Yer uzining asosiy relyef shakllari Rеlyеf hosil qiluvchi omillar Gipsografik egri chiziq


Download 27.11 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi27.11 Kb.
#1504908
  1   2
Bog'liq
Aytimbetova G. Mustaqil ish


Mavzu: Relyef hosil qiluvchi omillar. Relyef shakllari.
Reja:

  1. Yer uzining asosiy relyef shakllari

  2. Rеlyеf hosil qiluvchi omillar

  3. Gipsografik egri chiziq.


Tayanch iboralar: relyef, geotektura, tog`, tekislik, gipsometrik bosqich, Gеotеktura, Morfostruktura


  1. Yer uzining asosiy relyef shakllari.

Burmalanish bosqichlari davomida Yer yuzasidagi asosiy relyef shakllari (tog‘ va tekislik) hosil bo`lgan. Yer yuzasidagi noteksliklarga relyef deb ataladi. Yer yuzasi relyefi uchta yirik guruhga bo`linadi: geotektura, morfostruktura va morfoskulptura.
Geotektura - Yer po‘stidagi yirik relyef shakllaridir. Geotektura faqat Yerning ichki kuchlari ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi. Ularga materik ko‘tarilmalari va okean botiqlari kiradi. Geosinklinallar va platformalar esa ikkinchi darajali geotekturalar hisoblanadi.
Morfostrukturalarga yirik sayyoraviy relyef shakllari kiradi. Ularni hosil bo‘lishida Yerning ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari ham qatnashadi. Bunday relyef shakllariga yirik tog‘ tizmalari va tekisliklar kiradi. Masalan, Kordilyera tog‘lari, Buyuk tekisliklar, Sharqiy Yevropa tekisligi, Turon pasttekisligi, Sharqiy Avstraliya tog‘lari va h.k.
Morfoskulpturalar asosan tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Ularga daryo vodiylari, allyuvial tekisliklar, muz relyef shakllari, shamol ta’sirida hosil bo‘lgan relyef shakllari, suv eroziyasi natijasida hosil bo‘lgan relyef shakllari kiradi. Masalan, jarlar, qirg‘oqlar, barxanlar, daryo vodiylari va h.k.
Yer yuzasi dagi asosiy relyef shakllari Yer po‘stining tuzilishiga mos keladi. Materiklar va okeanlar quruqlik va okean yer po‘stiga mos keladi.
Materiklarda asosan ikkita geostrukturalar ko‘zga tashlanadi. Birinchisi faol tog‘ hosil bo`lish, yani burmalanish zonalari bo‘lsa, ikkinchisi unchalik serharakat bo‘lmagan qadimgi hududlar hisoblanadi. Ulardan birinchisi Yer po‘stining bukilishlari va vulqon jarayonlari kabi tektonik harakatlardan yuzaga keladi. Vulqon jarayonlari (vulkanizm) magmaning Yer qa’ridan yuzasiga otilib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar majmuidir. Ko‘pgina tog‘ zanjirlari butunlay yoki qisman vulqon lavasi va kullaridan iborat. Tektonik faollik va vulqon jarayonlari birgalikda tog‘ tizmalarini shakllantiradi. Yer sharidagi burmalanish zonalari ancha tor va ko‘pincha materik chekkalarida joylashgan. Bu zonalarga Yevropadagi Alp va dunyodagi eng baland tog‘ Himolay tizmasi kabi tog‘ zanjirlarini misol qilish mumkin. Tog‘ zanjirlari bir-biri bilan tutashib ketgan va ular ikki asosiy mintaqani hosil qiladi. Yevrosiyo-Melaneziya mintaqasi Shimoliy Afrikadagi Atlas tog‘laridan boshlanib, Janubiy Yevropa orqali Turkiya, Erondan Himolayga va u yerdan Janubi-sharqiy Osiyoda Indoneziyagacha borib, Tinch okeanning g‘arbiy qismini o‘z ichiga oladi. Bu tog‘ mintaqasiga Osiyo qit’asi qirg‘oqlaridan uncha uzoq bo`lmagan Filippin, Yapon, Kurill va Aleut kabi yoysimon orollar ham kiradi. Shimoliy va Janubiy Amerikada Kordilyera va And mintaqalari mavjud.
Materiklaming platformalarida pasttekisliklar, tekisliklar, platolar va yassitog‘lar keng tarqalgan. Materiklaming suv bosgan joylarida shelf dengizlari tarqalgan. Masalan, Sharqiy Yevropa platformasida Germaniya-Polsha, Kaspiybo‘yi pasttekisligi shakllangan, Janubiy Amerika platformasida esa Amazoniya pasttekisligi va Braziliya yassi tog‘ligi shakllangan. Afrika platformasi esa plato va yassi tog‘lardan iborat. Sibir platformasi O‘rta Sibir yassitog‘ligiga mos keladi. Bu esa platformalaming mustahkamligini va uzoq davr mobaynida yemirilish natijasida ulaming yuzasi tekislik, plato va yassitog‘larga aylanib qolganligidan darak beradi. Materiklar relyefi balandligiga qarab botiqlar, pasttekisliklar, qirlar, past tog‘lar, o‘rtacha tog‘lar, o'rtacha baland tog`lar va baland tog`lar deb nomlanadi.


  1. Download 27.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling