8- mavzu: Stress ta’sirini yengillashtiruvchi omillar. Stressni yengish psixologik yo’llari (2 soat) Tayanch tushunchalar


Download 52.28 Kb.
bet1/2
Sana02.08.2023
Hajmi52.28 Kb.
#1664503
  1   2
Bog'liq
Stress8


8- MAVZU: Stress ta’sirini yengillashtiruvchi omillar. Stressni
yengish psixologik yo’llari (2 soat)


Tayanch tushunchalar: emotsiya, individ, psixokorreksiya, biblioterapiya, psixogimnastika
Reja:
1. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tushunchasi. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, stress va sog’liq.
2. Shaxsiy nazorat tushunchasi.
3. Stressga qarshilik ko’rsatish. Stressni yengish. Stressni kamaytirish. Stressni boshqarish
4. Stressni yengish usullari: mushak relaksatsiyasi, chuqur nafas, vizuallashtirish, refreyming, assertiv xulq–atvor, vaqtni boshqarish, ijobiy tafakkurlash ko’nikmalarini o’rganish, irrasional ishonchni o’zgartirish va treninglarda ishtirok etish.
5. Stressni yengish psixologik yo’llari va sport faoliyati.
Shaxsiy nazorat tushunchasi korreksiya ochiq va yopiq guruhlarda o’tkaziladi. Katta guruhlar - 25-30 kishi va kichik guruhlar – 5- 8-12 kishidan iborat bo’ladi. Yopiq guruhlarda guruh azolari soni doimiy bo’lsa, ochiq guruhlarda o’zgarib turishi mumkin. Guruhga og’ir jismoniy nuqsonlarga ega bo’lgan, ruhiy sog’lig’i bo’zilgan, guruhda ishlashni istamagan, yaqin qarindoshlarni, xizmat doirasida bir-biriga tobe bo’lganlarni, bir-biriga o’ta adovatli kishilarni qabul qilish mumkin emas.
Guruh qisqa muddatli(1-6 oygacha) yoki uzoq muddatli (bir necha yilgacha) bo’lishi mumkin.
Stressni yengish usullari: mushak relaksatsiyasi, chuqur nafas, vizuallashtirish, refreyming, assertiv xulq–atvor, vaqtni boshqarish, ijobiy tafakkurlash ko’nikmalarini o’rganish, irrasional ishonchni o’zgartirish va treninglarda ishtirok etish.
Mashg’ulotlarning qisqa yoki o’zunligi korreksion tasirning maqsad va shakliga ko’ra har xil bo’ladi. Bir haftida uchrashuv soni 2-4 ta, vaqt davomiyligi 20-90 minutgacha bo’lgan holda belgilanadi. Marafon psixokorreksion mashg’ulotlar o’z maqsadlaridan kelib chiqgan holda 9-16-18 soat davom etishi mumkin.
Psixodinamik yo’nalishga psixoanalitik nazariyaga orientirovka kilgan psixoterapiya turlari kiradi: klassik psixoanaliz (Freyd), Adlerning individual psixologiyasi, Yungning analitik psixologiyasi, Rankning irodaviy terapiyasi, Shtekelning faol analitik terapiyasi, Fromm-Rayxmannning interpersonal psixoterapiyasi, Xornining xarakterologik analizi(tahlili), gumanistik psixoanaliz(Fromm), Klyaynning ego-analizi, Sallivanning interpersonal psixoterapiyasi va b.k.lar
Mazkur yo’nalish asosi – Z.Freydning ishlaridir.
Freyd birinchi bo’lib psixikani instinkt, akl va ongning urish maydoni sifatida tasvirlagan. «Psixodinamik» atamasi shaxsni tashkil kiluvchi tuzilmalar orasidagi tugallanmas urushga karatadi.
Psixodinamik yo’nalish mazmuni – shaxsga ichki tugallanmas to’qnashuvlar natijasi safatida, dinamik konfiguratsiyalarida kurishdir.
Dinamika tushunchasini odamga tadbiqi odamning xulqi xohishli yoki to’satdan amalga oshishi mumkinligani inkor etadi. Psixodinamik yo’nalishning faraz kilishicha, determenizm ongsiz psixik jarayonlar bilan tariflanadi. Shunga binoan, shaxsda anglanmagan qarama-qarshi motivlarni, intrapsixik mojarolarni asl sabablarini hamda mijoz muammolarini xal kiluvchi muhim yechimliklarni mijoz tomonidan anglanilashi muhim ligiga etibor beriladi. Z.Freyd o’z asarlarida instinktiv hayot talabi va unga qarshilik ko’rsatish natijasida yuzaga keladigan intrapsixik mojarolar oqibatida insonda turli kasalliklar tamoyon bula boshlaydi.
Ushbu yo’nalishning asosiy tomonlari:

  1. Muammolarni yuzaga kelishida instinktiv impulslar, ularni namoyon bulishi, transformatsiyasi hamda chegaralanishi(bosilishi) muhim rol uynaydi.

  2. Muammoning kuchayishi ichki impulslar va himoya mexanizmlari o’rtasidagi kurash bilan belgilanadi.

Psixodinamik yo’nalishning asosiy maqsad i anglanmagan holatlarni anglanilishidir. Psixodinamik yo’nalish asosida faoliyat ko’rsatayotgan psixolog shaxsni chegaralangan, bosilgan impulslari ularga ko’rsatilgan qarshiliklarini topishga karatilgan. Ularni fikricha, anglanish hosil bulishi bilan shaxsda o’zgarishlar yuz bera boshlaydi.
Psixodinamik yo’nalishning asosiy jarayonlari:

  1. Konfrontatsiya – mijoz tomonidan tadqiqot uchun zarur bo’lgan psixik jarayonlarni aniqlanishi.

  2. Aniqlik kiritish – aniqlangan jarayonlarni asosiylarini qo’shimchalaridan ajratish.

  3. Interpretatsiya (izohlash) – voqealarni asosiy mazmuni yoki sababini aniqlash.

  4. Qayta ishlash - qaytarish yordamida berilgan materialni mijoz tushunchasida integratsiya qilish.

Psixodinamik yo’nalishda asosan mustaqil asotsiasialar, ko’chirish va qarshilik reaksiyalarini tahlili, tush ko’rish tahlili hamda kutilmagan xatti-harakatlar tahlilini o’z ichiga olgan verbal usullardan iborat metodlardan foydalaniladi. Masalan, Freyd asosan katarsis metodidan, Yung faol tasavvur metodidan, Xorni hayot yo’llarini birgalikdagi tahlili metodidan, Sallivan psixiatrik intervyu metodlarini qo’llashgan.
Mazkur yo’nalish tamoyillarini D.Uotson, B.Skinner o’z ishlarida asoslab berishgan. Bu yo’nalish namoyondalari mijoz muammolarini atrof muhit tasirga javoban yuzaga keladigan noadaptiv xulq-atvor shaklida ko’rib chiqadilar. Demak, noadaptiv xulq-atvorni maqsadga yo’nalgan tasir asosida ijobiy tomonga o’zgartirish mumkin degan fikrni ilgari surishadi.
Kognitiv xulq-atvorning asosiy tomonlari:

  1. Talim-tarbiya jarayonidagi muammolar xulq-atvordagi muammolarni keltirib chiqaradi.

  2. Xulq-atvor reaksiyalari organizmni tashqi muxit tasiriga javobidir.

  3. Xulq-atvorni modellashtirish psixoterapevtik jarayon bo’lib, unda kognitiv aspekt hal qiluvchi hisoblanadi.

Shunday qilib, xulq-atvor tasir ko’rsatish obekti bo’lib namoyon bo’ladi, yani salbiy xulq-atvor noto’g’ri o’zlashtirilgan xulq-atvor ko’nikmalarining mahsulidir.
Mutaxassis psixologik yordam berish jarayonida u muammoli deb hisoblagan vaziyatdagi shaxsning xulq-atvori xaqidagi malumotlarga asoslanadi, chunki xulq-atvor ko’zatuv natijasida ham o’zgarishi mumkin deb hisoblanadi.
Kognitiv xulq-atvor yo’nalishida quyidagi metodlar qo’llanadi:

  1. O’z-o’zini nazorat qilish(chuqur relaksatsiyaga o’rgatish, qo’rquv bosqichlarini aniqlash, relaksatsiya mashqlari yordamida xavotirlik va qo’rquv orasidagi bog’liqliklarni aniqlash, xulq-atvorni modellashtirish va istalgan xatti-harakatlarni qo’llab-quvvatlash);

  2. O’z-o’zini kuzatish(kundalik to’tish);

  3. Shartnomalar to’zish(mijoz-mutaxasis, mijoz-yaqinlari, mijoz-o’z-o’zi bilan);

  4. Uyga vazifalar(uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar).

Psixologik yordamni samaradorligi mijoz nuqtai nazarini faollashtirishga asoslanadi. Kognitiv xulq-atvor yo’nalishida faoliyat ko’rsatayotgan psixologning asosiy vazifasi diagnostik-o’qituv hisoblanadi.
Mazkur yo’nalish ekzistensializmning falsafiy g’oyalariga asoslangan bo’lib, vaqt, hayot, o’lim, ozodlik, masuliyat, tanlov hukuki, muloqot, sevgi, hayot mazmunini anglash muammolarini o’rganishga qaratilgan (M.Xaydegger, P.Sartr, A.Kamyu). Inson mehribon, ozod bo’lishi belgilangan deb qabul qilinib, individuallik integrativ yaxlitdir deb hisobdanadi.
Gumanistik yo’nalishning asosiy tamoyillari:

  1. Psixolog va mijoz uchrashuvi ikki har xim kishilarning uchrashuvi.

  2. Agarda psixolog mijozga o’zining asl his-tuyg’ularini anglashga, qabul qilishga va namoyon qilishga imkon yaratib bera olsa mijoz muammolari o’z-o’zidan xal bo’ladi.

  3. O’z hayot tarzi, fikr-mulohazalari, xulq-atvorini tanlashga mijoz o’zi masul.

Inson tomonidan ruhiy uyg’unlikga erishish, yani hayot mazmunini anglash, manaviy qadriyat, estetik hsi-tuyg’ularni sifatiy o’zgarishiga asos bo’ladi. Men – konsepsiyasini adekvat shakllantirish o’z-o’zini anglash va shu asosida o’zini faollashtirish uchun muhim omil hisoblanadi.
Psixokorreksion yordam ko’rsatishda mijozni o’z-o’zini anglashi, shaxsiy uyg’unlik, “men”ni adekvat integratsiyasi, borliq chegaralarini kengaytirib berish psixologni asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ushbu yo’nalishning asosiy metodi ekzistensial tahlil hisoblanib, unda “inson – biladi – his etadi – istaydi” formulasi inson ozod mavjudot tushunchasi asosida tahlil qilinadi. Agarda individ kelajakni tasavvur olmasa o’zini salbiy his etib, ichki olami torayadi, rivojlanish imkoniyatlari sustlashib, oqibatda nevrozlar yuzaga kela boshlaydi. Demak, yordam ko’rsatish vaqtida shaxsni ruhiy olamini tahlil qilish asosida o’zini erkin his qilishga imkon yaratib berib, mijozni uni bog’lab turgan, bezovta qilayotgan oqibatlardan xalos qiladi.
Psixodrama 30-yillarda sotsiometriyaning asoschisi hamda bazi psixologlarning fikricha, guruhiy psixoterapiyaning umumiy rivojiga xissa qo’shgan, 1925 yilda AQShga immigratsiya qilgan avstriyalik psixiatr Ya.L.Moreno (1889-1974) tomonidan ishlab chiqilgan.
Dramani terapevtik metod sifatidagi tushunchasi Moreno tomonidan ikkinchi jaxon urushidan keyingi davrda Venada asos solingan va “spontan teatr” nomini olgan teatral eksperimenti natijasida paydo bo’lgan. Moreno o’yin metodikalari xaqida ilk bor bolalar o’yinlarda o’z fantaziyalarini amalga oshirishini ko’zatganda o’ylanib qolgan. Shunday qilib, psixodrama o’yin prinsipiga asoslanadi. Moreno til inson ko’ngilga yo’llovchi bo’la olmaydi, chunki birinchidan, ontogenetik va filogenetik ravishdan til boshqalarga qaraganda kechroq paydo bo’lgan tuzilma, ikkinchidan, universal til mavjud emas deb hisoblagan. U tasir va o’zaro tasirni universal va ancha erta kelib chiqgan deb xisoblaydi.
Yunon dramalari asos bo’lgan psixodramaning rivojining Yana bir nazariy asosi improvizatsiya fikrlari, spontanlik va kreativlikdir. Biroq , Moreno psixodrama konsepsiyalarini to’zishda foydalangan spontan dramaning muhim o’rinini rollar nazariyalari egallaydi. Bu nazariyada inson hayotidagi birlamchi tasir va o’zaro tasir xaqidagi qoida hamda spontanlik va kreativlik prisipi uyg’unlashgan.
Morenoning aytishicha, inson hayotda foydalanadigan rollarga qaraganda ko’proq rollar potensialiga ega. Insonni rivoji uchun juda muhim rollarni yuzaga kelish, rivojlanish, tarqalish, realizatsiya jarayonlari faqatgina boshqa odamlar bilan bilan o’zaro tasirlanishlarida amalga oshadi. Rolni tashuvchisi bo’lmish individ faqat rolni ko’rona ifoda etuvchi bo’libgina qolmay, balki uni rejisseri va postanovshigi bo’la oladi.
Rol repertuarini kengaytirish, potensial rollarni aktual rollarga o’tqazish, rollarni idora qilish va o’zgartirish qobiliyati individni spontanligi va kreativligini , uning o’z-o’zini anglash darajasini oshiradi.
Moreno psixodramasining muhim nazariy asosi u tomonidan ishlab chiqilgan sotsiometriya nazariyasidir. Bu nazariyada individga mavjudligi ijtimoiy muxitda qudratli kuchlar(simpatiya va antipatiya, yoki tanlash va rad qilish)ni ishiga tayangan ijtimoiy olamning ajralmas qismi deb qaraladi. Morenoning sotsiometriya nazariyasida katta etiborni o’zaro tanlash yoki
Download 52.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling