8.5. O`zbekiston Respublikasida soliq siyosati va soliq islohotlarining asosiy yo`nalishlari.
O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq siyosati iqtisodiyotni modernizayiya qilish va texnik qayta qurollantirishda soliqlarning rolini oshirish, ularning rag`batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish kabi yo`nalishlarda olib borilmoqda. Ushbu ma‘ruzaning beshinchi savolida ko`rganimizdek to`g`ridan-to`g`ri soliq stavkalarining pasaytirilishi, kichik biznes sub‘ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi iqtisodiyotga rag`batlantiruvchi ta‘sir ko`rsaktmoqda.
Soliq islohotlari to`g`ridan to`g`ri soliqlarning stavkalarini kamaytirish, resurs to`lovlari va mulk solig`i bo`yicha tushumllarning davlat budjetidagi ulushini oshirishga qaratilgan.
2000-2016 yillarda soliq siyosati makroiqtisodiy barqarorlik va barqaror iqtisodiy o`sishni ta‘minlash, iqtisodiyotda tuzilmaviy o`zgarishlarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va aholi moddiy turmushining muntazam yaxshilashib borishi maqsadlarini ko`zlab amalga oshirildi.
Shu yillarda davlat soliq siyosati iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tartibini soddalashtirish, soliq ma‘murchiligini takomillashtirishga yo`naltirildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investitsiyalarni va tadbirkorlik faoliyatini rag`batlntirish uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, soliq stavkalarini kamaytirish natijasida soliq bazasi kengaydi , oqibatda budjetga soliq tushumlari ko`padi, daromadlar tarkibida ijobiy siljishlar ro`y berdi.
Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo`nalishlarida soliq yukini muntazam kamaytirib borish tendensiyasi kuzatilib kelinmoqda, o`z navbatida ushbu holat 2016 yilda ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta‘sir etdi.
Масалаларни ишлаш бўйича намуналар
1-масала
Истеъмол харажатлари 350 ш.б.ни, режалаштирилган инвестициялар 100 ш.б.ни, давлат харажатлари 150 ш.б.ни ташкил этади. Инвестициялар 10 ш.б.ка кўпайди. Даромаднинг янги мувозанатли даражаси 640ни ташкил қилди. Истеъмолга ва жамғаришга ўртача мойилликни топинг.
Do'stlaringiz bilan baham: |