8- laboratoriya. Beton markasini aniqlash uchun kub na’munalar tayyorlash va namunalarga issiqlik bilan ishlov berish


Download 18.57 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi18.57 Kb.
#1584896
Bog'liq
LABORATORIYA №8


8- Laboratoriya.
Beton markasini aniqlash uchun kub na’munalar tayyorlash va namunalarga issiqlik bilan ishlov berish.
BETON NAMUNALARINI SINASH VA MARKA (KLASS) BELGILASH
Asbob va uskunalar. 10x10x10 sm li beton namunasi, chizg‘ich, gidravlik press.
Ishlash tartibi. Beton namunalarini sinash va markasini belgilashda 10x10x10 sm li kum namunalari tayyorlanadi. Sinaladigan namunalar to‘g‘ri geometrik shaklda bo‘lishi kerak. Namunani sinashdan oldin uning kuch tushadigan yuzasining tomonlari ikki martadan o‘lchanadi va ko‘ndalang kesim yuzasi (S) 0,1 sm2 aniqlikkacha hisoblanadi. Siqilishga sinaladigan namunaga tushadigan kuch qolipdagi qorishmaning joylanish yuzasiga parallel bo‘lishi kerak. Beton namuna press plitkasining markaziga o‘rnatiladi va sekundiga 0,2-0,3 tezlikda namuna yorilguncha kuch beriladi. Uchta beton namunasining sinash natijasida olingan natijalarning o‘rtacha arifmetik qiymati betonning siqilishga mustahkamlik chegarasini ifodalaydi va u quyidagi 2-formula orqali hisoblab topiladi, olingan natijalar jadvalga yozib boriladi.
, MPa. (2)
Oddiy beton namunalarini nam sharoitda 28 kungacha saqlashning iloji bo‘lmasa, ularni 3 yoki 7 kun namlikda saqlab, so‘ngra sinash ham mumkin. U holda betonning siqilish (egilish)dagi mustahkamlik chegarasi quyidagi 3-formula oraqali hisoblanadi:
(3)
tayyorlangan kun – sinalgan kun – qotirish uchun ketgan kun –…..



Namuna o‘lchamlari, sm

Kesim
yuzasi, sm2

Buzuvchi
kuch, kgs

Sikilishga mustah-kamlik chegarasi , kgs/sm2

eni

qalinligi

1
















2
















Bo‘lim bo‘yicha umumiy xulosalar:
BETON NAMUNALARNI TAYYORLASH VA ULARNI SAQLASH
Ishlash tartibi. Beton namunalarini tayyorlashda tomonlari 1x2 m bo‘lgan idishga tarozida tortilgan qum solinadi. Keyin ustiga tortilgan sement solinib, yaxshilab aralashtiriladi va unga oldindan tortib qo‘yilgan shag‘al solib yana aralashtiriladi. Quruq qorishma o‘rtasida belkurak bilan chuqurcha qilinadi va unga ma’lum miqdordagi suv quyiladi. Belkurak bilan qorishmani ag‘darib 5-10 min aralashtiriladi va sinash uchun 10x10x10 sm li qoliplarga joylanadi. Qolip titratgich ustiga o‘rnatiladi va mahsus qisqichlar bilan mahkamlanadi. YOki beton qorishma po‘lat sterjen bilan 25 marta zichlanadi. Beton qorishmasining yuzasiga nam latta yopib qo‘yib bir kun saqlanadi. Keyin qoliplardan bo‘shatib, har qaysi namuna 27 kun saqlanadi.
Download 18.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling