Nazariy tushuncha. Dori moddalarni og’iz orqali, to’g’ri ichak orqali
va til tagiga qo’yib organizmga kiritish usuliga ichki (enteral) usul deb ataladi.
Dorilarni ichki (enteral) usulda yuborish eng ko’p qo’llaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, u sodda dorilarni turli shakllarda har qanday sharoitda nosteril xolda kiritish mumkin. Kamchiliqlariga esa dorining sekin surilishi, dorining me’da va ichak ta’sirida qisman parchalanib ketishi, surilish tezligi va suriladigan dori dozasining ma’lum ekanligi kabilar kiradi.
Og’iz orqali dorilarni tabletkalar, draje, kukun dori, pilyulalar, damlamalar, ekstraktlar va boshqalar ko’rinishida kiritiladi.
Dorilarni tug’ri ichak orqali kiritishning afzalligi shundaki ular tez so’riladi va dozasi aniq bo’ladi. Dori fermentlar ta’siriga uchramaydi. Bu usul og’iz orqali qabul qilmaydigan (qusadigan, qizilo’ngachga ovqat tutilib qolganda, yuta olmaganda, xushsiz yotganda, ruxiy xastaliklarda) qo’l keladi.
To’g’ri ichakka yuborish uchun shamchalardan va dorili xuknalardan foydalaniladi.
Til ostiga qo’yiladigan dori tez suriladi, hazm fermentlari ta’sirida parchalanmaydi, jigarni chetlab o’tib, umumiy qon o’zaniga to’shadi. Nitrogletsirin, validol va boshqa dorilar shunday qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |