Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti


Download 56.76 Kb.
bet2/8
Sana20.12.2022
Hajmi56.76 Kb.
#1038735
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi

Rift jarayoni hozirgi paytda Yer po‘stining rivojlanishidagi eng muhim jarayonlardan biri hisoblanmoqda, ular o‘z ahamiyati jihatidan geosinklinal jarayon bilan tenglashadi.
Yer po‘sti tuzilishida muhim ahamiyatga ega boigan riftlar ham platformalarga o‘xshab turlicha yoshga ega. Rifey davridan kaynazoy davrigaeha rivojlangan riftlar avlakogenlar (yunoncha aulak-ariq, genes-hosil bolish) deb ataladi.
Hozirgi yirik harakatchan avlakogen (platformadagi serharakat yer) laming hosil boiishi kaynozoyda boshlangan. Ularga Sharqiy Afrika rift zonasi va boshqalar kiradi. Sharqiy Afrika rift zonasi 3000 km ga cho‘zilgan va uning hududida qator so‘ngan va harakatdagi vulqonar mavjud. Ulardan Kilimanjaro vulqoni (5895 m) Afrikaning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Yer po‘stining rivojlanishida va yer yuzasi relyefini hosil bolishida tog‘ hosil bolish yoki burmalanish bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yer po‘sti rivojlanishi tar ixida quyidagi burmalanish bosqichlari ajratiladi: baykal, kaledon, gersin, mezozoy (kimmeriy va laramiy), alp
Baykal tog’ burmalanishi bosqichi proterozoy erasining oxiri va kembriy davrining boshida ro‘y bergan. Mazkur burmalanish bosqichida Baykalbo‘yi, Baykalorti tog‘ tizmalari, Sayan toglari, Braziliya yassi togligi, Koreya yarimorolidagi ba’zi toglar, Janubiy Afrikadagi toglar kolarilgan. Mazkur burmalanish jarayonida barcha qadimgi platformaiar shakllangan.
Kaledon burmalanish bosqichi paleozoy erasining birinchi yarmida (kembriy, ordovik, silur) sodir boigan. Asosan ilk paleozoy bilan o‘rta paoleozoy o‘rtasida ro‘y bergan. Burmalar, toglar paydo boigan va magma otilib chiqqan. Ikkiga bolinadi: erta kaledon burmalanish bosqichi - ordovikning oxiri, silurning boshlarida ro‘y bergan; kech kaledon burmalanish bosqichi - silurning oxiri va devon davrining boshlarida sodir boigan. Mazkur burmalanish bosqichida Grenlandiya, Britaniya orollari, Skandinaviya, Qozogiston past toglarining g‘arbiy qismi, Shimoliy Tyanshan, Oltoy, G ‘arbiy Sayan, Shimoliy M o‘g‘uliston, Janubi-sharqiy Xitoy toglari paydo boigan.


Download 56.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling