Qon to’xtatuvchi qisqichlar quyidagi turlarga bo’linadi:
- tishli – to’g’ri, uzunligi 150-200 mm, ajraladigan yoqi vintli qulfi bilan, jag’larida qiya o’yiq bo’lib, uning bir uchida 2-ta o’tkir tishchalari va boshqa uchida esa bitta tishchasi bor.
- o’yiqli – to’g’ri, egilgan, jag’larida ko’ndalang tushgan o’yiqlari bor, zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi, uzunligi 160-200 mm.
- o’yiqli chuqur bo’shliqlar uchun - chuqur jarohatlar ichida ligatura qo’yish va tomirlarni qisish uchun ishlatiladi. Boshqalardan o’zining qisqagina jag’lari bilan farqlanadi, shakli bo’yicha to’g’ri va egilgan, qisqichning uzunligi 260 mm.
- “Moskit” tipidagi neyrojarrohlik qisqichi – neyrojarrohlik operatsiyalarida katta bo’lmagan tomirlar uchun va gemostazda ishlatiladi. Jag’larida ko’ndalang o’yiqlar bor, qisqichning uzunligi 155 mm to’g’ri, egilgan, bolalar uchun, qisqich turlari ishlab chiqariladi. Ular bir – biridan ensiz branshalari va kichik o’lchamlari bilan farq qiladi.
Tomirlarni vaqtinchalik qisib turuvchi qisqichlar –qisqichlarning ko’p sonli guruhi bo’lib, o’zining tuzilishi, rahamlari, o’lchamlari bilan bir – biridan farq qiladi, uzunligi 125 dan 220 mm gacha chiqariladi.
- tomirlarga ishlatiladigan elastik (yumshoq) qisqich - keng elastik jag’lari, uzunasiga tushgan o’yiqlari bo’lib, tomirlarni choqlashda ishlatiladi.
- tomirlarga ishlatiladigan elastik (Satinskiy) qisqichi – avvalgi qisqichdan kremalerasidagi uchinchi tishga yopilganda jag’lari orasida 0,1 mm li ochiq joyi bo’lishi bilan farq qiladi.
- buyraklarga ishlatiladigan qisqichlar – urologiyada operatsiya vaqtida ishlatiladi, himoyalovchi o’yig’i bor, uzunligi 205-208 mm, ishchi qismi turlicha egilgan bo’ladi.
- qon tomirlar uchun klemmalar – prujinali asbob hisoblanib, qon tomirlarni ehtiyotlik bilan qisib turish uchun ishlatiladi 30x30 markali po’latdan tayyorlanadi.
- dissektorlar – tomirlarni ajratib turish uchun hamda vaqtinchalik qisib turish, jarrohlik operatsiyalarda ligaturani qisib turish uchun ishlatiladi. Qisqichlardan farqi, ularning ishchi jag’lari va kremalerasida o’yiqlar bo’lmaydi.
Dissektorlar to’g’ri va egilgan dastali bo’lib, (uzunligi 210-270 mm) kattalar, bolalar va yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun ishlab chiqariladi. To’qimalarni 1-2 kg dan ortiq bo’lmagan kuch bilan qisadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |