8- mavzu: Boshqaruv va yetakchilik


Download 164.27 Kb.
bet3/3
Sana14.05.2020
Hajmi164.27 Kb.
#106128
1   2   3
Bog'liq
2 5287290971157954580


Ouen Yang durustgina lavozimni egallab turgan boʻlishiga qaramay, qoʻl ostidagi xodimlarning hech biriga, hech qachon buyruq ohangida ish buyurmagan. U buyruq berishdan koʻra, maslahat solishni afzal bilgan. Bunday yumshoq muomala birinchidan, Ouenning oʻziga katta izzat-obroʻ keltirgan boʻlsa, ikkinchidan idora ishining har doim bir maromda muvaffaqiyatli kechishini taʻminlagan.

Yang hech qachon “Mana bu ishni unday yoki bunday qiling” yoki “Bunday yo unday qilmang” demagan. Buning oʻrniga “Shu masalada bir oʻylab koʻrsangiz” yoki “Shunday qilinsa, yaxshi natija beradi deb oʻylaysizmi” qabilida muomala qilishga odatlangan.

• Rahbar boʻysunuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatgo shu takliflarga shaxsan qoʻshilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim.

Yang biror tashkilotga xat yoʻllash zururati tugʻilib qolgan holda maktub matnini boshidan oxirigacha aytib turib yozdiradi-da, pirovardida xodimiga shunday savol bilan murojaat qilardi: “Sizning xat matni xususidagi fikringiz qanday?” Agar xat matnini biror xodimi tayyorlagan boʻlsa, uni oʻqib chiqqach, mabodo kamchiligi uchrasa yoki yoqmasa, buni xodimning yuziga solish oʻrniga maslahat yoʻsinida fikrlashadi: “Balki xat matnini biroz boshqacharoq qilib yozganimiz maʻqulmidi, siz nima deysiz?”

Yang oʻz xodimlariga nima qilish kerakligi haqida hech qachon koʻrsatmalar bermaydi, zimmalaridagi vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun imkon yaratadi. Mustaqil harakat qilishga, oʻz xatolaridan tegishli xulosa chiqarish va boshqa takrorlamaslikni odat qilishga undaydi.

Haqiqatan ham bunday munosabat xodimlarni mustaqillikka oʻrgatadi, xatolarni tez tuzatish va ishni oxirigacha pishiq, puxta bajarishga odatlantiradi. Qolaversa, bunday usul ishchi xizmatchilarning izzat-nafsini hech qachon kamsitmaydi va ayniqsa, ularda oʻz imkoniyatlari va mahoratlariga qatʻi ishonch, mehnatta ishtiyoq tugʻdiradi.

Demak, agar rahbar insonlarda oʻziga nisbatan iliqlik, izzat-hurmat hissini uygʻotmoqchi boʻlsa, u salbiy hislatlardan, yaʻni buyurish, koʻrsatma berish ohanglaridan voz kechib, maslahat solishi, ulardan fikr olishi kerak. Shunda uning umumiy ishga koʻproq nafi tegadi.

• Rahbar intizom va tartibga rioya qilishni qatьiy talab qilishi va boʻysunuvchilarning biron nojoʻya harakatini eʻtibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir.

Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, odamlar haqida gʻamxoʻrligi, tashabbuskorlik, qatʻiyatlik, mustaqillik, talabchanlik, boʻysunuvchi xodimlar bilan maslahatlasha bilish, oʻz soʻzini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy qusurlardan qutulishga yordam beradi.

Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak.

U egallab turgan lavozimidan mahrum boʻlmasligi uchun quyidagi oʻnta qoidaga rioya qilmogʻi lozim:

1. Iloji boricha qulogʻingizgacha ishga koʻmiling. Oʻz kompaniyangiz mijozlarini koʻpaytirish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.

2. Kompьyuterni oʻrganing.

3. Chet tilini oʻrganing.

4. Oʻz arxivingizni tashkil qiling. Zarur tashkilotlar va kishilar adreslari, telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak boʻlib qoladi.

5. Har doim “ha” deng. Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz, qobiliyatingiz yetarli boʻlmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishdan mahrum boʻlib qolishning eng qisqa yoʻli: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday soʻzni aytishdan oʻzingizni tiying.

6. Chiroyli imo-ishora qilishni biling. Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring.

7. Malakangizni muttasil oshirib boring.

8. Kishilar bilan boʻladigan muomalada hushfeʻl va iltifotli boʻling. Noyob, nazokatli, doʻstona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, oʻzaro ishonchni mustahkamlaydi, kishilarni hamjihatlikka chorlaydi.

9. Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. Bu nur ustiga aʻlo nur boʻladi.

10. Ish vaqti faqat, masalan: 800 dan 1700 gacha boʻlmasin. Agar siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan soʻng ish joyida boʻlsangiz, bilingki bu ham eʻtiborsiz qolmaydi.

Bulardan tashqari, lavozimdan mahrum boʻlmaslik uchun rahbar quyidagi qayd etilgan kishilar bilan oʻzaro maslahatlashmasligi kerak.



Ular:

  • Nodon - sizni yoʻldan adashtiradi.

  • Dushman - sizning zarar topishingizni oʻylaydi.

  • Xasadchi - faqat xato qilib qoʻyishingizni poylaydi. Ular badanning sogʻ joyi qolib, nuqul yaraga qoʻnishni moʻljallaydigan pashshalarga oʻxshaydi.

  • Qoʻrqoq - sizni dadilliqdan qaytaradi.

  • Baxil - boylik toʻplashga hirsmand boʻladi va undan birovga foyda yetmaydi.

  • Nafsiga berilish - hoyu-havasning asiri boʻlib, nafs toʻridan qutulishga kuchi yetmaydi.

  • Yolgʻonchn - fikringizni buzib koʻrsatadi.

Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Bu individuallik shaxsdagi temperamentda, hissiyotda, qobiliyatda, feʻl-atvor, iroda, xotira va boshqalarda namoyon boʻladi. Ana shular taʻsiri ostida rahbar injiq, janjalkash, kurashchan, bilagʻon va hokazolar boʻlishi mumkin. Shunga qarab xodimlar va rahbarlar oʻrtasida munosabat shakllanadi (5-jadval).

5-jadval

Murakkab rahbar bilan “chiqishish” yoʻllari

T/r

Rahbar feʻl-atvori

Rahbarga xos jihatlar

Xodimlarning oʻzini tutishi, munosabati

1.

Janjalkash, urishqoq

•poʻpisachi;

•bukilmaydigan;

uning eng sevgan narsasi boshqalarni nazorat qilish;

hayot u uchun tuganmas kurash maydoni. Ammo u oʻzining mukammal emasligidan qoʻrquvda yuradi.

muomala qilishda oʻzingizni astoydil va toʻgʻri tuting;

ikkilanmasdan gapiring;

•hayojonlanayotganingizni hech ham aytmang va sezdirmang.

2.

Kurashchan

bu yuradigan bomba;

juda koʻp baqiradi;

doimo hujum qiladi;

nishonga olmasdan tez-tez gap “otib turish” unga yoqadi;

•uning bosh maqsadi adolatni tiklash va qasos olish.

unga hushmuomalik, konstruktiv yoʻl bilan yondoshib tushuntirishga harakat qiling;

•shaxsiy uchrashuvga ruxsat soʻrang;

•salga jahl chiqib oʻzini nazorat qila olmaydigan kishi bilan ishlash juda qiyinligini ayting.

3.

Gʻiybatchi

•doimo kulib turadi;

•hazillashadi;

doʻstona muomalasini namoyish etadi;

•u nayrang ishlatishga ustasi farang;

•u toʻgʻridan-toʻgʻri gaplashishdan qoʻrqadi;

•qoʻllab-quvvatlanishga muhtoj.

•real boʻlmagan majburiyatlarni qabul qilishga yoʻl qoʻymang;

hazillariga muvofiq kuling;

•gaplaridan miriqing, orom oling.

4.

Umidsiz

•hayotda baxtsiz;

oʻzidan ham, boshqalardan ham mamnun emas;

u har doim noliydi, kishilarni aybdor qiladi;

oʻzini eʻzozlaydi;

navbatdagi umidsizlikka aminlik mavjud.

•u bilan bahslashish oʻrinsiz;

uning qarashlarini qoʻllab-quvvatlab boʻlmaydi.

5.

Bilagʻon

koʻp narsani biladi;

juda ham sabrsiz;

eshitish, quloq solishni bilmaydi;

omadsizlik hollarida boshqalarga aybini toʻnkaydi; guruhda ishlashni koʻra olmaydi.

u bilan kurashmang;

• uning muxolifi boʻlishni xayolingizga ham keltirmang, muammo yechimiga uni juda ustalik bilan jalb qiling, soʻrang, quloq soling va minnatdorchiligingizni izhor qiling, muqobil yechimni doʻstona, iltifot bilan taklif qiling.



4-ustundagilarga rioya qilgan taqdirdagina siz rahbaringiz bilan “chiqishishingiz” va faoliyatingizni davom ettirishingiz mumkin. Aks holda egallagan lavozimingiz bilan xayrlashasiz.

Rahbar madaniyati deganda, rahbar odobi va iqtidori oʻrtasidagi dialektik bogʻlanish tushuniladi. Bu bogʻlanish quyidagi fazilatlar majmuida oʻz aksini topadi:

Rahbar madaniyati = odob+iymon+insof+adolat+iqtidor.

Odob - aqlning suyanchigʻi, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda “Aql bilan odob – egizak” deyishmaydi. Odob - yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglash. Odob vositasida kishi oʻz jonini yomon hislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.

Odob rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada, aql egalari bunday rahbardan har ishda rozi boʻladilar. Odobli rahbar esa kundan-kunga obroʻ topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi.

Baʻzi hakimlar odobni eng masʻum va koʻrkam feʻlga ega boʻlish desalar, baʻzilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi odobning mavjudligi, bu noyob neʻmatning mavjudligidir.

Umuman, odob ikki xil boʻladi:



  • hikmat odobi;

  • xizmat odobi.

Hikmat odobi poklik va toʻgʻri yoʻlga yetaklaydi. Xizmat odobi esa badavlatlik va obroʻga yetkazadi. Har ikkisi ham ulugʻ fazilat boʻlib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.

Odob rahbarni aql va axloq egasi boʻlishga, vijdonli, or-nomusli, sof koʻngilli, subutli boʻlishga daʻvat etadi.



Iymon arabcha soʻz boʻlib, lugʻaviy maʻnosi - ishonch. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:

  • eʻtiqodli, yaʻni oʻz fikr va qarashlariga mahqam, sobitqadamlik bilan ishonish va oʻzgalarni ham oʻzidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir. Eʻtiqod jurʻatni, mardlikni, fidoyilikni taqozo qiladi;

  • maslakli, yaʻni oʻziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, gʻoyaviy va diniy yoʻl sohibi;

  • taqvodor, yaʻni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;

  • sharm-hayoli, yaʻni har qanday nojoʻya xatti-harakatlardan oʻzini tiya oladigan;

  • oriyatli, yaʻni oʻziga nomunosib yoki ep koʻrilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan;

  • andishali, yaʻni oqibatini oʻylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli;

  • vijdonli, yaʻni nohaq, adolatsiz ishlardan gʻazabga keladigan, bularga qarshilik bildiradigan, oʻz faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand boʻladigan, yomon tomonlaridan norozi boʻlib, ruhan eziladigan, yaʻni vijdon azobiga tushadigan.

Sodda qilib aytganda:

Iymon uch narsaning butunligidan hosil boʻladi: eʻtiqod, iqror va amal. Eьtiqod - bu ishonch. Iqror - soʻzda buni tan olish. Amal - yaxshi ishlar bilan uni isbotlash.



Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʻusi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, toʻgʻrilik, barobarlik, sofdillik va haqiqatgoʻyliq. Oʻzgani oʻz oʻrniga va , shuningdek,, oʻz oʻrniga oʻzgani xayolan qoʻyib koʻrish ham insofga olib keladi. Toʻq ochni, boy kambagʻalni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sogʻlom bemorni oʻz oʻrniga qoʻyib koʻrilsa va aksincha ham xuddi shunday boʻlsa, olam guliston - insoflilar safi koʻpayaveradi.

Insof - har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar oldida oʻz xatti-harakati bilan maʻnaviy masʻuliyatini his etishining ifodasi.



Adolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilat. Adolatparvar rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun oʻrnini bosa oladi. Ulugʻ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini alohida uqtirgan edi:

Adolatning birinchi talabi:

• aholi turli tabaqalarining oʻzaro uygʻun boʻlishini taʻminlashdir.



Adolatning ikkinchi talabi:

• el-ulusining haq-huquqi teng taʻminlangan holda, kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.



Adolatning uchinchi talabi:

• barchaning teng farovonligini ximoya qilish bilan birga, bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson oʻz ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.

Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar oradan sakkiz asr chamasi oʻtib, Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida oʻziga xos tarzda ifoda topmoqda. Bunga ishonch hosil qilmoq uchun yurtboshimizning maʻruzalaridan biridagi ushbu taʻkidga diqqat qilaylik:

“Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga - oshib-toshib ketgan boylaru kambagʻal, qashshoqlarga boʻlinib ketishga yoʻl qoʻymasligi kerak”.

Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har turli qingʻir yoʻllar bilan haddan tashqari katta boylik orttirib oʻzini qoʻyarga joy topolmay, “toʻqlikka shoʻxlik” qiladigan kimsalarning jilovini tortib qoʻyish bilan birga, halol mehnat kishilariga imkoniyat yaratib berish, ularni qoʻllab-quvvatlash, zurur boʻlsa, ragʻbatlantirib borish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlariga aylanishi kerak. Adolatning ikkinchi talabi sifatida Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy muhitini belgilashda rahbar kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyishga katta ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi maʻnaviy-siyosiy omil, tub islohotlarning tayanchi va bosh yoʻnaltiruvchi kuchi, deb qaraydi:

“Xalqning dardiga befarq qaraydigan, oʻz manfaatidan boshqa narsani oʻylamaydigan, xudbin va tamagir rahbarlar mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga toʻsiq boʻlmoqda. Endi ular bilan murosa qilib boʻlmaydi. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb, yurtim deb kuyib-yonib, oʻz halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar!

Barcha boʻgʻinlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obroʻsi, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas ekan ishlarimiz koʻngildagidek boʻlmaydi”.

Iqtidorli deganda, biror soha boʻyicha layoqatini ongli ravishda sezgan, oʻzidagi qobiliyatni toʻla namoyon qilish uchun qatʻiyat koʻrsata oladigan kishilar tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga - maqsadiga yetadi.

Ular ishda mardlik, chidamlilik, oʻz-oʻzini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi hislat va fazilatlarga ega boʻlishadi, oʻz xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy koʻz bilan qaraydilar, doimo olgʻa qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib qolmaydilar. Iqtidorli insonlar oʻz faoliyatlari bilan hatto baʻzi bir kamharakat katta isteʻdod egalariga qaraganda ham koʻproq jamiyatga foyda yetkazadilar.



Qayd qilingan fazilatlar mujassamlanmagan rahbar rahbarlik lavozimiga yoki tanish-bilish, yoki qarindosh-urugʻchilik, yoinki pora berib erishgan. Bu nafaqat davlatning, balki butun xalqniig turgan-bitgan shoʻridir.
Download 164.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling