8- mavzu: Sovet totalitarizmining negizlari. Sovet mustabid tuzumining shakllanishi va milliy davlatchilik uchun kurash
Bolsheviklar tomonidan Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi
Download 12.52 Kb.
|
8- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiya
«Turkiston-turkistonliklar uchun!»
Bolsheviklar tomonidan Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi1918-yil yanvarida kunlarida Toshkentda Turkiston o‘lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlarining favqulodda IV syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd ishida bolsheviklar tomonidan Turkiston muxtoriyati to‘g‘risida rezolyutsiya taklif etildi va u bir ovozdan qabul qilindi. Rezolyutsiyada muxtoriyat noqonuniy tuzilma deb e’lon qilindi. Qo‘qonga harbiy yurish qilib, muxtoriyatni ag‘darib tashlashga qaror qilindi.Bolsheviklar Turkiston o‘lkasiga muxtoriyat berish niyatida emasligi oydinlashdi. Ularning maqsadi nima qilib bo‘lsa ham o‘lkani Rossiya tarkibida mustamlaka tarzida saqlab qolish edi.Ular Turkiston muxtoriyatini yiqitishni birlamchi vazifasi o‘laroq qabul qildi. Toshkent bolsheviklar rahbari bo‘lgan Kolesov Markazdan yordam kuchlarini so‘radi. Markaz mintaqaga 11 ta eshelonda 10 mingdan oshiq askar jo‘natdi. Ularga arman dashnoqlari ham qo‘shildi. Askarlar Toshkentga yetib kelganidan Qo‘qonga safarbar etildi.1918 yil 19 fevralda Qo‘qon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklaring qonli hujumlari natijasida ag‘darib tashlandi. Hukumat boshlig‘i Mustafo CHo‘qay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo‘ldi. Vazirlarning ayrimlari halok bo‘ldi, ayrimlari qo‘lga olindi. Dahshatli janglar va talon-tarojlar natijasida 10000 qo‘qonlik o‘ldirildi. Qizil askarlar va dashnoqlar aholini daxshatga solish, qo‘rqitish maqsadida 1918 yilning boshlarida Farg‘ona vodiysidagi 180 shahar va qasabani yondirib kulini ko‘kka sovirdilar. Ana shu dahshatli qirg‘in paytida Marg‘ilon shahrida 1000, Andijon shahrida 6000, Namangan shahrida 2000 Bozorqo‘rg‘on va Qo‘qonqishloq atroflarida 4500 turkistonlik musulmonlar shahid bo‘ldilar. Bibliografiya:
Download 12.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling