Irsiyatning molekulyar


Download 16.97 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi16.97 Kb.
#1416319
  1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-MAVZU-7 IRSIYATNING SITOLOGIK VA MOLEKULYAR ASOSLARI




IRSIYATNING MOLEKULYAR
ASOSLARI


REJA:
1. Nuklein kislotalar to’g’risida tushuncha va ularning xususiyatlari.
2. Replikasiya, translyasiya, transkripsiya va ularning irsiyatdagi ahamiyati.


1. Nuklein kislotalar-polinukleotidlar-tirik tabiatda keng tarqalgan biologik aktiv biopolimerlar. Ular barcha organizmlarning hujayrasida bo’ladi. Nuklein kislotalarni birinchi bo’lib 1868 yilda shvesariya olimi F. Misher hujayra yadrosidan topgan. Keyinchalik nuklein kislota bitta yadroda emas, sitoplazma va boshqa xil organoidlarda ham bo’lishi aniqlandi. Nuklein kislotalari nukleotid deb ataluvchi monomer birliklaridan tashkil topgan. Nukleotid molekulasi uch qismdan tashkil topgan. Nukleotid tarkibida qand 5 atomli uglerod bo’lib, u peptoza deyiladi. Ana shu peptozaning nukleotidlaridagi turlariga qarab, nuklein kislotalari ikkiga bo’linadi. O’z tarkibida riboza saqlovchi ribonuklein kislota (RNK) va dezoksiriboza qandni saqlovchi dezoksiribonuklein kislota (DNK). Yuqorida aytilgan ikki xil nuklein kislotasida ham to’rt xil azot asoslari bo’ladi. shulardan ikkitasi putin guruhiga (adenin-A va guanin-G) va ikkitasi pitimiddin guruhiga (sitozin-S va timin-T) kiradi. Purin molekulalarida ikkita halqa, pirimidinda esa bitta halqa bo’ladi. fosfor kislotasi bo’lganligi uchun nuklein kislotalar kislota deb ataladi.
Nukleotidlarning organizmdagi ahamiyati ularning faqatgina nuklein kislotalari uchun qurilish bloklari bo’libgina qolmay, balki ba’zi bir kofermentlar ham nukleotidlar yoki ularning hosilalaridir. Ana shunday kofermentlarga adenozinmonofosfat (AMF), adenozindifosfat (ADF) va adenozintrifosfat (ATF) lar kiradi.
Dezoksiribonuklein kislota (DNK). Har qanday organizm va tirik hujayra yadrosining qismini DNK tashkil qiladi. Uning tarkibida dezokarboza qandi, azot asoslari adenin, guanin, sitozin va timin bo’ladi. DNK har qanday tirik organizmning tuzilishi, rivojlanishi va xususiyat belgilariga tegishli irsiy axborotlarni saqlash va nasldan naslga o’tkazishda juda muhim rol o’ynaydi.
V. Uoson va F. Kriklar DNK ikkita polinukleotid zanjirdan tuzilganligini 1953 yilda isbotlab berdilar. Har bir zanjir o’ngga qarab buralgan bo’lib, ikkala zanjir birlashgan.
Ya’ni bir o’q atrofida ikkita zanjir ham o’ng tomonga buralib qo’shaloq spiralni hosil qiladi. Har qaysi zanjir qand (dezoksiriboza) va fosfor kislotadan tashkil topgan bo’lib, uning uzunasi bo’ylab (bo’yi bo’ylab) perpendikulyarravishda uzun qo’sh spiral hosil qilib azot asoslari joylashadi. Spiraldagi bir-birini to’ldiruvchi (komplementlar) asoslar-adenin (A) timin (T)ga, guanin (G) sitozin (S)ga vodorod bog’i orqali birikkan. DNK suvda, kuchsiz va o’tkir suv eritmalarida yaxshi erib, qovushqoq suyuqlik hosil qiladi.
DNK RNKni sintez qilishda matrisa xizmatini ham o’taydi va shu bilan birga uning birinchi tizimini (transkripsiya)ni ham belgilaydi. Organizmlarning irsiy o’zgarishi (mutasiya) azot asoslarining DNK polinukleotid zanjirlarida o’zgarishi, yo’qolishi va hosil bo’lishiga bog’liq.
Demak, DNK molekulalarining tuzilishi va ularning o’zgarishini o’rganish hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlardagi irsiy o’zgarishlarni bilashga va ulardagi irsiy nuqsonlarni tuzatishga yo’l ochadi.

Download 16.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling