Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Tabiy fanlar fakulteti


Quruqlik relyefining asosiy relyef shakllari tog‘lar va tekisliklar hisoblanadi


Download 56.76 Kb.
bet6/8
Sana20.12.2022
Hajmi56.76 Kb.
#1038735
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi

Quruqlik relyefining asosiy relyef shakllari tog‘lar va tekisliklar hisoblanadi.
Tog' deb, Yer yuzasining atrofdagi tekisliklardan baland koMarilib turgan qismlariga aytiladi. TogMaming asosiy qismlari quyidagilardan iborat: yonbag'ir, cho‘qqi, tog‘ etagi, tog‘ qirrasi, dovonlar, tog‘ yoMaklari. Tog‘ni har tomondan o‘rab turgan qiya yuzaga vonbagMr deb ataladi. YonbagMrni tekislikka o‘tish qismiga tog‘ etagi deb ataladi. Tog‘ qirralarini pasaygan qismlari dovon deb ataladi, tog‘lami chuqur o'yilgan qismlari tog' yo‘laklari deb ataladi. Ikkita qarama-qarshi yonbag‘Warning kesishgan joyi tog‘ qirrasi deb ataladi. Tog‘lar balandligiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: past (1000 m gacha), o‘rtacha balandikdagi (l000-2000m) va baland (2000 m dan yuqori) tog‘lar.
Tog‘lar joylanishi, tuzilishi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: tog‘li o‘lka, tog‘ massivi, tog‘ tuguni, tog‘ zanjiri, yassi tog’, tog‘lik, burmali tog‘lar, burmali-palaxsali tog‘lar, vulqon tog‘lari.
Tog‘li o‘lkalar - Yer yuzasining atrofdagi tekisliklardan baland ko‘tarilib turgan qismi. Bir necha ming km.ga cho‘zilib ketadi.
Tog" massivlari - tog‘li o'Ikalaming alohida ajralib qolgan (tog‘ vodiylari bilan) qismi. Deyarli bir xil uzunlikka va kenglikka ega bo‘ladi (Monblan, Mongoliya va h.k).
Tog‘ tuguni - ikki va undan ortiq tizmalaming kesishgan joyi (Pomir, Arman tog‘ligi).
Tog‘zanjiri - uzun cho‘zilgan balandlik, burmalanish zonasining yo‘nalishi bo‘yicha juda katta masofaga cho‘ziladi. Har bir tog' zanjiri boshqasi bilan tog‘ vodiysi bilan ajralib turadi.
Tog‘ qirrasi - tog‘ yonbag‘irlarining kesishgan joyi.
Yassi tog‘ - nisbatan bir xil yuzaga ega bo‘lgan ulkan maydonlar. (Afrika, Braziliya, Avstraliya, Hindiston, Markaziy Osiyo va h.k).
Tog‘liklar - tog‘ tizmalari va yassi tog‘Iardan iborat boigan keng hududlar (Eron, Tibet, Katta Havza).
Burmali tog‘lar - geosinklinallar o‘mida alp burmalanishida hosil bo‘lgan, katta balandlik bilan ajralib turadigan tog‘lar.
Burmali- palaxsali - tog‘lar ularni qaytadan yoshargan tog‘lar deb atashadi. Ular dastlab ko‘tarilgandan so‘ng yeinirilib, past toqqa aylangan, so‘ngra yana qaytadan ko‘tarilgan (Tyanshan, Oltoy, Sayan, Baykalorti, Ural va h.k).
Vulqonlar turli xil tog‘ relyef shakllarini hosil qiladi. Ulardan keng tarqalganlari quyidagilar: lavali qoplamalari (trapp yuzalari) Islandiyada, Yangi Zelandiyada, Azor, Kanar va Gavayi orollarida keng tarqalgan. Hozir ular kam uchraydi ammo qadimda juda keng tarqalgan (Sibir, Kavkazorti, Hindiston yarimoroli, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Avstraliya, Antarktida). Magma cho‘kindi j ins Jar ichiga kirib borib, u yerda qotib qoiishi natijasida Yer yifzasida gumbazsimon balandliklar hosil qiladi. Lavalarni otilishi va chor atrofga oqib ketishi natijasida qalqonli vulqonlar (Gavayi, Islandiya, Sharqiy Afrika), lava va maydalangan tog‘ jinslarining otilishi natijasida qatlamsimon vulqonlar hosil bo‘ladi.

Download 56.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling