Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti


Mezozoy burmalanishi. Ikki qismdan iborat: kimmeriy va laramiy burmalanish bosqichlari


Download 56.76 Kb.
bet4/8
Sana20.12.2022
Hajmi56.76 Kb.
#1038735
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi

Mezozoy burmalanishi. Ikki qismdan iborat: kimmeriy va laramiy burmalanish bosqichlari.

Kimmeriy (Qora dengiz bo'yidagi qabila nomi) burmalanishi mezozoy erasining boshi va o‘rtalarida sodir bo‘lgan. Mazkur bosqichga burmali va ko‘tarilmali harakatlar va magmatizm jarayonlari xos bo‘lgan. Qadimgi kimmeriy burmalanish bosqichi triasning oxiri va yura davrining boshlarida sodir boMgan. Mazkur bosqichda Verxoyansk-Kolima tog‘li o‘lkasi, Shimoliy Amerikada Kordilyera tog‘larining katta qismi ko‘tarilgan.

Laramiy bosqichi (AQSHdagi Laramiy daryosi nomidan olingan). Bo‘r davrining oxiri va paleogen davrining boshlarida sodir bo‘lgan. Mazkur burmalanish bosqichida Shimoliy Amerikadagi Qoyali tog‘lar, Uzoq Sharqdagi Sixote-Alin, Saxalin tog‘lari ko‘tarilgan. Tibetda va Malakka yarimorolida ham sodir bo‘lgan.

Alp burmalanish bosqichi kaynozoy erasida sodir boTgan. Ushbu burmalanish bosqichi ro‘y bergan Alp tog‘lari nomi bilan atalgan. Alp burmalanishi natijasida hozirgi mavjud ko‘p tog‘ tizmalari ko‘tarilgan. Ular ikkita tog‘ mintaqasini hosil qilgan (Alp-Himolay va Tinch okean). Alp-Himolay mintaqasi: Pireney, Andalusiya, Atlas, Apennin, Alp, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindukush, Himolay tog’lari; Tinch okean mintaqasi: Koryak, Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, And tog‘lari, Aleut orollari va h.k.

Bundan 40 million yil ilgari tog‘ hosil bo‘lish jarayoni juda faol boTgan. Masalan, Tibet tog‘ligi 10 mln yil ichida 2000 m dan 4000 m gacha ko‘tarilgan. Bu davr mobaynida Shimoliy Amerikadagi Syerra- Nevada tog‘i ko‘tarilgan. Bu jarayon hozir ham davom etmoqda.


Yer yuzasining relyefi
Burmalanish bosqichlari davomida Yer yuzasidagi asosiy relyef shakllari (tog‘ va tekislik) hosil bolgan. Yer yuzasidagi notekisliklarga relyef deb ataladi. Yer yuzasi relyefi uchta yirik guruhga bolinadi: geotektura, morfostruktura va morfoskulptura.
Geotektura - Yer po‘stidagi yirik relyef shakllaridir. Geotektura faqat Yeming ichki kuchlari ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi. Ulargamaterikko‘tarilmalari va okean botiqlari kiradi. Geosinklinallar va platformaiar esa ikkinchi darajali geotekturalar hisoblanadi.
Morfostrukturaiarga yirik sayyoraviy relyef shakllari kiradi. Ulami hosil boMishida Yeming ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari ham qatnashadi. Bunday relyef shakllari ga yirik tog’ tizmalari va tekisliklar kiradi. Masalan, Kordilyera tog‘lari, Buyuk tekisliklar, Sharqiy Yevropa tekisligi, Turon pasttekisligi, Sharqiy Avgtraliya tog‘lari va h.k.
Morfoskulpturalar asosan tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Ularga daryo vodiylari, allyuvial tekisliklar, muz relyef shakllari, shamol ta’sirida hosil bo‘lgan relyef shakllari, suv eroziyasi natijasida hosil bo‘lgan relyef shakllari kiradi. Masalan, jarlar, qirg‘oqlar, barxanlar, daryo vodiylari va h.k.

Download 56.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling