8-11 sinflar o’rtasida “Teng-tengga” zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi


Suhbatdoshingizning maqsadini tushuning


Download 55.83 Kb.
bet11/13
Sana07.03.2023
Hajmi55.83 Kb.
#1248158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
“Teng-tengga” 1-2-4

Suhbatdoshingizning maqsadini tushuning. Bilib oling, ko‘pincha suhbatdoshingizning maqsadi – Sizdan nimadir olish yoki Sizning fikringizni o‘zgartirish yoki Sizni nimadir qilishga undashdan iborat bo‘ladi. Bu holatda xatti-harakatlar suhbatdoshingizga eng yaxshi javob vazifasini o‘taydi.

  • Salbiy odatlar tinglash jarayonini qiyinlashtiradi. O‘zingizning tinglash bilan bog‘liq odatlaringizni, kuchli va kuchsiz tomonlaringizni, yo‘l qo‘yadigan xatolaringizni aniqlashga harakat qiling. Insonlar haqida juda tez hukm chiqarmaysizmi? Gapirayotgan odamning tashqi ko‘rinishi va nutqidagi kamchiliklarga urg‘u bermaysizmi? Odamga qaramasdan, uni tinglash odatingiz yo‘qmi? Suhbatdoshingizning gapini tez-tez bo‘lib turasizmi? Miyangiz tashvishlar bilan band bo‘lganida, yasama, yolg‘ondakam diqqat-e’tibor ko‘rsatmaysizmi? Hali oxiriga yetmagan hikoya asosida shoshilinch baho va xulosalar chiqarmaysizmi?

    Muloqot jarayonining qanday kechishi va qancha davom etishi Siz suhbatdoshingizni qanchalik qiziqtira olganingizga, u Sizning yoningizda o‘zini qanchalik qulay his qilishiga bog‘liq. Muloqot ikki tomonlama bo‘lishini hamda suhbatdoshingizda yaxshi taassurot qoldirishni istasizgiz, nafaqat uni tinglash va eshitish zarur, balki suhbatdoshingizga u bilan muloqot qiziqarli va yoqimli bo‘layotganini tushunib yetish imkonini berish kerak.
    Amaliy qismi

    Buzilgan telefon” rolli o‘yini.


    Avvalgi mashqlarga yakun yasagan holda trener samarali muloqot o‘rnatishda noverbal muloqot ko‘nikmalari hamda faol tinglashning muhimligi haqida yana bir karra gapiradi. Shuningdek, muloqot axborot ayriboshlash jarayonini nazarda tutishini ham yodda tutish lozim. Axborotni uzatishning nozik jihatlarini muhokama qilish uchun “Buzilgan telefon” o‘yinini o‘tkazish taklif etiladi.
    Trener 3 ta ko‘ngillining xonadan chiqib turishini iltimos qiladi. Shundan so‘ng xonada qolgan ishtirokchilarga trener tasvirni (jurnaldan fotosurat ham bo‘lishi mumkin) ko‘rsatadi. Tasvirda mayda detallarning ko‘p bo‘lishi muhim sizaladi. Masalan: ko‘l, qayiqlarda sayr qilayotgan insonlar, ko‘lning u qirg‘og‘idan bu qirg‘og‘igacha yastanib turgan chiroyli ko‘prik, yashil bog‘ va hokazo. Barcha ishtirokchilar tasvirni ko‘rganlaridan so‘ng trener ulardan biriga xonaga qaytib kirgan birinchi ko‘ngilliga tasvirda ko‘rgan narsasi haqida ikkinchi ko‘ngilliga gapirib berishini iltimos qiladi. Shundan so‘ng trener ikkinchi ko‘ngillining xonaga kirishini so‘raydi va unga quyidagi topshiriqni beradi: “Sizning vazifangiz–sizga gapirib beriladigan axborotni diqqat bilan tinglash va imkon qadar ko‘proq axborotni xotirada saqlab qolishdan iborat. Siz kelgusi ishtirokchiga bu yerda eshitganlaringizni eng yuqori darajadagi aniqlik bilan aytib berishingiz kerak”. Qolgan ishtirokchilar ro‘y berayotgan voqealarni sharhlamasliklari lozim.
    So‘ngra navbatdagi ko‘ngilli chaqiriladi va ikkinchi ko‘ngilli unga o‘z yodida qolgan barcha ma’lumotlarni aytadi va hokazo, bu jarayon navbatma-navbat, to oxirgi ko‘ngilliga gal kelgunicha davom etadi. Xonaga oxirgi kirgan inson ta’rifu-tavsiflarni tinglaydi va auditoriyada yodida qolgan narsizi aytib beradi. Mashqqa yakun yasar ekan, trener ishtirokchilardan so‘raydi: “Olingan ma’lumotlarni imkon qadar aniq yetkazish uchun ko‘ngillilarga nima yordam berishi mumkin edi?” Javoblarning taxminiy variantlari:

    • yon daftardagi qaydlar.

    • aniqlashtiruvchi savollar.

    • assotsiativ (fikrlarning bir-birini eslatadigan o‘zaro bog‘lanishi asosida) yod olish.


    Download 55.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling