8- amaliy mashg‘ulot
Download 128 Kb.
|
8-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’timli va o’timsiz fe’llar haqida.
- To’liqsiz fe’l
Fe’l aspektlari.2 Ayrim adabiyotlarda fe’l aspektlariga mumkinlik va nomumkinlik shakllarini ham kiritadilar. Aslida mumkinlik-nomumkinlikni hosil qiladigan grammatik shakllar (formalar) yo’q, balki bunday semantika qo’shma fe’llar orqali hosil qilinadi. Masalan, tarta alar – tarta almas.
Fe’lning bo’lishli va bo’lishsiz shakllari fe’l aspektlari kategoriyasini hosil qiladi, chunki bo’lishsizlik –ma//-mә affiksi orqali hosil qilinadi va bu affiksni olmagan so’z bilan oppozistiyaga kirishadi: barma, keltürmә va boshqalar. O’timli va o’timsiz fe’llar haqida. O’zbek tilida uning tarixiy taraqqiyotidan qat’i nazar bunday morfologik kategoriya mavjud bo’lmagan, balki fe’lning tushum kelishigidagi so’z bilan bog’lana olishi qobiliyati uning semantik xususiyatidir. Demak, o’timlilik va o’timsizlik fe’l shakliga emas, balki u fe’lning semantik xususiyati bilan bog’lanadi. To’liqsiz fe’l. To’liqsiz fe’llar mustaqil holda ishlatilmaydigan fe’l turidir. Hozirgi o’zbek tilida umuman turkiy tillarda ham әdi, әkan, әmish, әmas kabi to’liqsiz fe’llar bo’lsa, qadimgi turkiy tilda ham ana shu fe’llarning turli arxaik ko’rinishlari bor. Bular әrmis, әrti, әrsә, ərinch kabi formalardir. Fe’lning bo’lishli va bo’lishsizlik shakli. Qadimgi turkiy tilda fe’llar bo’lishli va bo’lishsiz formada bo’ladi. Bo’lishli formada hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi: өlurti, sülədi/Kt/. Bo’lishsiz formasi esa fe’llarga –ma, -mə affiksini qo’shish yoki ərmas yoki yoq so’zlari yordamida ifodalanadi: Qїlїnmaduq ərinch /Kt/, qatun yoq bolmїsh ərti /To’n/. Tuslanish. Qadimgi turkiy tilda ham fe’llar shaxs-sonda tuslanadi. Ammo shaxs–son formalari hozirgidan farq qiladi. To’liq tuslovchilar:
Download 128 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling