8-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Termoparalar va qarshilik termometrlarining konstruktiv parametrlarini hisoblash
Download 121.8 Kb.
|
8-amaliy mashgulot(1)
Qarshilik termometrlari. Temperaturani qarshilik termometrlari bilan oʼlchash temperatura oʼzgarishi bilan elektr oʼtkazgich hamda yarim oʼtkazgichlar elektr qarshiligining oʼzgarish xususiyatiga asoslangan. Demak, oʼtkazgich yoki yarim oʼtkazgichning elektr qarshiligi uning temperaturasi funktsiyasidan iborat, yaʼni
R = f(t). By funktsiyaning koʼrinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bogʼliq. Qarshilik termometrlarini tayyorlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qoʼllaniladi: 1. Oʼlchanayotgan muhitda metall oksidlanmasligi va ximiyaviy tarkibi oʼzgarmasligi kerak. 2. Metallning temperatura qarshilik koeffitsienti yetarli darajada katta va barqarorlashgan boʼlishi lozim. 3. Qarshilik temperatura oʼzgarishi bilan toʼgʼri yoki ravon egri chiziq boʼyicha keskin chetga chiqishlarsiz va gisterezis holatlarisiz oʼzgarishi kerak. 4. Solishtirma elektr qarshilik deyarli katta boʼlishi kerak. Maьlum temperaturalar oraligʼida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikelь, temir, volьfram kabi metallar javob beradi. Temperatura o‘zgarishi bilan elektr qarshiligining o‘zgarishini xarakterlovchi parametr elektr qarshilikning temperatura koeffitsienti deyiladi. bunda R0 va Rt — 0 va t°S temperaturadagi qarshilik. Temperatura koeffitsienti oS-1 yoki K-1 larda ifodalanadi. Hozir qarshilik termometrlarini tayerlash uchun mis, platina, nikel va temirdan foydalaniladi. Bu termometrlar termoelement (sezgir element) va tashqi (himoya) armaturadan tuzilgan.Metall qarshilik termometrlarining sezgir elementi, odatda, shisha, kvars, keramika, slyuda yoki plastmassadan kilingan karkasga o‘ralgan sim yoki lentadan iborat. 3-rasm. Mis qarshilik termometrining sezgir elementi. Sezgir element 1 izolyatsiya qilingan 0,08 mm diametrli simdan induktivliksiz karkassiz o‘ramga ega bo‘lgan holda yasaladi. Alohida qavatlari lak bilan mahkamlanadi va so‘ngra barcha sezgir element ftorplastli plyonka 2 bilan qoplanadi. Sezgir element yupqa devorli himoya metalli kobiqqa joylashtiriladi, unga keramik kukun sepiladi va germetizatsiyalanadi. Sim uchlari 3 quloqchalarga kavsharlanadi, ular termometr uchi qisqichlariga ulanadi. Platina termometrlarning sezgir elementi ikkita yoki to‘rtta keramik karkas 1 ning kapillyar kanallarida joylashgan ketma-ket ulangan spirallar 2 dan tashkil topgan. Karkas kanallari keramik kukun 3 bilan to‘ldiriladi,bu poroshok izolyator bo‘lib xizmat qiladi va spiralning prujinaga o‘xshash egiluvchanligini ta’minlaydi. Spiral uchlariga platinali yoki iridiy rodiyli (60% rodiyli) simdan qilingan quloqchalar 4 kavsharlangan. Keramik karkasda sezgir element maxsus glazur (yoki termosement) 5 bilan germetizatsiyalanadi. Download 121.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling