Kerakli jixozlar: Shprits (dori to’ldirilgan), steril paxta sharcha spirt, fantom qo’girchoq.
Ishni bajarish tartibi: In’yeksiyadan oldin teri yaxshilab spirt bilan artiladi. Chap qo’l bilan usha soxani asosi pastga qaragan uchburchak shaklidagi burma hosil qilib yig’iladi. O’ng qo’lning ikkinchi barmog’i bilan igna muftasi bilan silindr tanasi ushlab turiladi. Ignani chaqqonlik bilan uchburchak asosiga 450 burchak ostiga, chap qo’lning 1 va 2 barmoqlari orasida 1-2 sm ichkariga kiritiladi. Ignaning uchi teri orqali o’tib, teri osti qavatiga to’shganiga ishonch hosil qilingach eritma sekin yuboriladi. Dorining hammasi yuborilgandan so’ng, igna tezda chaqqonlik bilan chiqarilib olinadi. Igna sanchilgan joy ozroq vaqt spirtga xo’llangan paxta sharcha bilan bosib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |