8-Amaliy mashg’ulot (2-soat) Mavzu. Moliyaviy natijalar to’grisidagi hisobot taxlili Uslubiy ko’rsatmalar Darsning o’quv maqsadi


Tahlilning maqsadi nimadan iborat?


Download 28.67 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi28.67 Kb.
#1157675
1   2   3
Bog'liq
11-мавзу

Tahlilning maqsadi nimadan iborat? Tahlilning maqsadi,foyda ko’rsatkichlari dinamikasini chuqur o’rganish va omilli tahlil qilish asosida ularni ya’nada ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Tahlilning asosiy vazifalari:
1.Yalpi foyda(zarar)ni hisoblash va uning o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlab, baho berish;
2.Asosiy ishlab chiqarish faoliyati foydasi (zarari)ni aniqlash va uning o’zgarishini omilli tahlil qilib, baho berish.,
3.Umumxo’jalik faoliyati foydasi (zarari)ni aniqlash va o’zgarishini omilli tahlil qilib, baho berish;
4.Sof foyda o’zgarishini aniqlash va omillar ta’siriga baho berish;
5.foydalarni ko’paytirish imkoniyatlarini ko’rsatish.
Moliyaviy natijalar 5-ta turga bo’linib hisobga olib boriladi, tarlil qilinadi.
1.Mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foyda. Yalpi foydani aniqlash uchun mahsulotlarni sotishdan olingan sof pul tushumidan (SPT) sotilgan mahsulotlarning tannarxini (TN) chegirib tashlash kerak: YFqSPT-TN
2.Xo’jalikning asosiy faoliyati foydasi. Mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foydadan (YF) davr xarajatlari (DX) bilan asosiy faoliyatning boshqa xarajatlarini (BX) ayirish va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini (BD) qo’shish orqali asosiy faoliyatning foydasi (AFF) aniqlanadi: AFFqYF-DX-BXQBD
3. Xo’jalikning umumxo’jalik faoliyat foydasi. Bu foydani aniqlash uchun asosiy faoliyat foydasiga (AFF) moliyaviy faoliyat daromadlarini (MFD) qo’shib, moliyaviy faoliyat xarajatlarni (MFX) ayirib tashlash kerak:UXFqAFFQMFD-MFX
4.Soliq to’langunga qadar bo’lgan foyda (STF).Bu foyda umumxo’jalik faoliyati foydasiga (UXF) favqulotda yuzaga kelgan foydani (FF) qo’shish va favqulotda yuzaga kelgan zararni (FZ) chegirib tashlash orqali aniqlanadi: STFqUXFQFF-FZ
5.Hisobot davri sof foydasi Sof foydani (SF) aniqlash uchun soliq to’langunga qadar bo’lgan foydadan (STF) daromad (foyda) solig’ini (DS) hamda foydadan to’lanadigan boshqa soliq va yig’imlarni (BS) chegirib tashlash kerak:SFqSTF-DS-BS
Hisobot yilida har bir mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani bazis yilida olingan foydaga yoki rejadagi yalpi foyda summasiga solishtirib, uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi: 
Bunda, q1,q0 – mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan mahsulot miqdori;
p1, p0 –mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan 1 s. mahsulotning bahosi.,
z1, z0 – mos holda hisobot va bazis yillarida sotilgan 1 s mahsulotning tannarxi.
Yalpi foydaning o’zgarishiga bevosita quyidagi uch omil ta’sir qiladi.Omillar ta’sirini Farqlash usulidan foydalanib, aniqlash tartibiga to’xtaldik.

Download 28.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling