8-amaliy mashg‘ulot: Qizil dengiz rift sistemasi
Download 12.29 Kb.
|
8-амалий машгулот 2-с
8-amaliy mashg‘ulot: Qizil dengiz rift sistemasi Bu sistemaning shakllanishi Afrika va Somali hamda Arabiston litosfera plitalari oralig'idagi oligosen vaqtida hosil bo'lgan riftlar geostrukturalari bilan bog'liq. Bu geostrukturalar yig'indisi adabiyotlarda “Sharqiy Afrika riftlar kamari” deb ataladi. U meridional yo'nalishida shimolda Arabiston janubda Mozambikkacha 5000 km masofaga cho'zilgan. Rift sistemasi tokembriy platformasi asosida vujudga kelib, neotektonik xarakatlar davomida (ba'zilari undan avval) shakllangan. Rift sistemasi 3 ta zvenodan, ular esa bir necha bo'laklarvdan iborat. Shimoliy zveno Suvaysh bo'g'ozi va Qizil dengiz grabenlarini biriktirgan. Uning asosiy tektonik xossasi surilma-uzilma-surilmali deformasiyalarning va “graben graben ichida” strukturalarining mavjudligida. Markaziy zveno ikkita rift zonasidan iborat va ularning shakllanishi to'la ravishda kuchli vulqonlanish faoliyati bilan bog'liq (shuning uchun neftgazlilik potesiali quyida qo'rilmagan). Janubiy eveno tarkibida Tanganiki va rukva-Nyass alohida yo'nalishli hamda turli riftogenez vaqtli zonalar ajratiladi. Qizil dengiz rifti Afrika va Arabiston litosfera plitalari oralig'ida ajratilib, geodinamik nuqtai nazardan protookean ko'rinishiga ega. Rift Suvaysh ko'rfazi va Qizil dengiz akvatoriflaridagi geostrukturalarni o'z ichiga oladi. Suvaysh bo'g'ozidagi regional geostruktura g'arbdagi Nubiy massivi bilan sharqdagi Arabiston massivlari oralig'ida joylashgan. Bu oblast geostrukturasi Suvaysh botig'i-grabenining geologik va tektonik rivojlanish tarixi bilan bog'liq. Graben assimetrik shaklga ega bo'lib, uning shimoliy chekka qismi g'arbiy va sharqiy chekkasivga qaraganda ancha tik, o'lchami 325 x 75 km. Qizildengiz riftining geostrukturasi Misr, Sudan, Efioniya, Jibuti, Yaman Respublikasi va Saudiya Arabistonning qirg'oqoldi va akvatoriya qismiga joylashgan. Tektonik jihatdan maydoni asimmetrik tuzilgan Qizil dengiz riftining Suvaysh qismiga to'g'ri keladi. Uning shimoliy qismida g'arbiy borti keskin ko'rinishga ega, janubiy qismida esa sharqiy borti, markaziy vulkanli jarayonlar faolligi bilan xarakterli. Suvaysh ko'rfazi cho'kindi qoplamida uchta strukturaviy qavat ajaratiladi. Ostki qavat-devon-ostki karbon qumtosh va alevilitlaridan iborat bo'lib, qalinligi 800 metr, o'rta qavat-2 km qalinlikdagi bo'r-paleogen davri qumtosh, miosen-pliosen davri gil, qum va ohaktoshlaridan tashkil topgan. Qizildengiz grabeni asosan 5 km qalinlikdagi miosen davri ohaktosh-gil-tuz qatlamidan tarkib topgan. Bo'r davrining kontinental yotqiziqlari juda kam tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Rift vodiysi geodinamik qo'rinishida Tanganika va Rukva-Nyass potensial neftgazli provisiyalarining regional geostrukturalari shakllangan. Ularning potensial neftgazliligi asosan kaynozoy stratigrafik diapozoniga mansub. Protookean geodinamik ko'rinishida Qizildengiz neftgaz provinsiyasining regional geostrukturalari shakllangan. Uning mahsuldorlik stratigrafik diapazoni paleozoy-mezozoy-kaynozoy geologik kesimni qamrab olgan. Download 12.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling