8- son laboratoriya ishi inson tanasining elektrga qarshiligini o’lchash ish mazmuni


Download 295.17 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi295.17 Kb.
#1017514
  1   2   3
Bog'liq
8-labaratoriya mashg`uloti


8- son laboratoriya ishi


INSON TANASINING ELEKTRGA QARSHILIGINI O’LCHASH


Ish mazmuni – inson tanasining elektrga qarshiligi kattaligiga turli omillarning ta’sirini va uning organizimiga tokni ta’sir etish tabiatini o’rganish

  1. Nazariy qism

Buzilgan elektr qurilmalarida ishlash jarayonida inson elektr toki bilan shikastlanishi mumkin.
Elektr jarohatlari ichki (tok urishida yurak, nafas organlari va boshqalar zararlanadi) va tashqi (kuyish, terini elektrmetallizatsiyasi, elektr belgilar) jarohatlarga bo’linadi.
Tok urishi organizmda turli fiziologik reaktsiyalarini chaqirishi mumkin: termik, elektrolitik va biologik).
Toklarni inson organizmiga ta’sir etish tabiatiga asosan, tokni quyidagi tasnifnomasi o’rnatilgan:
Sezilarli tok urish – bu elektr tok urishida inson organizmidan o’tayotgan tok sezilarli asabni qo’zg’atadi;
Sezilarli tok urish bo’sag’asi – sezilarli tok urishning kamroq miqdori (1-1,5 mA o’zgaruvchan tok va 5-7 mA doimiy tok);
Qo’yib yubormaydigan tok urish –bu elektr tok urishda, inson organizmidan o’tayotgan tok, o’tkazkich ushlab turgan qo’ldagi mushaklarni kuchli tortishishini (akashak) yuzaga keltiradi:
Qo’yib yubormaydigan tok urish bo’sag’asi – Qo’yib yubormaydigan tok urishning kamroq miqdori (10-15 mA o’zgaruvchan tok va50-80 mA doimiy tok);
Fibrillyatsiya toki –bu elektr tok urishda, inson organizmidan o’tayotgan tok yurak fibrillyatsiyasini yuzaga keltiradi;
Fibrillyatsiya toki bo’sag’asi – Fibrillyatsiya tokining kamroq miqdori (100 mA o’zgaruvchan tok va 300 mA doimiy tok).
Insonni elektr toki urishi oqibati turli sabablarga bog’liqdir, ulardan asosiylari: zarar etkazadigan tok kuchi va turi, ilova qilingan kuchlanish, inson organizmini elektr qarshiligi, tok ta’sir qilish vaqti, tevarak atrof holati, tokni inson tanasi bo’lab yo’nalishi.
Elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish mobaynida, tok urish ko’pincha qo’l-qo’l va qo’l-oyoq yo’nalishi bo’yicha sodir bo’ladi.
Inson tanasi bo’ylab o’tayotgan tok kuchi, tanani elektr qarshiligiga va kuchlanishga tegib ketishga(dahldorlik) bog’liqdir:





Bunda Upr – dahldorlik kuchlanishi –inson bir vaqtning o’zida tegib ketadigan tok zanjirining ikki nuqtasi orasidagi kuchlanish, V; Z – inson tanasining to’liq elektrga qarshiligi, Om.
Inson tanasining elektrga qarshiligini belgilaydigan, o’ziga hos omili qontomirlari va asab tolalari bo’lmagan teri, uni yuqori muguz qatlamidir. Bu qatlam 0,05 do 0,22 mm. qalilinlikka egadir Teri toza va quruq bo’lgandagi omlik qarshiligi 3•10³- 10 Om va undan ko’proq bo’ladi. Terining muguz qatlami buzilishi natijasida, inson tanasi qarshiligi ichki organlar qarishiligigicha kamayadi (mushak va yog’ to’qimalari, qon tomirlari, ilik va boshqalar) Inson tanasining ichki qarshiligi 500-600 Omdan ortmaydi. Elektr hisob kitoblarida inson tanasi qarshiligi 1kOm tengni qabul qiladi.
1.1.-rasmdagi ekvivalent sxemaga binoan inson tanasini to’liq qarshiligi quyidagiga teng bo’ladi:






1.1.-rasm. Inson tanasi qarshiligining ekvivalent sxemasi (tok yo’li qo’l-qo’l)

Bunda Rv –tana uchastkasining ko’ndalang kesimi uzunligiga bog’liq va aniq faol qabul qiluvchi inson tanasining ichki qarshiligi, Om; S - o’zgaruvchan tok ta’sir etayotganda, epidermisning muguz qatlami bilan ajratilgan inson tanasi ichki to’qimalarining tok etaklovchi va o’tkazuvchi qismi ulanish joyida hosil bo’ladigan sig’im, pF; Rn –inson tanasining tashqi qarshiligining faol tuzilmasi, Om; f – tok chastotasi, Gts;


inson elektrodlarga (ulanish yuzasi bir hil) simmetrik holatda tegib ketganida, tanani to’liq qarshiligi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:





bunda berilgan chastotada (f) tashqi teri qatlamining to’liq qarshiligi.
Teri qatlamining Rn faol qarshiligini, past chastotali tokdagi o’lchovlar Z natijasidan foydalanib aniqlash mumkin. Tok chastotasi kamayganda kondensatorning o’tkazish hususiyati pasayadi, uning sig’im qarshiligi esa, ortadi. SHuning uchun, etarli past chastotada (f ~ 0), terining tashqi qatlamining to’liq qarshiligi tahminan faol qarshilikka (Rn) teng deb qabul qilish mumkin.





Yuqoridagi aytilganlarga asosan tanani doimiy tokka qarshiligi quyidagiga teng:





unda





Bunda Z(0) – tanani doimiy tokka to’liq qarshiligi, kOm.
Z(0)- aniqlash uchun ekstropolyatsiya usulidan foydalaniladi. Dlya etogo v lineynom masshtabe pryamougolnix koordinat i po izmerennim dannim stroitsya grafik zavisimosti polnix soprotivleniy tela ot chastoti toka v diapazone. Buning uchun, to’g’ri burchakli koordinataning Z= (f) chiziqli masshtabi va o’lchangan ma’lumotlarga asosan, f =40 – 100 Gts diapazondagi tok chastotalariga tananing to’liq qarshilikka bog’liqlik grafigi tuziladi. Undan so’ng, ko’rinishning to’g’ri chizig’i yordamida, olingan grafik Z =  (f)approksimatsiyasi amalga oshiriladi. f=0 bo’lganda Z =Z(0) (1.2-rasm).

1.2.-rasm. 40-100 Gts diapazonda inson tanasining qarshilikka bog’liqlik grafigi.
Tok chastotasi ortishi bilan inson tanasi qarshiligi sig’im tuzilishi hisobiga kamayadi va 10-20kGts da terining tashqi qatlami elektr tokiga qarshilik ko’rsatmaydi deb hisoblash mumkin. Unda inson tanasini to’liq qarshiligi ichkiga teng bo’ladi (2-tenglamaga qarang)





2. Laboratoriya stendini tasvirlash
2.1.-rasmda virtual laboratoriya stendi ko’rinishi tasvirlangan



2.1-rasm Virtual stendning umumiy ko’rinishi.





Download 295.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling