Mushaklar orasiga in’yeksiya qilish texnikasi quyidagicha: shpritslar tibbiyet hamshirasi qo’li va in’yeksiya qilinadigan soxa terisi aseptikaning umumiy qoidalariga asosan tayyo’rlanadi.
Tibbiyot hamshirasi qo’lini iliq suvda sovunlab yuvadi. Qo’lini sochiqqa artmay turib, qo’lini spirt bilan artadi. Shpritsni yig’adi va unga kerakli miqdorda dori to’ldiriladi. So’ngra spirtga xo’llangan steril paxta bo’lakchasi bilan bemorning in’yeksiya qilinadigan soxasi artiladi. Dori dumba soxasiga yuborilganda bemor qorni bilan yoki yonbosh xolatda yotadi. Shprits quyidagicha ushlanadi: 2 barmoq porshenni u barmoq igna muftasini to’tib turadi. Dumbaning xayolan turt qismga bulinib tashqi kvadrati tanlab olinadi. Shprits bemorning nisbatan tik xolatda ushlanib dadil harakatlar bilan ignani teri burmasining o’rtasiga 7-8 sm ichkariga kiritiladi. Igna muftasi ustidan 2 sm qoldiriladi, chunki igna ko’pincha shu joydan sinadi. Shundan keyin porshenni tortib ko’riladi va ignaning qon tomiriga to’shganligiga ishonch hosil qilingach shpritsda qon paydo bo’ladi keyin porshenni bosib eritmani asta-sekin yuboradi. Igna sanchilgach joyidagi teri atrofini chap qo’l bilan tortiladi. Ignani chaqqonlik bilan chiqariladi, teriga spirtga xo’llangan steril paxta tampon bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |