8-amaliy mashg’ulot: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar Mashg’ulotning maqsadi


Download 107.89 Kb.
bet4/12
Sana09.05.2023
Hajmi107.89 Kb.
#1449538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
амалий 8

Qisqich asboblar
Qisqich asboblar operatsiya vaqtida qonni to’xtatish uchun to’qimalarni vaqtinchalik ushlash, to’qima va a'zolarni qisib turish va turli materiallarni olib berish (tikuv, bog’lov materiallar, asboblar) uchun ishlatiladi.
Qisqich asboblarga asosiy qo’yiladigan talab to’qimalarni avtomatik ravishda mahkam qisib ushlab turish. Ularning tuzilishi bunga imkon beradi.
Qisqich asboblarning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: ishchi qismi jag’lari, halqa oldi qismi, qulf va kremalera. Qisqichlar jag’lari turli shaklda bo’lishi mumkin: yumaloq, to’g’ri, egilgan. Jag’larining ishchi yuzasida ko’ndalang, uzunasiga va qiya tushgan o’yiqlari bor. Ba'zi qisqich asboblarning jag’larida tishlari bor. Qisqichlar qulflari qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan qilib ishlangan. Kremalera qisqich asbobning avtomatikligini ta'minlaydi. Funktsional ishlatilishiga qarab qisqich asboblar 5 turga bo’linadi:
1.Qon to’xtatuvchi – vaqtinchalik tomirlarni qisib turuvchi qisqichlar.
2. Oshqozon ichak qisqichlari.
3. Ignatutgichlar.
4. Choyshab qisqichlari.
5. Yordamchi qisqichlar.


Qon to’xtatuvchi qisqichlar qonni to’xtatish maqsadida tomirlarni vaqtinchalik ushlash va qisish uchun ishlatiladi. Qisqichlar asboblarning eng katta guruhini tashkil qiladi. Qon to’xtatuvchi qisqichlar qattiq, tomirlarni vaqtinchalik qisib turuvchi qisqichlar esa yumshoq (elastik) bo’lishi kerak.
Qon to’xtatuvchi qisqich 2- ta branshalardan iborat bo’lib ular qulf yordamida bir-biriga biriktiriladi. Branshalarning uchida jag’lari bo’lib, dastasida esa halqa, uni yonida kremalera joylashgan. Kremalera qisqichni kerak bo’lgan holatda qisishga ko’maklashadi. Qon to’xtatuvchi qisqichlar kremalerasida qoida bo’yicha 3-ta tishchasi bo’ladi. Tomirlarni vaqtinchalik qisib turuvchi qisqichlarning kremalerasida esa ko’p miqdordagi tishchalar bo’lib, ular tomirlarga shikast keltirmasdan extiyotkorlik bilan yumshoq qisish imkonini yaratadi.
Qisqichlar mustaxkam va elastik bo’lishi lozim, shuning uchun ular ko’pincha 30x13 markali po’latdan, vintlari esa 20x13 markali po’latdan yasaladi.
Qisqichlarni qabul qilishda funktsional xususiyatini sinash uchun asbobning jag’lari orasiga rezina naycha qo’yiladi va kremaleraning oxirgi tishiga yopib, rezina naycha 3 marta qisib ko’riladi. Qisqichni jag’lari bo’sh holda qisib ko’rilganda qiyshaymagan va bukilmagan bo’lishi zarur. Qisqichlar erkin holatda saqlanishda kremalerasining birinchi tishchasiga yopilib qo’yiladi.

Download 107.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling