Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti


Platforma tekisliklari paydo bo‘lishiga ko‘ra qatlamli, akkumul- yativ va denudatsion tekisliklarga bo‘linadi


Download 56.76 Kb.
bet8/8
Sana20.12.2022
Hajmi56.76 Kb.
#1038735
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi

Platforma tekisliklari paydo bo‘lishiga ko‘ra qatlamli, akkumul- yativ va denudatsion tekisliklarga bo‘linadi.
Qatlamli tekisliklar. Qatlamli tekisliklar har bir materikning platformadan iborat katta-katta qismlaridir. Ular, yuqorida aytib o‘tilganidek, ikki qavatli bo‘ladi. Kembriydan oldin va paleozoy jinslaridan iborat pastki qavati plita deyiladi. Uning ustida kembriydan to neogen davrigacha paydo bo‘lgan dengiz cho‘kindi jinslari bilan kontinental jinslar deyarli gorizontal holda qatlam-qatlam bo‘lib yotadi va ikkinchi yarusni, ya’ni cho‘kindilar qoplamini hosil qiladi.
Platformalarning juda uzoq davom etgan rivojlanishi mobaynida, ulaming granit-gneysli (paleozoy platformalarida esa burmalangan) zaminida botiqlar-sineklizalar va balandliklar-anteklizalar hamda gumbazlar paydo bo‘lgan. Anteklizalar va gumbazsimon ko'tarilgan joylar relyefda qirlar ko‘rinishida namoyon bo‘lgan.
Sineklizalar o‘mida pasttekisliklarjoylashgan. Masalan, Kaspiybo‘yi, Qora dengizbo£yi va Kuma-Manch pasttekisliklarini hosil qilgan.
Qatlamli tekisliklar dengiz sathidan balandligiga qarab past, o‘rtacha balandlikdagi va baland tekisliklarga bo‘linadi. Amazonka, La-Plata, Meksikayoni tekisliklari pasttekisliklarga kiradi. Sharqiy Yevropa, Turon tekisliklari hamda Shimoliy Amerika tekisliklarining sharqiy qismi o‘rtacha balandlikdadir. 0 ‘rta Sibir platosi, Preriyalar platosi baland tekisliklarga kiradi.
Qumqlikdagi morfoskulptura relyef shakllari ekzogen kuchlar ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Morfoskulptura relyef shakllariga flyuvial (oqar suv), karst, suffoziya, surilma, glyatsial (muz), muzloq, eol (shamol) ta’sirida vujudga keladigan relyef shakllari kiradi.

Glossariy



Antiklinal (Anticline)- (yunoncha anti - qarshi va klino - og‘diraman) qavariq tomoni yuqoriga qaragan burmalangan tog‘ jinsi qatlami.
Karst (Karst) - karst hodisasi (Dinara tog‘ligining shimoli- g‘arbiy chekkasidagi Karst platosi nomidan) tog‘ jinslari (ohaktosh, dolomrt. bo'r, gips, tuz) ning suvda erishi natijasida sodir bo‘ladigan hodisa.
Relyef (Relief) - (fransuzcha “relief - ko‘taraman) yer yuzasi shakllari: tog‘lar, tekisliklar, pasttekisliklar, adirlar, yassi tog'liklar, tepaliklar, qirlar, vodiylar, botiqlar, soyliklar, jariar va boshqalar majmui.
Sinklinal (Syncline) - (yunoncha sinklit - egilaman) tog‘ jinslari qatlamlarining qabariq tomoni pastga qaragan burmasi.
Download 56.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling