Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti
Download 56.76 Kb.
|
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti Geografiya yonalishi 102-guruh talabasi Kamolidinov Muhammad Alining Umumiy tabiy Geografiyasi fanidan tayorlagan Mustaqil ishi TOG‘ HOSIL BO‘LISH BOSQICHLARI Reja:
1. Tog‘ hosil bo‘lish bosqichlari 2. Yer yuzining relyefi 3. Gipsografik egri chiziq 4. Quruqlik yuzasidagi asosiy relyef shakllari Tayanch iboralar: burmalanisli, bosqich, rift zona, baykal, kaledon, gersin, mezozoy, alp, relyef, geotektura, tog4, tekislik, gipsometrik bosqich. Tog‘ hosil bo‘lish bosqichlari Yer po‘sti tuzilishining yana bir xususiyatlaridan biri kontinental riftlardir. Ular geosinklinallarga o‘xshab harakatchan bo‘ladi, seysmiklik va vulkanizm yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi, uzoq masofalarga cho‘zilgan va tor boiadi. Ikkalasini ham vujudga kelishi Yer po‘stinmg gorizontal kengayishi natijasida vujudga keladi. Ammo, Yer po‘stining tuzilishi nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, geosinklinallar va rift zonalari tamoman bir-biriga qarama-qarshi tuzilmalardir. Geosinklinallarda cho‘kishdan so’ng qalin yotqiziqlarning hosil bo‘lishi, keyin burmalanish natijasida tog‘laming vujudga kelishi va ularni yemirilishi natijasida platformalaming vujudga kelishi sodir bo‘ladi. Ammo rift zonalarida bunday jarayonlar kuzatilmaydi. Rift zonalarida mantiyaning yuqori qismida moddalaming ko‘tarilma harakatlari ta’sirida Yer po‘stini ko‘taradi, parchalaydi va qisman qayta ishlaydi. Rift zonasining markaziy o‘qi bo‘lib tor tektonik botiq - graben hisoblanadi. Rift zonasi rivojlanib ketgan taqdirda mazkur zona kengayadi (ochiladi), kontinental rift, kontinentlararo (Qizil dengiz, Adan va Kaliforniya qo‘ Itiqlari) va keyinchalik, continental riftga aylanadi. Materiklardagi rift zonalari - bu materik yer po‘stini yemirilishi va uni okean yer po‘stiga aylanishidir. Download 56.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling