8- laboratoriya ishi Mavzu: Sirtlar g’adir-budurligini namunalar yordamida baholash


Download 0.88 Mb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1049280
  1   2   3

8- Laboratoriya ishi
Mavzu: Sirtlar g’adir-budurligini namunalar yordamida baholash.
D etallar yuzalarining g'adir-budurligiga bo'lgan talablar buyumning sifatini ta’minlash uchun yuza vazifasiga qarab joriy qilinishi lozim. Agar bunga zaruriyat bo'lmasa, yuzaning g'adirbudurligi nazorat qilinmaydi. Ko'rib chiqilgan parametrlar majmuyi har xil vazifali yuzalar uchun asoslangan g'adir-budurliklarini belgilash imkonini tug'diradi. Masalan, mas'uliyatli detallarning ishqalanuvchi yuzalari uchun Ra (yoki Rz), Rmax va tp ning joiz qiymatlari hamda notekisliklaming yo'nalishi; davriy yuklangan mas’uliyatli detallaming yuzalari uchun Rmax, Sm, S va boshqalar tayinlanadi. Ra yoki Rz parametrlarini tanlashda shuni ko'zda tutish kerakki, Ra parametri g'adir-budurlikni to'liqroq baholaydi, chunki uni aniqlash uchun haqiqiy profilning ko'p nuqtalaridan uning o'rta chizig'igacha bo'lgan masofalar o’lchanadi va jamlanadi. Ra parametrini aniqlash uchun esa notekis- liklarning faqat beshta chiqiq va chuqurcha orasidagi masofa o'lchanadi.
Ra parametri bo'yicha detalning foydalanish ko'rsatkichlariga notekisliklar shaklining ta’siri bo'lmaydi, chunki notekisliklar shakli har xil bo'lsada Ra ning qiymati bir xil bo'lishi mumkin. Masalan, 5.30-rasmda ko'rsatilgan notekisliklar har xil shaklga ega, lekin Ra ning qiymatlari bir xil. G'adirbudurlik xususiyatlarini yaxshiroq baholash uchun uning balandlik, qadam hamda shakl parametri tp ni bilish lozim.
Press o‘tqizmalarning yeyilishga chidamliligi, kontakt bikrligi, mustahkamligi va biriktirilgan detallar yuzalarining boshqa foydalanish xususiyatlari kontaktning haqiqiy maydoniga bog‘liq. Ishchi yuklanish ostida hosil bo'ladigan tayanch maydonini
aniqlash uchun profil nisbiy tayanch uzunligi tp ning egri chiziqlari ko'rinadi. Buning uchun chiqiqlar va chuqurchalar chiziqlari orasidagi masofa p ning tegishli qiymatlari bo'yicha bir necha profil kesimining sathlariga bo‘li- nadi. Har bir kesim uchun tp qiymati aniqlanadi va tayanch uzunligi o‘zgarishining egri chizig‘i ko'riladi (5.31-rasm). tp qiymatini tanlashda shuni ko'zda tutish kerakki, uning kattalashishi bilan ishlov berishga borgan sari ko‘proq mehnat talab qiladigan jarayonlar qo'llanadi; masalan,tp=25 % bo'lsa, tokar stanogida toza ishlov berish; t=40
% bo'lsa, xoninglash (ingl. — honing — charxlash, ya’ni abraziv chorqirra toshlar bilan ishlov berish, toshlar ham aylanadi ham oldi-orqaga harakat qiladi) zarur.
Mas’uliyatsiz yuzalar uchun g‘adir-budurlik texnikaviy estetika, korrozion chidamlik va ishlash texnologiyasiga qarab belgilanadi. Yuza g'adir- budurligiga bo'lgan talablar parametrining (bitta yoki bir nechasini) sonli qiymati (eng katta, eng kichik va nominal qiymatlar diapazoni) hamda me’yorlanishi lozim bo'lgan asos uzunligini ko'rsatish bilan joriy qilinadi. Umumiy holda l ning qiymati Ra, Rz va Rmax parametrlarining joiz qiymatlari bo'yicha

5.3-jadvalga binoan tanlanadi. Agar Ra, Rz va Rmax parametrlari 5.3-jadvalda ko'rsatilgan asos uzunlikda aniqlanishi zarur bo'lsa, g'adir-budurlikka bo'lgan talablarda uning qiymati ko'rsatilmaydi. Parametrlaming nominal qiymatlari g'adir-budurlik parametrlari o'rta qiymatlarining nominal qiymatidan joiz og'ishlari % hisobida ko'rsatilishi lozim, masalan, 10, 20 yoki 40 %. Og'ishlar bir tomonlama yoki simmetrik bo'lishi mumkin.
Parametrlaming nominal qiymati ko'rsatilgan g'adir-budurlikka bo'lgan talablar faqat mas’uliyatli detallarga joriy etilishi tavsiya qilinadi. Yuza g'adir- budurligiga talablar joriy qilinmagan bo'lsa, yuza nazorat qilinmaydi. Notekisliklar yo'nalishiga bo'lgan talablar asoslangan hollarda (5.4-jadval) va u yuzaning sifatini ta’minlovchi yagona usul bo'lsa, ishlov usuli (yoki usullarning ketma-ketligi) ko'rsatiladi. Eng kichik ishqalanish koeffitsiyenti va ishqalanuvchi detallarning yeyilish harakati va notekisliklar yo'nalishlari bir-biriga mos kelmaganda, masalan, superfinishlash yoki xoninglash jarayonida hosil bo'lgan notekisliklaming ixtiyoriy yo'nalishi ta’minlanadi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling