8- Ma’ruza Kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari.
Reja:
8.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida”gi 455-son qarorining mohiyati.
8.2. Zilzila va zilziladan ogihlantirish, muhofazalanishning maxsus tadbirlari.
8.3 Biоlоgik fаvqulоddа hоlаtlаr.
8.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktabrdagi 455-son “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida”gi qarorining mohiyatiga ko’ra, Favqulodda vaziyatlar ularning vujudga kelish sabablariga (manbalariga) ko‘ra tasnif qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga bo‘linadi.
Favqulodda vaziyatlar texnogen, tabiiy va ekologik turlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |