8-amaliy mashg’ulot
Download 1.37 Mb.
|
8-AMALIY MASHG’ULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chastota va vaqt Massa Elektr toki kuchlanishi Bosim, Elektr sig‘imi Suv miqdori va sarfi Induktivlik
Bu Markazlar respublikamizdagi barcha o‘lchash va sinash asboblarini o‘zining aniq asboblari bilan solishtirib (taqqoslab, qiyoslab) ko’rib ularni to’g‘riligi, sinovga va o‘lchashlarga yaroqli ekanligini aniqlab shu to’g‘risida sertifikat beradilar.
Etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 09.02.96 yildagi «O’zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini shakllantirish va metrologik ta’minotni takomillashtirish tug‘risida» gi 53-son Qarori asosida tashkil qilingan. Markaz 2001 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi. Hozirgi kunda Etalonlar markazidaChastota va vaqt Massa Elektr toki kuchlanishi Bosim, Elektr sig‘imi Suv miqdori va sarfi Induktivlik Ammiak Sinil kislotasi Azot dioksidi Oltingugirt dioksidi Xlorning havodagi massaviy ulushi birliklari Kupchilikga ma’lumki etalonlar bu juda aniq o’lchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, ya’ni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini o’zgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga o’xshash ta’sir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi o’ziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega.
O’lchash asboblaridan keng tarqalganlaridan biri bu – tarozi va uning toshlari. Etalonlar markazida 1 milligramm (mg) dan 30 kilogramm (kg) gacha bulgan etalon tarozi toshlari va etalon tarozi-komparatorlar mavjud. Etalon tarozilarimiz aniqligi 0,1 mikrogramm (mkg) dan 5 mg gacha. Masalan 1kg gacha o’lchovchi etalon tarozimiz atigi 1mikrogrammga xato qiladi-ya’ni etalon tarozida o’lchash bajarilayotganida etalon toshga biror dona chang g‘uborlari tushsa uni etalon tarozi sezadi va ko’rsatishi o’zgaradi. Shuning uchun ham etalon tarozilar va tarozilar toshlarini saqlash sharoitiga, yuqorida aytib o’tilgandek, juda qattiq talablar qo’yiladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling