8- mavzu: Stress ta’sirini yengillashtiruvchi omillar. Stressni yengish psixologik yo’llari (2 soat) Tayanch tushunchalar


Download 52.28 Kb.
bet2/2
Sana02.08.2023
Hajmi52.28 Kb.
#1664503
1   2
Bog'liq
Stress8

telega qaratilgan. Tele – o’zaro tasirni ikki tomonlama, o’zaro bir-biriga ishonchda, reallikda, kreativlikda yorituvchi insonlar munosabatlarining xarakteristikasidir.
Psixodramani tuzilish elementlari. Grekchadan tarjima qilinganda, psixodrama psixotasir degan manoni anglatadi.
Psixodrama jarayoni borishida protagonist mijoz guruh yetakchisig’- direktor va guruh ishtirokchilari - yordamchi “men ” ko’migida uning muammosiga alovador hayotining muhim voqealarini saxnada tiklaydi. Saxna, direktor, protagonist va yordamchi “men” yoki guruh psixodrama tuzilishining asosiy komponentlari xisoblanadi.
Psixodramaning direktori har bir mashg’ulotni qanday amalga oshishi va o’tib borishiga javobgar. Psixodramaning boshlanishida u guruhni va avvalambor protagonistni o’yinga undaydi. Protagonist, vaziyat va guruh talablariga binoan direktor turli psixodramatik texnika va muolajalar qo’llaydi. U psixodrama prinsiplarini va bajarilishini hamda fazalarini o’tishitini ko’zatib turadi.
Psixodrama protagonisti saxnada o’z hayoti voqealarini ijro etadi. Psixodrama rejalashtirilgan yoki tayyorlangan bo’lmay, unga improvizatsiya xarakterlidir. Protagonist aktyordan bir vaqtning o’zida ham dramaturg, ham rejissyor, ham ijrochi bo’lishi bilan farq qiladi. Bu esa uni o’z vaziyatini anglash va fahmlashga yordam beradi, biroq protagonist uchun psixodrama mazmuni bu bilan cheklanmaydi. Psixodramaning mazmuni avvalambor tubdan o’zgarishni kechirishdir. Psixodrama jarayonida protagonist boshqa odamlar bilan o’zaro tasir va xulq-atvorning yangi usullariga ega bo’ladi, o’zining rolli xilq-atvorini o’z vaziyati xususiyatlariga moslashtirish imkoniyatiga erishadi.
Yordamchi “men”, yani guruh qanashchilari uch asosiy vazifaga ega. Birinchidan, ular protagonistga aloqador real yoki xayoliy odamlarni tasvirlab berishadi. Ikkinchidan, ular protagonist va direktor orasida vositachi bo’ladilar. Uchinchidan, guruh qatnashchilari sotsioterapevtik funksiyani amalga oshiradilar. Ular protagonistga uning shaxslararo munosabatlarini tasvirlash va tadqiq qilishga hamda uning hayotiy partnyorlari bilan psixodramatik dialog o’tkazishga yordam beradilar.
Psixodramatik sessiyaning tuzilishi. Psixodrama uch fazadan tashkil topgan. Xar bir faza o’z maqsadiga ega. Masalan, boshlang’ich faza analitik va diagnostik maqsadlarga ega. Bunda psixodrama qatnashchilarini nizolari va kechinmalari haqidagi xar qanday materialni aniqlash va yig’ish darkor. Boshlang’ich faza psixodramatik ish asosini hosil qiladi. O’yin yoki harakat fazasi psixokatartik maqsadlarga ega bo’lib, yangi emotsional tajriba orttirishga va aktual kechinmalarni qaytadan kechirish va anglash imkoniyatini beradi. Muhokama fazasi analitik-kommunikativ maqsadlarga ega bo’lib, yangi kechinmalarni integratsiya qilish va ularni rasional nuqtai nazardan ko’rishga yo’l qo’yadi. Psixodramatik mashg’ulotlar umumiy xisobda 1,5-2 soat davom etadi. Uch faza bir-biridan munosabatlar modusi, dinamikasi va emotsionalligi bilan farq qiladi. Xaar bir faza guruh qatnashchilari orasidagi o’zaro tasirni muayyan turi bilan xarakterlanadi. Bu xaqda quyida batafsil aytib o’tilgan.
Boshlang’ich faza guruh qatnashchilarini o’z muammo, ustak va fantaziyalarini saxnada tasvirlashga undashga yo’nalgan. Psixodramatik sessiyaning ushbu bosqichida direktor guruh vatnashchilarini keyingi psixodramatik harakatlarga tayyorlashi, ularning aktual kechinmalarini aniqlashi, potensial protagonislarni ajratishi lozim.
Bu fazada guruh majlisi boshlangandan so’ng guruh azolari o’zaro munosabatlarni va o’z xis-tuyg’ularini faollashtirishga kirishadilar. Asta-sekin noma’lumlik oldidagi qo’rquv yengib o’tiladi va o’zaro “uchrashuv” guruhiy jarayoni aktual nizolar va kechinmalarni aniqlashga imkon beradi. Xar hil psixoterapevtik guruhlarda boshlang’ich faza turli tezlikda o’tadi. Bu bosqichda guruh rahbari guruh uyushqoqligi qay darajada ekanligini aniqlashi lozim. Shu maqsadda rahbar turli tayyorlov mashqlaridan foydalanishi mumkin.
Muhokama fazasi bir necha fazadan iborat:
Rolli teskari aloqa, identifikasion teskari aloqa va shering. Rolli teskari aloqada yordamchi “men”, yani guruh qatnashchilari protaganistga navbatma-navbat ularga taqsimlangan rolni yoki rol almashinuvida protaganistni tasvirlaganda paydo bo’lgan xis-tuyg’ularni gapirib berishadi. Shu bilan birga protagonist ham turli rollar ijro qilganida kechirgan xis-tuyg’ularni so’zlab beradi.
Identifikasion teskari aloqada tomoshabinlar va direktor qatnashadilar, chunki o’yin paytida ular protagonist yoki unga aloqador tasvirlangan odamlarga identifikatsiya qilishlari mumkin. Bu teskari aloqa turi tomoshabinlar psixodramaning bevosita qatnashuvchisiga identifikatsiya qilganda kechirgan xis-tuyg’u va kechinmalarini tasvirlab berishiga mo’ljallangan.
Shering psixodramaning yakunlovchi fazasining muhim qismi va juda muhim funksiyasidir. Sheringda psixodramatik sessiyaning barcha qatnashchilari o’z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan xolda saxnada bo’lib o’tganlar xaqidagi xis-tuyg’ulari va kechinmalarini so’zlab beradilar. Guruh azolari saxnada ijro etilgan voqeaga o’xshash hayotlarida bo’lib o’tgan voqealarni eslashadi. Shering jarayonida protagonistga guruh tomonidan hamdardlik bildiriladi va qo’llab-kuvvatlanadi. Bu bosqich guruh protagonistini o’zining real borlig’iga qaytaradi.
Psixodramatik sessiyaning yakuniy fazasi o’z ichiga analiz jarayonini ham olishi mumkin. Analiz jarayonida o’tgan psixodramatik sessiya voqeasi jarayon xususiyatlari va drama qatnashchilarini saxnada o’zaro tasir xarakteri nuqtai nazaridan analiz qilinadi. Analiz jarayoni o’tmish va keyingi dramalar orasidagi aloqani ko’rish imkonini beradi.
Teskari aloqaga misol. Protagonist o’yinidan keyin uning singlisini rolini ijro etgan guruh azosi quyidagi teskari aloqani beradi: “menga sening singling rolida dominatsiya qilish juda oson bo’ldi, chunki, sen poezddagi otang oldidagi joyni menga xech qanday kurashsiz yon berding ”.
Voqea rivojiga jalb qilingan, lekin protagonistning o’yinida qatnashmagan guruh azolari muhokama fazasida (sheringda) protagonistni qo’llab-quvvatlashi, o’z kechinmalarini yoki o’xshash voqealarni hikoya qilib berish imkoniyatiga ega.
Misol. O’zining o’yinida protagonist agressivlik bilan bog’liq aniq muammolarni ohangdoshlik (garmoniya) va samimiylikni ta’kidlash orqali yashirmoqchi bo’lgan. Uni boshdan kechirmagan va namoyon bo’lmagan agressiyasi faqatgini shering paytida, guruhning deyarli barcha azolari o’zlari boshdan kechirgan jaxlni va agressiyani ortishi xissini aytib o’tganda aniqlangan.
Psixodramaning asosiy prinsip va qoidalari.
Psixodramatik xatti-harakatda protagonist o’z muammo va nizolarini so’zlab berish o’rniga sahnada ijro yetadi.
Protagonist - ijro etilayotgan voqea real hayotda qachon sodir bo’lgani yoki protagonistni fikricha kelajakda qachon sodir bo’lishiga qaramay, “shu yerda va hozir” ijro etilayotgan psixodramatik harakat qatnashchisidir.
Protagonist harakatda voqealarni qay tarzda xis qilsa shunday, mutlaq subektiv (guruhning boshqa qatnashchilariga qanday tasir qilishiga ahamiyat bermagan) ravishda “o’z xaqiqatini” ijro etishi kerek.
Protagonist ifoda etish, faoliyat va vebral muloqot vositalari sonini oshirish jarayoniga jalb qilingan bo’lishi lozim.
Barcha psixodramatik sessiyalarda protagonist dramasi uchun o’zi vaqtni va joyni belgilashi, saxnani tayyorlashi va yordamchi “men” larni tanlashi shart.
Protagonist o’zini muayyan paytda qanday his qilsa, u shunchalik spontan va ifodasiz bo’lishi mumkin.
Protagonist xech qachon u tasvirlayotgan muammo mushkul va guruh azolarining xech biri uchun tanish emasligi xissi bilan qolishi mumkin emas.
Protagonist o’zining ijtimoiy atomi qatnashchilarini xar birini va ularning o’zaro munosabatlarini xis qilishi uchun o’zining atrofidagilardan xar qaysisini roliga kirishmog’i va o’rganmog’i kerak.
Asosiy psixodramatik texnikalar. Eng muhim psixodramatik texnika rollar almashinuvidir. Direktor protagonistga boshqa ahamiyatli rolni taklif qiladi, bunda protagonist ushbu rolga xos harakatlar, so’zlar va boshqa xususiyatlardan foydalanishi kerak. Bu texnika yordamida protagonist tomonidan o’z yaqinlarini tushunish darajasi chuqurlashadi, ularga nisbatan empatiya darajasi oshadi va shular orqali o’zini idrok qilish reallik darajasi oshadi.
Psixodramaning ko’pgina texnikalaridan bir dublyatsiya qilish texnikasidir. Bu texnika protagonistning yashirin xis-tuyg’ulari direktor yoki yordamchi “men” tomonidan tashqi tomondan tasvirlab berilishi vaziyatiga mo’ljallanadi. Dubl protagonist muayyan paytda gapirib bera olmaydigan yoki gapirishga botinolmaganlarni so’zlab beradi va shu bilan protagonist kechinmalari yaxlitligini tiklashga imkoniyat yaratadi.
Protagonist o’z holatini ifoda etishiga ko’maklashuvchi psixodramaning yana bir texnikasi- oynalar texnikasidir. Protagonist o’z ahvolini harakatlar yoki so’zlar bilan ifoda etishga ojiz bo’lgan paytda saxnada uni yordamchi “men” almashtiradi va go’yo hamma harakatlar oynada bo’layotganday, uni xulq-atvoriga taqlid qilishga hamda uning xis-tuyg’ularini ifodalashga harakat qiladi. Aks ettirishda protagonist o’zining malum tomonlarini yaxshi anglashi maqsadida ularni mubog’alash mumkin.
O’zini prezentatsiya (taqdimot) va realizatsiya qilish ham muhim psixodramatik texnikalar qatoriga kiradilar. O’zini prezentatsiya qilish texnikasi protagonistga o’zini va unga aqamiyatli bo’lgan atrofidagi odamlarni real hayotda qanday idrok qilsa saxnada shunday tanishtirish imkonini beradi. O’zini realizatsiya qilish texnikasi esa protagonistga bir necha yordamchi “men”lar yordamida reallikdan qanchalik uzoq bo’lsa ham, o’z hayotining aktual rejalarini tasvirlab berishga ko’maklashadi.
O’zini realizatsiya qilish texnikasini kelajakni rejalashtarish texnikasidan farqlash darkor. Bu texnikaning maqsadi protagonistni o’z kelajagini qanday ko’rishini harakatda tasvirlab berishdir. Bu texnika kelajak namunasi deb ham nomlanadi.
Yana bir ko’p qo’llanadigan psixodramatik texnikalardan biri tushlarni psixodramatik prezentatsiyasidir. Bu texnika tush, fantaziya, gallyusinatsiya va b.q.lar vositasida insonning ichki realligini tushunish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Psixodramatik metod sifatidagi psixodramaning asosiy shakllari. Protagonistga markazlashgan psixodrama. Psixodramaning mazkur turu protagonistga konsentresiyalanib, bunda protagonist psixodramatik o’yinda yetakchi va yordamchi “men” yordamida o’z hayotining real yoki hayoliy voqeasini tasvirlab beradi. Saxna ko’rinishi yordamida mavjud shaxslararo vaziyatdagi hamda tasvirlanayotgan muammodagi ishtirok etayotgan boshqa shaxslar bilan o’zaro tasir xususiyatlari yaqqol va ravshan ko’rinadi.
Mavzuda markazlashgan psixodrama. Ko’pincha psixodramatik sessiya jarayonida barcha guruh a’zolariga taaluqli mavzular aniqlanadi. Psixodramaning bu shaklida guruhning xar bir a’zosini mavzuga taaluqli voqeani tasvirlab berishi mo’ljallangan. Ko’tarilgan mavzu sababida kechinma va fikrlar aks etgan vaziyatlar tasvirlanadi. Mavzuda markazlashgan psixodrama bilish va o’rganish, psixodramatik xatti-harakatlarning turli shakllari orasidagi muvozanatni o’rnatish funksiyalarini o’z ichiga oladi.
Xulosa qilib aytish joiz, jarayonda terapevtik ishni psixodaramatik texnika to’pramidan mexaniq foydalanishdan farqlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun doimo terapevtik maqsadlarga hamda guruhiy psixoterapiyaning bir turi bo’lmish psixodramaning umumiy konsepsiyasiga amal qilish lozim.
Psixogimnastika – bu guruh a’zolarining o’zini iamoyon kila oladigan va nutq siz munosabatga kirisha olishini ta’minlovchi metoddir. Bu samarali vosita yordamida shaxsning ijtimoiy xodisalarni idrok kilishi uchun eng kulay sharoit yaratiladi, ,,tana tili,,ga e’tibor beriladi, atrof-hayot munosabatlarini ifodalashga imkoniyat yaratiladi. “Psixogimnastika” termini keng va tor ma’noda qo’llaniladi . Guruh a’zolarining asosiy kommunikatsiya vositasi imo-ishorali harakatlar bilan ta’sir o’tkazish xisoblanadi.
Tor ma’nodagi psixogimnastika o’yinlar etyudlar kurinishida bo’lib, guruh a’zolari aloka vositasi sifatida nutq siz harakatni kullaydilar. Psixogimnastikaning bu turi guruhiy korreksiya vazifalarini bajarishga yunaltirilgan, ya’ni o’zaro aloka urnatish, tarang vaziyatni kutarib tashlash, qarama-qarshi tomon alokalarini ishlab-chikish vxk.
Keng ma’nodagi psixogimnastika – bu maxsus mashg’ulotlar kursi bo’lib, uning yo’nalishi bilishga oid va shaxsiy emotsional tomondan rivojlantirishga va korreksiya kilishga karatilgandir.
Guruh bilan ishlashning nutq siz usuli sifatida psixogimnastika xissiy kechinmalarning paydo bulishi,
Emotsional holatlarning kechishi, harakatlarni bajarishdagi muammolar, yuz mushaklarining ma’noli harakatlari, imo-ishoralar bilan kilinadigan harakatlarni nazarda tutadi, mijozga o’zini namoyon kilishga va so’z yordamisiz mulokot urnata olishga imkon yaratadi. Bu kayta tiklovchi psixokorreksiya metodi bo’lib, maqsad i – mijoz shaxsini urganish, tushunish va o’zgartirishdir.
Psixogimnastika 3 qismdan iborat bo’lib, xar bir qism o’zining mustakil vazifalari va shaxsiy metodik vositalari bilan xarakterlanadi.

  1. Tayyorgarlik qismi.

  2. Pantomimika (imo-ishorali harakatlar) qismi

  3. Yakuniy qism.

Psixogimnastika mashg’ulotining tayyorgarlik qismi.
Vazifalari:
- guruh a’zolaridagi tarang, xayajonli holatni pasaytirish.
-kurkuv va «mumkin emas» degan tushunchalarni olib tashlash.
- diqqatni rivojlantirish
- o’zi va boshqa odamlarning harakat faolligini seza olishni shakllantirish.
- guruh a’zolari o’rtasidagi emotsional masofani kiskartirish
- o’zi va boshqalarning xis-tuyg’ularini, xissiy holatini, muammolarini nutq siz ifodalash va tushunishni shakllantirish.
Tayyorgarlik qismi koidaga asosan diqqatni rivojlantirishga karatilgan mashqlardan boshlanadi. Bu turdagi mashqlarga quyidagilar kiradi:
- kechikish (orkada kolish) mashqi. Guruh a’zolari oddiy gimnastika mashqini boshlovchidan bir harakatga ortda kolib ketma-ket ravishda kaytaradilar. Mashq tezligi sekin-asta ortib boradi.
-ritmni doira buylab uzatish. Guruh a’zolarining hammasi bir-birining ortidan doira buylab berilgan ritmni chapak chalib takrorlaydilar.
- harakatni doira buylab o’zatish. Guruh a’zolaridan biri tasavvuridagi predmet bilan shunday harakat bajara boshlaydiki, bu harakatni keyingi ishtirokchi davom ettira olishi kerak. Keyingi ishtirokchi ham tasvirlangan predmet bilan bog’liq boshqa biron harakatni bajarishi va bu predmet doira buylab turli harakatlar bilan aylanib chikishi lozim.
- oyna. Guruh a’zolari juft-juft bo’lib ajraladilar va navbatma-navbat o’z sheriklarining harakatini takrorlaydilar.
Mashqlarning yana bir turi asosan tarang holatni olib tashlashga mo’ljallangan bo’lib, oddiy harakatlardan tashkil topgan. Masalan; «Men suvda yurib ketayaapman», «Ishdan kaytyapman», «Guruhdagi mashg’ulotga ketyapman» vxk. Bu turkumga «Uchinchisi ortikcha» tipidagi mashqlar ham taalukli bo’lib, ulardan turli harakatli o’yinlar sifatida foydalanish mumkin.
Keyingi turdagi mashqlar guruh a’zolari o’rtasidagi emotsional masofani kiskartirishga, hamkorlikda ishlashga, va o’zaro yordamni rivojlantirishga yunaltirilgandir. Bunda bevosita alokani nazarda tutuvchi fazoviy masofani kamaytiruvchi mashqlardan foydalaniladi; juft-juft bo’lib tor kuprikda ajralish, stulga utirish, boshqa odam bilan mashgul bulish, xafa bo’lgan odamni tinchlantirish, davrv buylab sezgilari, xis-tuyg’ularini o’zatish. Oxirgi mashqda guruhning barcha a’zolari ko’zlarini yumib, doira bo’lib utiradilar. A’zolardan biri kulini sal tekizish orkali kandaydir sezgini yonidagi sherigiga utkazadi. Sherigi esa o’z navbatida yonidagi sherigiga xuddi shu xisni mazmunini o’zgartirmay fakat o’z usuli yordamida o’tkazishi lozim. Bir xis (sezgi) turli harakatlar, kulning sal tegishi yordamida ifodalanadi, davrv buylab aylanadi, Bu turdagi mashqlar mijozdagi xavfsirash xissini yukotishga, o’zaro ishonchb bir-birini xissiy tushunish, kabul kilishga yordam beradi.
Yana qator mashqlardan ham foydalaniladiki, ular orkali kishi boshqalarning nutq siz ifodalagan holatini, fe’l-atvorini tushunishi, o’z xis-tuyg’ulari va fikrlarini ham nutq siz ifodalash malakasini shakllantirishga karatiladi. Ya’ni kul harakatlari yordamida sherigi bilan biror narsaga kelishib olish (kalin oyna orkali so’zlashuv); kandaydir holat yoki xis-tuyg’ularni tasvirlash Xursandchilik, xafachilik, achchiklanish, gijinish, achinish, hamdardlik bildirish va boshqalar. O’zi yoki boshqa birovning psixologik sifatlarini tasvirlash (men hozir kandayman, men kanday bulishni istardim, atrofimdagilarga kanday kurinaman); boshqa odamning nutq siz muomalasi, fikrlari, xis-tuyg’ularini tushunish, guruh e’tiborini o’ziga tortish va boshqalar.
Yuqorida sanab utilgan hamma mashqlar tayyorgarlik qismida utkaziladi, vaxolanki bu mashqlar korreksiyalashning oxirgi bosqich larida o’tkazish muhim sermazmun vazifani bajarishi mumkin. Ishning dastlabki tayyorgarlik davrida tayyorgarlik qismiga mashg’ulotning yarmidan kup vaktini, ba’zan esa hamma vaktni ajratish mumkin. Chunki bu qismda xavotirlanish, zurikish, mijozning o’zini erkin tutolmasligi, aloka urnatishdagi kurkuv kabilar urganilmagan sharoitda kuchayadi, va aynan shuning uchun bunday kurinishlarni bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar o’tkazish zarur bo’ladi. Bunday xollarda guruh a’zolarida kanday kechinmalar bo’lganini muxokama kilishga kam vakt ajratilib, eng umumiy kechinmalar bilangina cheklanib kolinadi. Mashqlarni tanlash va davomiyligi guruhning umumiy holatiga, rivojlanishiga, maqsad va vazifalariga kura aniqlanadi.
Ba’zi xollarda psixogimnastikaning birinchi mashg’ulotlari boshlangich qism mashqlaridan iborat bulishi mumkin. Shuning uchun bu bosqich da xaddan ziyod murakkab pantomimik vazifalar bermaslik va mashqlarni izoxlashga berilib ketmaslik kerak. Bunday sharoitda guruhga diqqatni mashq kiluvchi, nutq siz ta’sirotlarni tushunish kunikmasini rivojlantiruvchi, o’zaro emotsional masofani kichraytiruvchi umumiy mashqlar tavsiya kilish samarali natija beradi. Keyingi bosqich larda pantomimik vazifalarning salmogi ortadi.
Psixogimnastik mashg’ulotning pantomimik qismi
Psixogimnastikada pantomimika qismiga korreksiyalash guruhida asosiy vakt ajratiladi. Mijoz taklif kilgan mavzular so’zsiz tanlanadi. Mavzular psixolog tomonidan ham tavsiya kilinishi mumkin. Pantomimika uchun mavzular mazmuni chegaralanmagan va aloxida bir mijozning muammolariga, butun guruh a’zolarining muammolariga, shaxslararo harakatlarga mo’ljallangan bulishi mumkin. Pantomimika qismida quyidagi mavzular tez-tez qo’llaniladi.
1. Qiyinchiliklarni yengib o’tish.
Bu mavzu umuminsoniy muammolar va munozaralarni aks ettirib, timsol kurinishida tasavvur kilinishi mumkin. («Qiyinchiliklarni yengib o’tish», «Ta’kiklangan meva», «Chorraxa», «Kasallik», «Soglik», «Baxt», «Xavf» va boshqalar. Barcha mijozlar navbatma-navbat hayotiy qiyinchiliklarni kanday bartaraf etishni tasvirlvydilar, Qiyinchilik timsoli sifatida kandaydir predmetdan foydalanish, masalan. stul yoli skameyka tusik bo’lib uni yengib o’tish kerak
2. Ta’qiqlangan meva.
Hamma mijozlar navbatma-navbat o’z xohish istaklari tashki va ichki me’yorlar bilan mos tushgan holatlarda o’zlarini kanday to’tishlari xakida gapirib beradilar. Tav’kiklangan meva sifatida kandaydir predmetdan foydalanish mumkin.
3. Mening oilam. Mijoz guruh a’zolaridan bir nechtasini tanlab oladi. Ularni davrvda shunday joylashtiradiki, ular o’rtasidagi masofa oila a’zolari o’rtasidagi emotsional yakinlik bilan mos kelsin.
4. Haykaltarosh. Guruh a’zolaridan biri xaykaltarosh rolini ijro yetadi. Guruh a’zolarining o’ziga xos xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiruvchi holatlarni; ularning gavda tuzilishi, tashki kiyofasini shunday holatga keltiradiki, uning fikricha bu kurinish shu odam shaxsiga xos xususiyatlari va nizolarini (janjalkashliklari) aks ettirsin.
5. Mening guruhim. Mavzu guruh a’zolariga o’z xis-tuyg’ularini izhor kilish bilan bog’liq. Guruh a’zolari xonaning turli joylariga shunday joylashtiriladiki, ular o’rtasidagi masofa emotsional yakinlikni aks ettirsin.
6. Odatiy hayotiy holatlar. (iltimos, talab, ayblash, janjallashish, kechikish vxk.)
7. «Men» mavzusi. Aniq bir mijozning muammolariga taalukli bo’lgan mavzular. «Men kandayman», «Men kanday bulishni istayman», «Atrofdagilarga kanday kurinaman», «Men odamlar orasidaman», «Mening oilam», «Mening hayotim», «Mening jarohatim».
8. Ertak. Ertak mavzusi va fantaziyalaridan foydalanib mavzuga boglanadi. Mijozlar sexrgarlar, sexrlangan kaxramonlar rolini tasvirlaydilar.
Pantomima jarayonida «Egizaklar» va «Oyna» tipidagi yordamchi usullardan ham foydalaniladi. Ularning moxiyati shundaki mijozlarga nutq siz o’zaro boglanish uchun sharoit yaratish, o’zini o’zgalar ko’zi bilan kurish (agar guruh a’zolari rol uynayotgan mijozning nutq siz harakatlarini takrorlashsa) va joiz bo’lgan variantlar xakida ma’lumotga ega bulishdir (kachonki boshqa mijozlar hozirgina tasavvur kilingan holat buyicha o’zining nutq siz muomala vositalarini taklif kilishsa). Har bir bajarilgan pantomimik vazifadan so’ng guruh a’zolari kurgan narsalarini muxokama kiladilar.
Psixogimnastika mashg’ulotining yakuniy qismi.
Psixogimnastikaning yakuniy qismi guruh a’zolarida pantomima qismi davomida paydo bo’lgan, muhim ahamiyatga ega bo’lgan, kuchli emotsiyalar, guruh jipslashuvining ortishi, ishonch va katiylikning ortishi natijasida hosil bo’lgan tarang holatni kutarib tashlashni nazarda tutadi.
Bu yerda mijozlarga boshlangich qismdagi jipslashish xissini boshdan o’tkazishga yordam bergan mashqlardan foydalaniladi.
Korreksiya ishining mustakil metodi sifatida psixogimnastikani qo’llash 1979 yili G.Yunova tomonidan taklif kilindi. G.Yunovaning psixogimnastikasi D.Morenoning usmirlar uchun psixodramasining o’zgargan shaklidir. G.Yunova metodikasidagi xar bir mashg’ulot, ritmika, pantomima, guruhiy o’yin va rakslarni o’z ichiga olib 3 davrdan iborat;
1. Tarang holatni chikarib tashlash, ahamiyatiga ega bo’lgan yugurish va yurishning turli variantlari orkali erishiladi; kimni sheriklikka tanlash, kim bilan bir komandada birga bulish vxk.
2. Pantomimika davri. Bu davrda guruh a’zolari turli holatlarda, masalan, derazadan ugri tushgandagi, ko’lmakka (botqoqqa) qadam qo’yishga qo’rqqandagi holatni nutqsiz tasvirlab berishlari lozim.
3. Yakuniy davr. Guruh a’zolari bilan bir tan bir jon ekanlik xissini mustaxkamlash. Unda turli kurinishdagi jamoaviy o’yin va rakslardan foydalaniladi.
M.I.Chistyakova kichik yoshdagi bolalarga mo’ljallangan psixogimnastika metodini taklif kildi. Shu nomli kitobida bolalarda turli psixik funksiyalarni rivojlantiruvchi, o’zini-o’zi tinchlantirishga va turli xissiy holatlarini aytib bera olishga urgatuvchi, sistemaga solingan etyud va o’yinlar tuplamini talif kiladi.
Katta maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mo’ljallangan bo’lib, bir xaftada ikkita mashg’ulot utkaziladigan, 3 oy davom etadigan, ja’mi 20 ta mashg’ulotdan iborat. Mashg’ulotlar 25 minutdan 1soat 30 minutgacha davom yetadi. Mashg’ulotning davomiyligi bolalarning yoshi va xulq atvori bilan bog’liq dir. Mashg’ulotlar aniq sxema asosida 4ta davrdan iborat.

  1. Mimikali va pantomimikali etyudlar.

Maqsad – jismoniy va psixik mamnunlik va norozilik xissi bilan bog’liq aloxida emotsional holatlarni ifodali tasvirlash. Asosiy emotsiyalar va ba’zi ijtimoiy buyokdor xislarni ifodalash modeli. Bolalar ifodali harakatlar elementlari bilan tanishadilar; mimika, ma’noli harakatlar, yurish, gavdani to’tish holati vxk.

  1. Shaxsning alohida xususiyatlari va emotsiyalarini ifodalashga yunaltirilgan etyud va o’yinlar.

Maqsad – badiiy kaxramonlar xulqi u yoki bu xarakter xislatlari modelini tayyorlash, o’zlashtirilgan ijtimoiy bilimdonlikni o’zlashtirish, mustaxkamlash va kengaytirish, bir vaktning o’zida barcha ifodali harakatlarning tarkibiy qismlariga bolalar diqqatini jalb kilish.

  1. Guruh a’zolari yoki aynan bir bolaga karatilgan aniq bir yo’nalishdagi etyud va o’yinlar.

Maqsad–bolaning aloxida xarakter xislatlari, kayfiyatini korreksiyalash, modellashtirishga karatilgan (ishlab chikilgan) standart holatlar treningi.

  1. Mushaklarni psixologik mashq kildirish davri.

Maqsad – emotsional tanglikni olib tashlash, istalgan kayfiyat va fe’l-atvorga erishish.
V.M.Myasiщevning yozishi bo’yicha – biblioterapiya uslubi o’zida kitobshunoslik, psixologiya, psixoterapiya, psixokorreksiyaning murakkab qo’shilmasini mujassam etadi. Biblioterapiya - mijozga maxsus yo’nalish berish, yo’naltiruvchi ta’sir etib, maxsus tanlangan adabiyotni o’qitib, ruhiy holatini normallashti-rish yoki optimizatsiyalashga qaratiladi.Stress psixokorreksiya (yo’naltirilgan) o’qishning oddiy o’qishdan farqi uning u yoki bu ruhiy jarayon, holat, shaxs xususiyatlariga yo’naltirilganligi: o’zgargan- ularning normallashuvi; normal- ularni bosiqlik, vazminlashtirish uchun.
Stress psixokorreksiyasi ta’siri shundaki, u yoki bu obrazlar va ular bilan bog’liq hissiyotlar, qiziqish, xohish-istak, fikrlar kitob orqali qabul qilinib, o’z obraz va fikrlarining kamchi-ligini to’ldiradi, xavotirli fikr va hissiyotlarni o’zgartiradi yoki yangi oqim, yangi maqsad sari yo’naltiradi. Shunday qilib, mijozning hissiyot ta’sirini kuchaytirish yoki bo’shashtirishga ta’sir etib, ruhiy muvozanat-ni tiklashga qaratiladi.
Biblioterapiya uslubini bir necha bosqichga bo’lish mumkin:
Psixokorrektorning o’z-o’zini tayyorlash.Uning ichiga o’zining shaxsiy biblioterapevtik resepturasini tayyorlash, ya’ni adabiyotlar ro’yxati va kitoblar bilan maxsus korreksion nuqtai nazar bilan tanishuv.Boshlanishda 2-3 ta nom bilan bir necha janr olinadi.
Vaqt o’tishi bilan janr va kitoblar miqdorini oshirish bilan resepturani kengaytirish tavsiya etiladi.O’zi uchun ba’zi boblar, bo’limlar va umuman kitob uchun ko’chirmalar bilan qo’shib, taqriz yozib borish zarur, hamda unda, ayniqsa, ko’zga tashlangan, yorqin mavzular, fikrlar, bobning o’y va tashvishlari, muallifning shaxsiy xususiyatlari qisqacha yozib boriladi.
Boshlanishda bu biblioterapevtga tegishli matnlarga etibor qaratishga yordam beradi. Buning uchun alohida kutubxonalarda ko’proq kitoblar bo’lishi zarur va mijozning o’zida bu kitob bo’lmaganda uni oson topsin. Bundan tashqari mijozga kitob betlarining chetlarida belgilar qo’yishga ruhsat berilishi kerak, bu mijozga tashhis qo’yishni osonlashtiradi.
Biblioterapiya va uning janrlarining imkoniyatlarini bilish.
Mijoz bilan navbatdagi suhbatda unga qator savollar beriladi. Masalan “ O’zingizga yoqqan 5 ta kitob nomini ayting.”, “ Qaysi kitoblar hayotingizda ko’proq taassurot qoldiradi? Nima uchun?”, “Qaysilari siz-ga ko’proq ta’sir qiladi?”, “ Qaysi mualliflar sizga ko’proq o’xshaydi?”, “Qaysi asar personajlari sizga ko’proq o’xshaydi?”.
Ro’yxat tuzish.
Keyingi bosqichda adabiyotlar ro’yxati tuziladi: katta va kichik ro’yxatlar. Biblioterapiya uslubi qo’shimcha uslub sifatida qo’llansa ham, bunday ro’yxatlarning mavjudligi boshqa ta’sir uslublarini yo’naltirish imkoniyatini beradi.
O’qish tizimini ishlab chiqish.
Kitoblar miqdori, ustuvor yo’nalishlar va janrlar aniqlanadi. Mijozga biblioterapiya maqsadida kitob tavsiya qilinganida A.M.Millerning ko’rsatishi bo’yicha uchta quyidagi prinsipni hisobga olish kerak:

  • bayon etilayotgan asarning tushunarliligi (taklif qilingan kitob murakkabligi darajasi);

  • kitob qahramoni mijozga mos(tushunarli) bo’lishi;

  • kitobning mazmun holati mijozning hozirgi holatiga maksimal o’xshashligi.

Oxirgi prinsipni hisobga olish shaxsiy va odamlararo psixologik qarama- qarshiliklar mavjudligida zarur.
Biblioterapiya jarayonida mijoz o’quvchilik kundaligini yozib bora-di. Kundalikdagi yozuvlarni tahlil qilish, ko’pincha badiiy asarning sub’-ektiv qabul qilinish jarayonini ochib beradi, bu aktiv bir tomonlama faoliyatni qabul qilinishi va samarali korreksiya jarayoniga baho berish va tashhis qo’yishga ishlatilishi mumkin.
Biblioterapiyani asosiy uslub sifatida ishlatilsa, o’qish ma’lum ketma-ketlikda,mavzuda, o’qib chiqilganlar tahlil etilib boriladi. Ko’p-roq diqqat va e’tibor biografik, dunyoqarashlar va maxsus adabiyotga qara-tiladi.
Biblioterapiya yordamchi uslub sifatida ishlatilishi mumkin u kor-reksionitadbirlarda kichikroq vazifanibajarib, tor yo’nalishdagi vazi-fani bajaradi: bola va ota-ona munosabatlari va undagi emotsional stress holatlarni bartaraf etish uchun.
Biblioterapiyaning yutug’i shundaki, ta’sir vositalarining xilma-xilligi va boyligidadir, ta’sir kuchi, uzoq davomiyligi,qaytariluvchan-ligi, intimligi va x.k.
Biblioterapiya bolalar va kattalarga shaxsiy va emotsional tasnif-larda tavsiya etiladi, hamda individual va guruhlarda ishlatilishi mum-kin. Biblioterapiyaning guruh ko’rinishdagisida psixokorreksiya guruh-ning talablridan tashqari guruh a’zolari o’quvchilik qiziqishlari va ko’p o’qiganligi hisobga olinadi.
5-8 mijozdan iborat guruh yig’iladi. Hajmi katta bo’lmagan asarlar tanlanadi va guruh mashg’ulotlari paytida o’qiladi. So’ng mutoolalar o’tqa-zilib guruhda o’zaro munosabatlar strukturasi aniqlanadi, guruh a’zolari-ning badiiy adabiyot o’qilishiga munosabati aniqlanadi. Kam kitob o’qiydi-ganlarda o’qishga qiziqish uyg’onadi. Odamlar personajlarga o’z munosabat-larini bildirib, qator muammolarga o’z fikrini bildiradilar. Bu esa ularga o’z muammolari haqida vosita yordamida gapirish imkonini beradi.
Biblioterapiyaning yana bir imkoniyati bahslar uchun qo’shimcha mate-rial berishi mumkin. Biblioterapiya qo’shimcha yordamchi tashhis qo’yish uslubi ham bo’lishi mumkin.
Biblioterapiyada psixokorreksion jarayonlarni shartli ravishda spesifik va nospesifikka bo’lish mumkin. Nospesifik jarayonlar o’zi-ning butun shaxs va konkret o’zgarishlarga shaxs orqali ta’sir etish uni-versal uslubiyotini, ya’ni keng qamrovligi bilan xarakterlanadi. Bu xo-tirjam bo’lish; ho’zurlanish, xursand bo’lish; o’ziga ishonch hosil qilish, o’z imkoniyatlariga ishonish, o’zidan qanoatlanish; yetarli darajada umumiy psixologik (ruhiy faollik).
1. Xotirjamlik: mijozni maxsus tanlab olingan publisistik, badiiy adabiyotlar xotirjam qilishi mumukin, bunday adabiyotlarni o’qish mi-jozni xotirjam, bosiq qiladi.
2. Huzurlanish: Hayot muammolari ko’p bo’lgan odamlar dunyodan o’z muam-molari bilan chegaralanib qolgan bo’lib, bu dunyodan rohatlanish, huzur olishdan to’silib qoladi. Yaxshi kitob o’qish, ayniqsa, bu kitob yetarli dara-jada murakkab yoki dinamik (rivojlanuvchi syujetli) bo’lsa, mijozga zarur bo’lgan qo’shimcha ho’zurni bag’ishlaydi.
3. O’ziga ishonch hosil qilish: O’z imkoniyatlariga ishonch hosil qilish, mijoz biografiya, avtobiografiya, esdaliklar, buyuk insonlar xatlari va kitoblarini o’qiganda, og’ir taqdirli obrazlar qiyinchiliklarini yengib chiqishi haqida o’qiganda paydo bo’ladi.
4. Ko’pchilik adabiy janrlar yuqori darajali ruhiy faollikni paydo qilishi mumkin, u normal, himoyaviy ruhiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi va negativ holatni yo’q qilib, odamni shikastlovchi hayajonni bosadi.
Biblioterapiyaning bu turi mazkur mijoz bilan ishlanayotganda boshqa uslubga qo’shimcha sifatida foydalanishi mumkin. Odatda nospesifik bib-lioterapiya o’z ichiga aniqlab olingan, yaxshi tanish, oddiy, muammoni aniq tushunadigan kitoblar ro’yxatini qamraydi.
Asarlardan badiiy adabiyot va publistik kitoblar olinib, ular ezgulik bilan yo’g’rilgan, sahovat, oliyjanoblik va ziyolilikni o’z ichiga oluvchi bo’lishi kerak.
Mijozlarga ta’sir samarali bo’lishi uchun kitobning boblariga, butun kitobga qisqacha taqriz yozish, kitob yoki bobning mazmun mohiyatini ko’rsa-tish tavsiya etiladi .
Mijoz muammolariga qarab, psixolog mijozga aniq kitoblar ro’yxati-ni beradi yoki uning diqqatini adabiyotining biror sohasiga qaratadi.
Spesifik korreksion jarayonlar maxsus tor yo’nalishdagi, shaxs yoki aniq ruhiy jarayon, aniq hissiyot, faoliyat, o’ylashga qaratiladi. Bu- nazorat, emotsional ishlov, mashq qilish, konfliktlarni hal qilish.
Nazorat. Ruhiy jarayonlar ustidan nazorat ularni qaytarish yo’li bilan kuchaytirish, voqealarni qayta ko’rib chiqish yoki tahlil qilib sust-lashtirish, boshqa voqealarni yodga olib, uni chetlashtirish, emotsiyalar bilan, shaxsga ta’sir etishni oddiy hayajon yoki kuchli hissiyot orqali amalga oshiriladi.
Nazoratni bir necha bosqichga bo’lish mumkin.
-o’z ahvolini tushunish, unga getero va autopsixogen faktorlar yordamida ta’sir etish;
-o’z ahvolini rivojlantirishda o’z shaxsining rolini tushunib yetish;
-hayotiy zarur muammolarga shaxsning haqiqiy munosabatini anglash.
Qahramonlari yorqin, boshqalardan farqlanuvchi insonlar haqida ki-toblar o’qilganda, ular nostandart fojiaviy holatda bo’lganlarida, mijoz qahramonlar his-hayajonini o’ziniki bilan qiyoslaydi. Shaxsiyat xususiyatlarini, o’z xatolarini tushunishi, o’z hayotiga begona ko’z bilan qarashi mumkin. Adabiyot mijozga hatto eng tajribali ruhshunos bera olmaydigan imkoniyatlarni- chuqur, shoshmasdan, intim sharoitni bilish, tushunish, tah-lil qilishni o’rganish, bundan kelib chiqadiki, o’z emotsional munosabati va reaksiyasini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Emotsional ishlov berish. Asosiy vazifasi- insonga shaxsiy emotsiyalarni yuzaga chiqarish, psixolog va korreksiya yordamida boshqa odamlar emotsiyalari bilan qiyoslashga yordam beradi. Bu esa mijozga aniq reaksiya va harakat qilishga yordam beradi O’ta kuchli, kuchsiz yoki o’zgargan emotsional reaksiyadan halos bo’lishga yordam beradi.
Mashqlar: Xayolan alternativ (muqobil) (asardagi qatnashuvchilarga nisbatan) dialoglarni, xulqini, o’z xusuiyatlarini (tajriba yetishmasligi, uyatchanlik va x.k.) hisobga olingan holda mijoz xayajonlanishning muqobil turlari haqida bilim oladi.Bu holatda uni hech kim qoralamaydi, u baholash jarayonidan holi bo’ladi.
Kelishmovchiliklarni hal qilish. Bu konkret hayotiy voqelikka ishlatiladigan o’ziga xos nazorat sintezi bo’lib, emotsional ishlovni va mashqlarni ishga solish bilimidir. Syujeti jihatidan mijoz hayot syujetiga mos keladi-gan kitoblarni o’qish o’sha holatdan chiqish yo’llarini ko’ra olishga va ularga emotsional ta’sir etishgayordam beradi, hamda emotsional konfliktni bartaraf etadi.
Biblioterapiyaning bu turi o’ta shiddatli bo’lib, psixologning faol boshqaruvini talab qiladi. Amalda bu quyidagicha bo’ladi: psixolog, mijozga mos keluvchi, uning muammolariga to’g’ri keladigan, maqsadi va shaxsiy xusuiyatiga mutanosib bo’lgan; qiyinchiliklarni anglab yetadigan, muam-molar sababi, disgarmoniya kelib chiqishi mohiyatini anglay oladigan va x.k. adabiyotlar ro’yxatini to’zadi.
Mijoz kitob o’qishdan oldin yo’riqnoma bilan tanishadi: berilgan ro’yxatga binoan nimalarga diqqat e’tiborni qaratish, nimalarni qoldirib ke-tish, o’qilgandan nimalarni o’z tajribasi bilan qiyoslashkerak va nimalar-ni amaliyotida darhol tekshirish kerak.
­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­ Mijoz kitobni o’qib chiqqanidan keyin, suhbat o’tkaziladi: “Nimalarni bilish, ayniqsa, qiziqarli bo’ldi?”, “Bundan qanday foyda kelib chiqdi?”, “Nima ehtiyotkorlik va ikkilanish uyg’otdi?”, “Alohida personajlarga munosabatingiz qanday?”.
Download 52.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling