Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti
Yer yuzasidagi asosiy relyef shakllari Yer po‘stining tuzilishiga mos keladi. Materiklar va okeanlar quruqlik va okean yer po‘stiga mos keladi
Download 56.76 Kb.
|
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Okean platformalariga okean tubi tekisliklari mos keladi. Georiftogenallar esa o‘rta okean togiariga mos keladi. 0 ‘rta okean togiarining umumiy uzunligi 60 ming km. ni tashkil qiladi.
Yer yuzasidagi asosiy relyef shakllari Yer po‘stining tuzilishiga mos keladi. Materiklar va okeanlar quruqlik va okean yer po‘stiga mos keladi.
Materikiarda asosan ikkita geostrukturalar ko‘zga tashlanadi. Birinchisi faol tog‘ hosil bo‘lish, yani burmalanish zonalari bo‘lsa, ikkinchisi unchalik serharakat bo‘lmagan qadimgi hududlar hisoblanadi. Ulardan birinchisi Yer po‘stining bukilishlari va vulqon jara- yonlari kabi tektonik harakatlardan yuzaga keladi. Vulqon jarayonlari (vulkanizm) magmaning Yer qa’ridan yuzasiga otilib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar majmuidir. Ko‘pgina tog‘ zanjirlari butunlay yoki qisman vulqon lavasi va kullaridan iborat. Tektonik faollik va vulqon jarayonlari birgalikda tog‘ tizmalarini shakllantiradi. Yer sharidagi burmalanish zonalari ancha tor va ko‘pincha materik chekkalarida joylashgan. Bu zonalarga Yevropadagi Alp va dunyodagi eng baland tog‘ Himolay tizmasi kabi tog‘ zanjirlarini misol qilish mumkin. Tog‘ zanjirlari bir-biri bilan tutashib ketgan va ular ikki asosiy mintaqani hosil qiladi. Yevrosiyo-Melaneziya mintaqasi Shimoliy Afrikadagi Atlas tog‘laridan boshlanib, Janubiy Yevropa orqali Turkiya, Erondan Himolayga va u yerdan Janubi-sharqiy Osiyoda Indoneziyagacha borib, Tinch okeanning g‘arbiy qismini o‘z ichiga oladi. Bu tog‘ mintaqasiga Osiyo qit’asi qirg‘oqlaridan uncha uzoq bo‘lmagan Filippin, Yapon, Kurill va Aleut kabi yoysimon orollar ham kiradi. Shimoliy va Janubiy Amerikada Kordilyera va And mintaqalari mavjud. Materiklarning platformalarida pasttekisliklar, tekisliklar, platolar va yassitog‘lar keng tarqalgan. Materiklarning suv bosgan joylarida shelf dengizlari tarqalgan. Masalan, Sharqiy Yevropa platformasida quruqlik va okean yer po‘stiga mos keladi. Germaniya-Polsha, Kaspiybo‘yi pasttekisligi shakllangan, Janubiy Amerika platformasida esa Amazoniya pastteki sligi va Braziliya у assi tog‘ligi shakllangan. Afrika platformasi esa plato va yassi togiardan iborat. Sibir platformasi 0 ‘rta Sibir yassitog‘ligiga mos keladi. Bu esa platformalaming mustahkamligini va uzoq davr mobaynida yemirilish natijasida ulaming yuzasi tekislik, plato va yassitog‘larga aylanib qolganligidan darak beradi. Materiklar relyefi balandligiga qarab botiqlar, pasttejdsiiklar, qirlar, past tog‘lar, o‘rtacha togiar, o‘rtacha baland togiar va baland togiar deb nomlanadi. Alp burmalanishi bosqichida hosil boigan togiar balandligi, kuchli parchalanganligi bilan ajralib turadi. Jahondagi eng baland togiar alp tog‘ hosil boiish bosqichida hosil boigan (Alp, Himoiay, Kavkaz, Pomir, And, Hindukush, Kordilyera). Okean platformalariga okean tubi tekisliklari mos keladi. Georiftogenallar esa o‘rta okean togiariga mos keladi. 0 ‘rta okean togiarining umumiy uzunligi 60 ming km. ni tashkil qiladi. Gipsografik egri chiziq Yer yuzasida relyefni tarqalishining asosiy qonuniyatlari gipsografik egri chiziq orqali yaqqol tasvirlandi. Gipsografik egri chiziq deb, to‘g‘ri burchakli koordinatalarda tuzilgan, Yer yuzasida turli xil balandlik va chuqurliklaming tarqalishini ko‘rsatadigan chizmaga aytiladi. Gipsografik egri chiziqning bo‘ylama o‘qida balandlik va chuqurliklar, ko‘ndalang o‘qida esa mazkur chuqurlik va balandliklarga to‘g‘ri keladigan maydon berilgan. Mazkur gipsografik egri chiziqni tahlil qilganda quyidagilar kelib chiqadi: gipsografik egri chiziqda ikkita tik qism ajralib turadi. Ularning maydoni juda kichik. Yuqori qismdagi tik qism materik (quruqlik) yer po‘stiga mos keladi uning yuqori qismi Yer yuzasidagi eng baland nuqta boMgan Jomolungma cho‘qqisiga to‘g‘ri keladi. Pastki qismdagi tik qism okean yer po‘stiga mos keladi, uning quyi qismi Yer yuzasidagi eng chuqur cho‘kma - Mariana botigMga to‘g‘ri keladi; gipsografik egri chiziqda bundan tashqari ikkita yotiq qism ham ajratiladi. Uning yuqori qismi quruqlikning o‘rtachabalandligiga (870 m), pastkisi esa okeanning o‘rtacha chuqurligiga to‘g‘ri keladi (3704 m.) Uning maydoni yer yuzasining 50% ni tashkil qiladi; bundan tashqari egri chiziqda Qiya pastlama qism ham ajralib turadi. U quruqlik yer po‘stidan okean po‘stiga o‘tiladigan o‘tkinchi yer po‘sti turiga mos keladi. Yer yuzasining 10% maydonini egallagan materik sayozligi (shelf) va materik yonbag‘ri mazkur hududda joylashgan. Quruqlik yuzasidagi asosiy relyef shakllari Download 56.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling