8- laboratoriya ishi Mavzu: Sirtlar g’adir-budurligini namunalar yordamida baholash


Download 0.88 Mb.
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1049280
1   2   3
(2) ga osilgan yakor bilan chiyratma tebranish harakatida bo'ladi. Yakorning burilishlari g‘altaklaming induktivligini qayta taqsimlaydi va buning natijasida differensial transformatorning chiqish kuchlanishini o‘zgartiradi. Kuchlanish amplitudasining o'zgarishi mikronotekisliklaming balandligini, chastotasining o‘zgarishi esa asbob profilometr rejimida ishlagan holda) qadamini tavsiflaydi. Parametrlarning sonli qiymatlari raqamli sanash qurilmasi yordamida aniqlanadi. Asbob profilograf rejimida ishlaganda kuchlanishning o‘zgarishi yozish qurilmasiga uzatiladi.
Sex sharoitlarida yuza g'adir-budurligining parametrlarini yozish emas, balki tezkorlik bilan aniqlash zaruriyati tug‘iladi. Bu maqsadlar uchun 253 va 283 modelli sex profilometrlari chiqariladi. Bularning ish prinsipi ignaning tebranishi mexanotron (elektron yoki ion oqimlari elektrodlarni mexanikaviy siljitish bilan boshqariladigan elektr vakuum asbob) o'zgartkichi yordamida o‘zgartirilishiga asoslangan (5.37-rasm). Olmos igna (3) shchup (2)ning uchida o‘matilgan, u esa yupqa membrana orqali mexanotron (l)ning harakatlanuvchi anodi bilan bog'liq. Mexanotronning halqa va prujina orqali mahkamlanishi uni tezda almashtirish va ignani qattiq qotishmadan yasalishi, ya’ni ishlangan old tayanchga nisbatan rostlash imkonini yaratadi.
Igna doimiy tezlik bilan harakatlanadi. Mexanotrondan signal kuchaytirgich, chiziqli to‘g‘rilagich, integrator va shkalali Ra parametri qiymatlarida bo‘lingan strelkali ko'rsatuvchi priborga uzatiladi. 283-modeIli profilometr Ra 0,02 mkm. dan 1 mkm. gacha bo'lgan o‘lchash diapazoniga ega, ichki silindrning o'lchanadigan eng kichik diametri 6 (chuqurligi 20 mm) va 18 mm (chuqurligi 130 mm). Trassaning uzunligi tegishli ravishda 1,5 va 4,5 mm. ni tashkil qiladi. Katta o‘lchamli detallar va yetib borish qiyin joylarning g'adir-budurligini o'lchash uchun ular yuzasidan aks (replika) olinadi va u bo'yicha g'adir-budurlik parametrlari baholanadi.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling