8-amaliy mashg’ulot: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar Mashg’ulotning maqsadi


Download 107.89 Kb.
bet7/12
Sana09.05.2023
Hajmi107.89 Kb.
#1449538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
амалий 8

Jomlar: Yumshoq va qattiq jomlar – jomlar a'zolarni mustahkam ushlaydi, ezib, to’qimalarning faoliyatini ishdan chiharadi. Bu qisqichlar a'zolarni olib tashlanadigan qismiga rezektsiya vaqtida qo’yiladi. Yumshoq qisqichlar to’qimalarga yumshoqroq ta'sir qiladi, operatsiya vaqtida a'zolarning bir qismiga qo’yiladi.
- oshqozon (Payr) jomi – katta asbob bo’lib, zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi. Uzun jag’lari ishchi qismida uzunasiga tushgan o’yiqlari mavjud, jag’larining birida bitta tishi bor, asbob birlashtirilganda bir jag’ning teshigiga ikkinchisi kirib maxkamlanadi. Oshqozon chetlarini tikish uchun qisqichda tirqish bor. Qisqichlarni qabul qilishda qulfning to’g’riligi tekshiriladi. Asbob to’la – to’kis mustahkam va turg’un ravishda berkitilishi lozim. Jag’lardagi tirqish bir – biriga to’g’ri kelishi kerak. Sharnir vintlari qisqich ishlayotgan vaqtda buralib ketmasligi kerak. Ikki qavatli doqani qisganda doqa jag’lari orasidan sidirilib chiqib ketmasligi kerak.
Ichak qisqichi (Meyo) – oldingi qisqichdan jag’larida tirqish bo’lmasligi va o’lchami bilan farq qiladi.
Me'da va ichakni qisish uchun ishlatiladigan yumshoq qisqichlar – to’g’ri va egilgan turlari ishlab chiqariladi. Uzun jag’lari bo’lib, tishchasi yuzasida uzunasiga ketgan o’yiqlari mavjud, jag’lar kengligi – 6 mm, elastik, egilgan, kremalerasida – 8 ta tishchali, asbobning uzunligi – 240 mm.
Qattiq qisqichlar – ichak uchun ishlatiladigan qisqich – to’g’ri ishchi branshalarida uzunasiga ketgan uchburchak o’yiqlari, uzunligi 256 mm, kremalerasi 3- ta tishchali.
Oshqozon uchun ishlatiladigan qisqich – rezektsiyada oshqozonni ushlab turish uchun ishlatiladi, o’lchamlari bo’yicha jomga o’xshaydi. Branshalarida ajoyib o’yiqlari bor, bu esa oshqozon devorini yaxshi ushlab turishga imkon beradi. Zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi. Bolalar uchun kichik uzunlikdagi 200 mm, to’g’ri va egilgan uzunligi 170 mm.
Ignantutqichlar – choq solish uchun jarrohlik ignalarini to’qimalardan o’tkazish uchun qo’llaniladi. Ignatutqichlar tuzilishi bo’yicha qon to’xtatuvchi qisqichlarga yaqin, ularning ishchi qismi kaltaroq, qon to’xtatuvchi qisqichlarga nisbatan 2-3 barobar kuch ko’proq sarflanadi. Bu esa ignani ignatutgich jag’lari orasida ushlab turishni ta'minlaydi.
Sanoatda turli xil va o’lchamdagi ignatutqichlar chiqariladi;
- Jarrohlik va tomirlar uchun (Gegar)- to’g’ri, xalqali dastalari bor, uzunligi 160,200,250 mm, shu o’lchamda ignatutqichlar olmos bilan qoplanib, ishlab chiqariladi.
- Egilgan dastali (Matyo) ignatutqichi – avval keng tarqalgan edi. Gegar tipidan tekis prujinasi borligi bilan farqlanadi. Uzunligi 170 va 250 mm bo’ladi.
- Maxsus ignatutqichlar maxsus jarrohlik uslubi uchun oxirgi yillarda paydo bo’lgan. Mikrojarrohlik operatsiyalarida kichik o’lchamli fiksator bilan ko’z ignatutqichlari ishlatiladi.
Funktsional hususiyatlarini tekshirishda qalinligi 0,5 mm bo’lgan zamsha 10 marta ignatutgich jag’lari orasida qisilgan jarrohlik ignasi bilan sanchib ko’riladi. Bunda ignatutgichning kremalerasi birinchi tishchaga maxkamlangan bo’lishi kerak. Natijada ignaning dastlabki holati o’zgarmasligi kerak. Ko’z ignatutqichlarini tekshirish kaltaroq ignalar bilan olib boriladi (0,4x9mm).
Ignatutqichlar 30x13 markali zanglamaydigan po’latdan tayyorlanadi.

Download 107.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling