8-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Termoparalar va qarshilik termometrlarining konstruktiv parametrlarini hisoblash


Masalalarni ishlash bo‘yicha namunalar


Download 121.8 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi121.8 Kb.
#1470678
1   2   3   4
Bog'liq
8-amaliy mashgulot(1)

Masalalarni ishlash bo‘yicha namunalar.
Masala 1. TХK tipdagi tеrmоelеktrik tеrmоmеtrning tеrmо e.yu.ki ishchi uchidagi harоrat o’zgargan, ammо ishchi uchi va erkin uchlarining harоratini farqi saqlanib qоlganda o’zgaradimi? Masalan, E (300, 50°S) va E (600, 350°S) bo‘lganda?
Javob: Tеrmоelеktrik tеrmоmеtrning ishchi va erkin uchlarining tеmpеraturalari farqi bir hilda bo’lsa va tеrmоmеtrning хaraktеristikasi chiziqli bo’lsa tеrmоelеktrik tеrmоmеtr hosil qilayotgan tеrmо e.yu.k. bir хil bo’lishi mumkin.

Agarda TХK tipidagi tеrmоelеktrik tеrmоmеtr хaraktеristikasi nochiziqli bo’lsa tеrmо e.yu.k. ham turlicha bo’ladi buni [2, 11] jadvallari yoki yuqoridagi rasm оrqali оsоnlikcha tushuntirish mumkin(ilovalarni kitobdan olasizlar →Н. Д. Кузнецов, В. С. Чистяков “СБОРНИК ЗАДАЧ И ВОПРОСОВ ПО ТЕПЛОТЕХНИЧЕСКИМ
ИЗМЕРЕНИЯМ И ПРИБОРАМ”).

Masala 2. Quyidagi rasmda mis plastina sirtining haroratini o‘lchash sxemasi berilgan. (a) holatda termoelektrik termometr elektrodlari birga payvandlangan, so‘ngra plastinaga payvandlangan, (v) holatida har bir elektrod plastinaga alohida payvandlangan va elektrodlar o‘rtasida bevosita kontakt yo‘q. Misni issiqlik o‘tkazuvchanligining katta ekanligini hisobga olib va plastinani atrof muxit bilan yomon issiqlik almashinuvini nazarda tutib, mis plastinasining unga termoelektrodlar ulangan barcha nuqtalarida harorati bir hil deb hisoblash mumkin.

Erkin uchlarining harorati bir hil bo‘lganda har ikkala termometrning termo e.yu.ki bir hil bo‘ladimi?


Javob: Har ikkala termometr hosil qiladigan e.yu.ki bir hil bo‘ladi. Termoelektrik termometrlarining teoriyasining asosiy xolatlaridan ma’lumki, termometr zanjiriga uchinchi o‘tkazgichning ulanishi termo e.yu.ki ni o‘zgartirmaydi, agarda bu o‘tkazgich ulanadigan joyning temperaturasi bir hil bo‘lsa.
Masala 3. Termoelektrik termometrning 2-5 rasmda tasvirlangan o‘lchov zanjiri uchun ishchi uchining temperaturasini aniqlang. ti = tz = 70°S, t0 =28°C, tn=18°S ligi ma’lum. Laboratoriya potensiometrining xulosasiga ko‘ra termo e.yu.k. TXA tipli termometr uchun E=23,52 mV ga teng
Javob: Termoelektrodli uzaytiruvchi simlar (2-5r) termoelektrik termometr erkin uchlarini zanjirda parazit termo e.yu.k. xosil qilmasdan chiqarish uchun xizmat qiladi (bunga zarur bo‘lgan shart har ikki termoelektrodlarni termoelektrodli uzaytiruvchi simlarga ulanadigan joylardagi temperaturaning tengligi hisoblanadi). Agar termometr potensiometrga faqat mis simlar yordamida ulangan bo‘lsa, unda erkin uchlari temperaturasi t1 = 70° S bo‘lar edi. Berilgan sxemada erkin uchlar termoelektrod simlar bilan t0 =28° S nuqtaga chiqarilgan. Mis simlarni uchinchi sim sifatida ko‘rib chiqish mumkin, u, termoelektrodli uzaytiruvchi simlar bilan ulangan joylardagi temperatura bir hil bo‘lsa, zanjirda xarakatlanayotgan termo e.yu.k ni o‘zgartirmaydi. IP o‘lchov asbobi xulosalari temperaturasidagi farqlar hisobiga xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin. Biroq qoidaga ko‘ra, buni e’tiborga olmaslik mumkin va bundan kelib chiqadiki, termo e.yu.k. o‘zgarmaydi. Shunday qilib:

bu yerda t=593,5° S.



Download 121.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling