8- amaliy mashg‘ulot


Download 128 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi128 Kb.
#1012895
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-amaliy mashg\'ulot

8- AMALIY MASHG‘ULOT




Fe’ldagi bo’lishli va bo’lishsizlik, mumkinlik va nomumkinlik. Fe’l darajalari, yasalishi.
Reja:



  1. Fe’l haqida umumiy ma’lumot.

  2. Fe’l aspektlari va darajalari xususida.

  3. Fe’llarning qadimgi va hozirgi shakllarini qiyoslab o’rganish.



Ishdan maqsad: Talabalarga Qadimgi turkiy til manbalarida qo’llangan fe’l so’z turkumining qo’llanishi, ularning grammatik shakllari, fe’l so’z turkumining shaklini hosil qiluvchi affikslar, ularning turlari haqidagi bilimlarni berish, hozirgi o’zbek tilidagi va eski o’zbek tilidagi morfologik shakllarning o’xshash va farqli xususiyatlarini ko’rsatish. Olingan bilim va ko’nikmalar asosida talabalarning mustaqil ravishda yozma manbalardan misollar to’plash, bilimlarini boyitishiga yordamlashish.

Qadimgi turkiy tilda fe’l o’zining leksik-semantik xususiyatlariga ega. Fe’llar zamon va makondagi ish-harakatni, shuningdek, predmet va hodisalar jarayonini ifodalaydi. Qadimgi turkiy tildagi fe’llarni ikki guruhga – mustaqil fe’llar va ko’makchi fe’llarga bo’lish mumkin.





Mustaqil fe’llar gapda biror so’zni boshqarib keladi. Yordamchi fe’llarda bunday xususiyatlar bo’lmaydi. Bu fe’llar mustaqil fe’llar bilan kelib, mustaqil fe’lning ma’nosiga qo’shimcha ma’no berishga xizmat qiladi.


Qadimgi turkiy tilda alqїntї (tugadi), өlti (o’ldi), boltї (boldi), bərti (berdi) kəlti (keldi) kabilar eng faol qo’llangan mustaqil fe’llardir. Biroq mustaqil fe’llar qo’makchi fe’llar vazifasida ham ishlatilgan.
Mustaqil fe’llarni harakatning ob’ektga bo’lgan munosabatiga qarab, ob’ektli fe’llar va ob’ektsiz fe’llar kabi turlarga ham bo’lish mumkin. Ob’ektli fe’llar tushum kelishigida bo’lgan so’zlarni boshqarsa, ob’ektsiz fe’llar esa bunday xususiyatlarga ega bo’lmaydi. SHuningdek, fe’llar qadimgi turkiy tilda ham etakchi va ko’makchi fe’llardan tashkil topadi: tikә bәrtim, ucha barti, basa kәlti (Bx) kabi.
Ko’makchi fe’llar sifatida ərti (edi), ərmish (emish), ərinch (ekan), ərsa (esa) kabilarni ko’rsatish mumkin. qag’an әrmish, alp qag’an әrmish (Bx).
Fe’l turkumiga mansub so’zlar shaxs-sonda tuslanishi, mayl, bo’lishli, bo’lishsizlik, fe’l nisbatlari, zamon kategoriyasiga ega bo’lishi, funktsional formalari va boshqa xususiyatlari bilan boshqa so’z turkumlaridan farq qiladi.1

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling