8-Amaliy mashg’ulot: Mavzu: To’g’ri chiziq va tekislikning parallelligi. Ikki tekislikning o’zaro parallelligi. Ikki tekislikning kesishuvi. Ishdan maqsad


-masala. ABC va DEF umumiy vaziyatdagi tekisliklarning kesishish chizig’ini qurilsin. Echish


Download 150.08 Kb.
bet3/4
Sana21.12.2021
Hajmi150.08 Kb.
#182201
1   2   3   4
Bog'liq
8-Amaliu mashguloy - Nusxa ko‘chirmoq (7)

5-masala. ABC va DEF umumiy vaziyatdagi tekisliklarning kesishish chizig’ini qurilsin.
Echish:

Bunda to’g’ri chiziqni umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishish usulidan foydalanamiz, ya’ni to’g’ri chiziq sifatida DEF uchburchakni ikkita DE va FE tomonlarini qabul qilamiz va ularni ABC uchburchak tekislik bilan kesishish nuqtasini aniqlaymiz.

DEF uchburchakni DE tomonini ABC uchburchak bilan kesishish nuqtasini topish uchun DE orqali R frontal proektsiyalovchi tekislik (R2 iz ko’rsatilagan) o’tkazamiz. Bu tekislik ABC uchburchakni 1 (1222, 1121) chiziq bo’yicha kesib o’tadi. D1E1 tomonini gorizontal proektsiyasi va kesishish 1121 chizig’i gorizontal proektsiyasida DE tomoni bilan ABC uchburchakning kesishish K1 nuqtasi yotadi.

K2 nuqtaning frontal proektsiyasi bog’lovchi chiziq yordamida topiladi. DEF uchburchakning EF (E1F1, E2F2) tomonlari bilan berilgan uchburchak ABC tekislikning kesishish nuqtasi yuqoridagi kabi aniqlanadi. Buning uchun EF orqali P (P2) frontal proektsiyalovchi tekislik o’tkaziladi.

Uchburchakning ko’rinadigan qismlari 5- shaklda ko’rsatilgan namuna kabi aniqlanadi.

Uchburchakni H gorizontal proektsiyalar tekisligiga nisbatan ko’rinadigan qismini aniqlash uchburchakning AB (A1B1, A2B2) va DE (D1E1, D2E2) tomonlarida yotuvchi konkurent 5 (51,52) va 6 (61,62) nuqtalar yordamida aniqlangan. 5 (51, 52) nuqta ABC uchburchakni AB (A1B1, A2B2) tomonlariga tegishli, 6 (61, 62) nuqta esa DEF uchburchakning DE (D1E1, D2E2) tomoniga tegishli bo’ladi. Bu nuqtalarning gorizontal proektsiyalari ustma –ust tushadi (51≡61), ya’ni A1B1 va D1E1 tomonlarning gorizontal proektsiyalarining kesishish nuqtasida yotadi. A2B2 ga tegishli 52 nuqtaning frontal proektsiyasi D2E2 tomonga tegishli 62 nuqtaning frontal proektsiyasidan yuqorida joylashgan. Shundan kelib chiqadiki, H gorizontal proektsiyalar tekisligida A1B1 ning gorizontal proektsiyasi ko’rinadi.



V frontal proektsiyalar tekisligiga nisbatan ko’rinadigan qismi konkurent 4 (41, 42) va 7 (71, 72) nuqtalar yordamida aniqlanadi. H gorizontal proektsiyalar tekisligida EF (E1F1, E2F2) tomonga tegishli 7 nuqtaning 71 gorizontal proektsiyasi V frontal proektsiyalar tekisligadan uzoqda joylashgan, ya’ni BC (B1C1, B2C2) tomonga tegishli 4 nuqtaning 41 gorizontal proektsiyasiga qaraganda bizga yaqin joylashgan. V frontal proektsiyalar tekisligida EF tomoning E2F2 frontal proektsiyasining E2L2 qismida ko’rinadi.

5- shakl


Download 150.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling