8- mavzu: Sovet totalitarizmining negizlari.Sovet mustabid tuzumining shakllanishi va milliy davlatchilik uchun kurash Reja :
1.Turkiston Muxtoriyati va unga Bolsheviklar munosabati.
2.Turkiston Muxtoriyati timsolida milliy davlatchilik uchun kurash.Qo‘qon voqealari.
3.Bolsheviklar tomidan Turkiston Muxtoriyatining tor-mor etilishi va sovet hokimiyatining unga nisbatan olib borgan qatag’onlik tadbirlari.
Reja :
1917-yil fevral voqealari
1917-yil bahorida tuzilgan “Sho‘roi islomiya” va “Sho‘roi ulamo” harakatlari
1917 yilning sentabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Ulamo» qurultoyi
Oktabr to’ntarishi va «Rossiya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 15 noyabr)
1917-yil 26–28-noyabr kunlari Qo‘qon shahrida Umumturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda ko‘pchilik musulmon ziyolilarning xohish-istagi bilan Turkiston o‘lkasida yashovchi Yevropa millatiga mansub delegatlar ham qatnashdi. Qurultoy ishida muhim bir masala – Turkistonni mustaqil davlat yoki Rossiya tarkibidagi muxtor respublika deb e’lon qilish ko‘rib chiqildi. Ko‘pchilik vakillar ovozi bilan Turkiston o‘lkasini Rossiya tarkibida muxtor respublika deb e’lon qilishga kelishildi.
“Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobini sodir etgan bolsheviklar tomonidan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi gaplaridan kelib chiqib Turkistonni Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”
28-noyabrda davom etgan qurultoy ishida Turkistonda tashkil topayotgan muxtor davlatning nomi “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi
Turkiston Muxtoriyati Muvaffaq hukumati a’zolari:
Muhammadjon Tinishboyev – bosh vazir, ichki ishlar vaziri,
Do'stlaringiz bilan baham: |