8-9 sinf o’quvchilari bilan “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida davra suxbati ma’ruzasi


Download 13.54 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi13.54 Kb.
#1239907
Bog'liq
mening kasbim faxrim davra suxbati


8-9 sinf o’quvchilari bilan “Mening kelajakdagi kasbim”
mavzusida davra suxbati
MA’RUZASI
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya jarayoniga kompleks yondoshish, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligini ta’minlaydi.
Umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish, o‘quvchilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishga, ijtimoiy hayotdagi kasbiy olamga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini mavjudligi, ma’naviy ruhiy salohiyatini oshirishga, shuningdek, aqliy salohiyatini rivojlantirishga, ta’lim talablariga mutanosib rivojlanishiga olib keladi.
Yoshlik davrida tashqi dunyoni sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga keladi va sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, fikrlash kabi bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyatlari va xolati, diqqati, his-tuyg‘usi va xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlari o‘z ifodasini topishi tufayli, bu davrda o‘quvchilarga kasblar olami va ularning tasniflari, hayotda tutgan o‘rni haqida tushunchalarni singdirib borishga erishiladi.
O‘quvchi har-xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatlarda tarkib topib borishi tufayli “Kasblar oyligi” hamda “Kasblar haftaligi”da respublikamizda mavjud kasblar va tayyorlov yo‘nalishlari haqida tushunchalarni berish, o‘quvchilarni kasb-hunar tanlashlari uchun etarli sharoitlar bilan tanishtirishga erishiladi.
Umumta’lim maktablarida o‘quv yili davomida 9-sinf bitiruvchilari o‘rtasida qaysi akademik litsey tanlashlari uchun o‘tkaziladigan “So‘rovnoma”larda o‘zlari tanlagan va sevgan kasblari haqida to‘liq tushunchalarga ega bo‘ladilar.

Tuzuvchi: D.Ismoilova
Download 13.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling