Shart mayli. Qadimgi turkiy tilda fe’l –sa (r), -sə(r), -za(r), -zə(r) affikslarining qo’shilishi orqali fe’lning shart mayli formasi hosil bo’ladi. Masalan: ərsər, qazg’an masїr, їsar, basmasar va boshqa shu kabilar. Fe’lning shart mayli formasi ish-harakatning bajarilishidagi shartni bildiradi.
Tezkor savol-javoblar
Qadimgi turkiy tilda fellarning qo’llanishi.
Fel aspektlari masalasi haqida gapiring.
Felning sifatdosh shakli qanday hosil qilingan?
Felning sifatdosh shakllariga misollar toping.
Fe’l yasovchi affikslarni sanang.
MASHQ
1-mashq.
Alqїntї (tugadi), өlti (o’ldi), boltї (boldi) fe’llarini turli shaxslarda tuslang, ular asosida gaplar tuzing.
2-mashq.
Hozirgi va qadimgi turkiy tildagi fe’llarni jadval orqali izohlab berish.
3-mashq.
Qadimgi turkiy tilda fe’llar ishtirok etgan matnni tahlil qilish.
Topshiriqlar
1. Qadimgi fe’llarning morfologik va sintaktik usullari haqida ma’lumotga ega bo’lish.
2. Әrinch formantining kelib chiqish tarixi haqida gapirish.
3. -pan, -pən affiksi qaysi qo’shimchaga to’g’ri keladi va yodgorliklardan ular ishtirok etgan gaplarni topib tahlil qilish.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.
Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.
Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.
Marsel Erdal. A grammar of old Turkic. –Brill. 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |