektrofotometrini funkstional sxemasi:


1-o’zgartirgich; 2-logarifmator; 3-ajratuvchi kuchaytirgich; 4-dastlabki kuchaytirgich; 5-fotoqabulqilgich; 6-monoxromator; 7-optik blok; 8-spektral lampa; 9-ko’zgu; 10-amortizator.
Namunalarni tahlilga tayyorlashda mikroelementlar organiq erituvchilar yordamida ekstrakstiya qilinadi. Organiq erituvchilarni mikroelementlar konstentrastiyasi optimal chegaradan past bo’lganda ham qo’llash mumkin. Bundan tashqari, organiq erituvchilar suvli eritmalarga nisbatan atom-absorbstion usulning sezgirligini oshiradi. Shuning uchun darajalangan grafiklarni tuzishda etalan eritmalar organiq erituvchilarda tayyorlanishi kerak.
Namunalarni tahlilga tayyorlashda aniqlanayotgan elementlar konstentrastiyasidan kelib chiqqan holda mahsulot namunasi miqdorini aniqlash zarur bo’ladi (1-jadval).
1 - jadval
Asosiy mineral elementlarni aniqlashdagi sezgirlik

Elementlar

To’lqin uzunligi, λ

Optimal ish chegaralari, mkg/ml

1% absorbstiyaga to’g`ri keladigan asbob sezgirligi

Aniqlash chegaralari,
mkg/ml



K
Na
Ca
Mg
Fe
Cu
Mn
Zn

7665
5890
4227
2852
2483
3247
2795
2138

1-10
0,3-3
1-10
0,2-2
2-20
2-20
2-20
0,2-3

0,1
0,04
0,1
0,01
0,15
0,15
0,1
0,04

0,005
0,005
0,01
0,003
0,02
0,01
0,005
0,005



Nazorat savollari:

  1. Atom – absorbsion spektroskopiya imkoniyatlari va mohiyatini tushuntiring.

  2. Absorbsion tahlilda namunalarning tahlilga tayyorlash xususiyatlarini izohlang.

  3. S-115 atom – absorbsion spektrofotometri qanday rejimlarda ishlaydi?

Download 43.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling