8 Amaliy mashg‘ulot yukning sovishi, nafas olishi va meva-sabzavotlarning etilishidan hosil bo‘lgan issiqlikoqimini aniqlash


Download 178.56 Kb.
bet4/4
Sana26.12.2021
Hajmi178.56 Kb.
#183031
1   2   3   4
Bog'liq
8-14 Amaliy mashgulotlari YBZIT

11 Amaliy mashg‘ulot

Vagon kuzovi sovishi va ortish davirda ochiq eshiklarda kirgan issiqlik oqimini hisoblash

Bug‘latgichlardagi “qor” qatlami erishi hisobiga keladigan issiqlik:


bu erda: q8 – sovitish uskunalari o‘chirilishi hisobiga “qor” qatlamining erishida, eritish va harorat rejimini tiklash uchun issiqlik uzatilishidagi solishtirma issiqlik kelib tushishi, q8 = 100÷140 ming kDj;

nOT – uni o‘tkazib eritish amalga oshiriladigan interval, tashqaridagi havo haroratiga bog‘liq.

Avval nisbati aniqlanadi, bu qiymat kichikroq tarafga yaxlitlanadi. Agar bu qiymat 1 dan kichik chiqsa, demak eritishga hojat yo‘q.


Bir martalik issiqlik oqimlariga quyidagilar kiradi:

a) vagonni sovitish hisobiga olinadigan issiqlik oqimi (kirishi):



b) yuk ortishda ochiq eshiklar orqali kiradigan issiqlik oqimi:




bu erda: Fd – vagon eshik oralig‘i (kesakisi) maydoni;

kd – eshik oralig‘i (kesakisi) issiqlik uzatishning keltirilgan koeffitsienti;

tP – yuk ortish punktida tashqaridagi havoning hisobiy harorati;

τP – vagonga yuk ortish davomiyligi.

Vagon va yuk dastlab sovitilmagan bo‘lsa, yuqoridagi kiradigan issiqlik mavjud bo‘lmaydi.

Barcha kiradigan issiqlik oqimlarining hisob-kitob natijalari 6-jadvalga jamlanadi.



Етказиб бериш масофаси кам сабабли кор катлами йул давомида хосил булмайди


Keladigan issiqlik oqimlarining umumiy hisobi




Parametrlar

Marshrut stansiya va uchastkada

A

A-B

B

B-V

V

V-G

G

G-D

D

∑Q

Q1

30

51,76

27,41

23,13

4,89

33,9

3,83

35,24

4,81

214,97

Q 2

11,65

10,68

4,47

11,5

1,88

13,18

1,49

13,76

1,88

70,49

Q 3

57,18

43,2

19,06

43,2

12,7

58,45

6,35

45,74

6,35

292,23

Q 4

19,35

14,6

6,45

14,6

4,3

19,75

2,15

15,46

2,15

98,81

Q uz

118,18

120,24

57,39

92,43

23,77

125,28

13,82

110,2

15,19

676,5

Q 5

8,19

6,2

2,73

6,2

1,82

8,37

0,91

6,55

0,91

41,88

Q 6

0

0

0

0

0

0

0

0

0

0

Q 7

3,42

2,58

1,14

2,58

0,76

3,49

0,38

2,73

0,38

17,46

Q 8

0

0

0

0

0

0

0

0

0

0

Q uzl

11,61

8,78

3,87

8,78

2,58

11,86

1,29

9,28

1,29

59,34

Q 9

131,6

0

0

0

0

0

0

0

0

0

Q 10

1,2

0

0

0

0

0

0

0

0

0

Q bir

132,8

0

0

0

0

0

0

0

0

132,8

Q um

262,59

129,02

61,26

101,21

26,35

137,34

15,11

119,48

16,48

868,64


12 Amaliy mashg‘ulot

Sovuqlik sarfi jadvalini tuzish, Sovutish uskunasining ishlash rejimini o‘rnatish
Sovitish va dizel-generator uskunalari ishi rejimlari issiqlik balansi (muvozanati)ni ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqib belgilanadi.

Dastlab quyidagi formula bo‘yicha bir vagon uchun har bir stansiya va usoattkada talab etilgan sovitish mashinalarining quvvati aniqlanadi:



bu erda: QOBi –ko‘rib chiqilayotgan stansiya yoki usoattkada vagonga kirib kelgan issiqlikning umumiy miqdori. So‘ng olingan qiymat mazkur vagon turining sovitish mashinasi ta’minlab berishi mumkin bo‘lgan haqiqiy quvvat (QX) bilan solishtiriladi. QXMi > QX bo‘lgan hollarda sovitish uskunasi to‘liq quvvat bilan ishlaganda kirib kelgan issiqlikni chiqarib ulgurmaydi.



Talab etilgan sovuqlik ishlab chiqarish samaradorligining sovitish mashinalari haqiqiy quvvatiga nisbati sovitish mashinasining ishlash vaqti koeffitsienti deb ataladi:


Bundan so‘ng sovitish mashinalari ishining davomiyligi hisoblab topiladi:


Sovitish uskunalarining ish rejimiga bog‘liq ravishda dizel-generator uskunasining unga muvofiq ish rejimi o‘rnatiladi. Refrijerator seksiyalarida statsionar sovitish rejimida (SSR) ikkita yoki bitta dizel ishlaydi. Agar ish vaqti koeffitsienti 0,5 dan kichik bo‘lsa bitta dizel, undan katta bo‘lsa ikkita dizel ishlayotgan bo‘ladi. Statsionar sovitish rejimida (SSR) bitta dizel ishlab turadi.

Dizelning statsionar rejimda ishlash davomiyligini sovitish mashinalari ishlash davomiyligidan 1,1 barobar katta deb olish mumkin, biroq bu qiymat τi dan ortmasligi kerak, ya’ni:
















Шарт бажарилди.










Шарт бажарилди.






Sovitish va dizel-generator uskunalarining ishlashiga oid ma’lumotlar.

YUk vagonining sovitish va dizel-generator uskunalari ishi ko‘rsatkichlari


Ko‘rsatkich parametrlari

Marshrut stansiya va uchastka

A

A-B

B

B-V

V

V-G

G

G-D

D

Yig‘indisi yoki o‘rtacha qiymati

Sovitish mashinalari talab

etgan quvvat, kVt.



8,1

5,27

5,67

4,13

3,66

4,15

4,2

4,61

4,58

5,48

Sovitish mashinalarining

haqiqiy quvvati, kVt.



10,7

10,7

10,7

10,7

10,7

10,7

10,7

10,7

10,7

10,7

Sovitish mashinalari ish

vaqti koeffitsienti



0,76

0,49

0,53

0,39

0,34

0,38

0,39

0,43

0,43

0,46

Sovitish mashinalari ishi davomiyligi

6,84

3,33

1,59

2,65

0,68

3,5

0,39

3,1

0,43

2,5

Uskunaning ish rejimi

(NRO va SRO)



НРО

НРО

НРО

НРО

НРО

НРО

НРО

НРО

НРО

НРО

Ishlab turgan dizellar

miqdori



2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

Dizellar ishining

davomiyligi



7,52

3,66

1,75

2,92

0,75

3,85

0,43

3,41

0,47

2,75


13 Amaliy mashg‘ulot

TBYUlarni etkazish muddatlarini hisoblash.

Tashish hujjatlari to‘plami yuk xati, yo‘l qaydnomasi, yo‘l qaydnomasi koreshogi va yuk qabul qilinganligi to‘g‘risida kvitansiyadan iborat bo‘ladi (13.1-jadval).

(13.1-jadval)

Tashish hujjatlari to‘plami





Hujjatning nomi

Hujjatni oluvchi

Hujjatning mo‘ljallangan maqsadi

1

Yuk xati

Qabul qiluvchi

Yuk bilan manzil stansiyagacha boradi

2

yo‘l qaydnomasi

“O‘TY” AJ

Yuk bilan manzil stansiyagacha boradi va FO-5 hisobotiga ilova qilinadi

3

yuk qabul qilinganligi to‘g‘risida kvitansiya

Jo‘natuvchi

Tashuv shartnomasi tuzilgandan so‘ng beriladi

4

yo‘l qaydnomasi koreshogi

“O‘TY” AJ

FO-4 hisobotiga jo‘natuvchi stansiya tarafidan ilova qilinadi

 

Temir yo‘l jo‘natuvchiga tashuv hujjatlarining blankalarini berishi shart.

Tashuv hujjatlarining blankalarini takroran berish (ular buzilgan yoki yo‘qotilgan bo‘lsa) pul evaziga, ularni tayyorlashga ketgan xarajatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Tashuv hujjatlarining jami komplekti jo‘natuvchi tarafidan yuk xatini tegishli ustunlaridagi ma’lumotlarga muvofiq siyoh bilan, yozuv mashinkasida, kompyuterda yoki boshqa bosma usulda to‘ldiriladi.



  •  Yuk xati yo‘l vedomosti bilan birgalikda yuk bilan manzil stansiyagacha boradi va u erda oluvchiga beriladi.

Yuk qabul qilinganligi to‘g‘risida kvitansiya jo‘natuvchi stansiyada jo‘natuvchiga beriladi.

Yo‘l qaydnomasi koreshogi jo‘natuvchi stansiyada qoladi.



  • Jo‘natuvchi stansiya tashuv hujjatlarining tegishli ustunlarini jo‘natuvchi stansiya tarafidan yuk xatini to‘ldirish tartibiga muvofiq to‘ldiradi.

Yo‘l qaydnomasining teskari tarafida “1. Tijorat dalolatnomasi” ustunida tijorat dalolatnomasining raqami, tuzish sanasi, shuningdek, bekat nomi ko‘rsatiladi va dalolatnoma tuzilgan stansiyaning kalendar shtempeli bosiladi.

“2.Etkazib berish muddatining uzayishi” ustunida yuk ushlab qolingan stansiyaning nomi, shuningdek, davomiyligi va muvofiq ravishda etkazib berish muddatini uzaytirish huquqini beradigan ushlanib qolish sababi ko‘rsatiladi.

Tashish hujjatlarida dastlab ko‘rsatilgan manzil stansiyasini o‘zgartirmasdan oluvchi o‘zgartirilganda oluvchi va uning kodi (o‘qiladigan tarzda) ustidan chiziladi va jo‘natuvchining arizasiga muvofiq yangi oluvchi va uning kodi ko‘rsatiladi.


  • Tashish hujjatlarini manzil stansiyasida to‘ldirish “manzil stansiyasida yuk xatini to‘ldirish” tartibiga o‘xshash tarzda amalga oshiriladi.

Bir paytning o‘zida oluvchi yo‘l qaydnomasining quyidagi ustunlarini to‘ldiradi:

a) “_____ shahridagi bankning ______ bo‘limida oluvchining hisob-kitob raqami ____” oluvchining nomi va hisob raqami, shuningdek, unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasining joylashgan manzili ko‘rsatiladi.

b) “Yukni 20 __ yil ____ oyning ____ sanasida oldim” - yuk olingan sana ko‘rsatiladi;

v) “20 __ yil ____ dagi ___-sonli ishonchnoma bo‘yicha” - yukni olishga ishonchnoma va uni berilish sanasi ko‘rsatiladi;

g) “_____ seriyadagi _____ raqamli pasport ___ shahri, ___ ko‘chasi, ___-uy, ___-xonadonda doimiy ro‘yhatdan o‘tgan” - yukni oluvchi moddiy javobgar shaxs pasportining seriyasi va raqami hamda pasport bo‘yicha doimiy ro‘yxat manzili ko‘rsatiladi.

Yo‘l qaydnomasiga kiritilgan ma’lumotlar oluvchining imzosi bilan tasdiqlanadi.



  • Manzil stansiyasida tashuv hujjatining quyidagi ustunlarini to‘ldiradi:

a) qo‘shimcha ish va xizmatlar uchun to‘lovni hisoblash uchun zarur ma’lumotlar ko‘rsatiladi (yuk saqlanadigan sutkalar soni, tushirish kimning vositasida amalga oshiriladi va h.k);

b) “To‘lovlar manzil stansiyasida ______-sonli turli yig‘imlar kvitansiyasi bo‘yicha undirildi” - kvitansiya raqami ko‘rsatiladi. Turli yig‘imlar kvitansiyasi bo‘yicha summani undirilishi tovar kassirining imzosi bilan tasdiqlanadi, yuk xati va yo‘l qaydnomasining teskari tarafida esa yuk berilishini rasmiylashtirish vaqti to‘g‘risida stansiya shtempeli bosiladi.

Hisob-kitoblar temir yo‘l mintaqaviy bo‘linmasining tashish hujjatlarini ishlash bo‘yicha texnologik markazi (TexPD) orqali amalga oshirilganda – to‘lovchining 8 xonali kodi ko‘rsatiladi;

v) “Yukni temir yo‘l tarafidan tushirilishi yoki oluvchining vositalari bilan tushirishga qo‘yilishi” – yuk xati va yo‘l qaydnomasining teskari tarafida yukni temir yo‘l vositalari bilan tushirilish yoki oluvchining vositalari bilan tushirishga qo‘yilish vaqti to‘g‘risida manzil stansiyaning kalendar shtempeli bosiladi.



  • Yuk xati oluvchiga, u yo‘l qaydnomasiga imzo chekib, to‘lovlarning yakuniy hisob-kitobi bo‘yicha zimmasidagi to‘lovlarini kiritganidan so‘ng beriladi.

  • Yuklar xususiy (privat) yoki ijaraga olingan vagonlarda kelganida oluvchi ushbu vagonlardan yuk tushirilganidan so‘ng tashuv to‘lovlarini to‘lagan holda ularni qaytarishga tashuv hujjatlarini rasmiylashtirishi lozim.

  • Yuklarni konteynerlarda tashish uchun tashuv hujjatlarini rasmiylashtirish quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda yuk tashish Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi:

a) “Yukning nomi” ustunida konteynerning harf prefiksi va raqami ko‘rsatiladi. Konteyner boshqa tashkilotlarga tegishli bo‘lganda, konteynerning harf prefiksi va raqami oldida “R” harfi qo‘yiladi;

b) “Yukning jo‘natuvchi tarafidan aniqlangan og‘irligi, kg” ustunida – har bir nomdagi yukning o‘rami bilan birgalikda og‘irligi;

v) “Umumiy og‘irlik (so‘z bilan)” ustunida – barcha nomdagi yuklarning o‘rami bilan birgalikda og‘irligi so‘z bilan ko‘rsatiladi;

g) “Netto” ustunida – har bir nomdagi yukning o‘rami bilan birgalikda og‘irligi ko‘rsatiladi;

d) “Tara” ustunida – bo‘sh konteynerning og‘irligi, unga bosilgan trafaretga ko‘ra;

e) “Brutto og‘irligi” ustunida – o‘ram va konteyner tarasining og‘irligi bilan hisoblangan yukni umumiy og‘irligining summasi;

Tez buziluvchi yuklar tashilganda esa “Tez buziluvchan” belgilarini ko‘rsatishi shart.

Agarda yuk xatida yukning nomi noto‘g‘ri, tashishda yukning xavfsizligini ta’minlovchi zaruriy xususiyatlari, alohida belgilar noto‘g‘ri ko‘rsatilsa, shu bilan birga taqiqlangan tez buziluvchan yuklarni jo‘natishda yuk jo‘natuvchidan tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda jarima undiriladi.

Bulardan tashqari yuk junatuvchi tez buziluvchan yuklarni tashishga taqdim etishda yuk xati bilan birga har bir vagon yoki konteyner uchun yukning sifatini ko‘rsatuvchi hujjatlarni taqdim etishi shart. Ular sifatni ko‘rsatuvchi guvohnoma yoki sifat sertifikati yoki ekspertiza aktidan ko‘chirma.

Sanab o‘tilgan hujjatlar yuk ortilgan kun rasmiylashtiriladi. Yukning sifatini ko‘rsatuvchi hujjatda yukning aniq nomi, sifat holati, yukning transportabellik muddati va yukning tashishdan oldingi harorati aniq ko‘rsatilishi shart. Shu bilan birga:



  • sovitilgan va muzlatilgan yuklar uchun – mahsulotni vagonga ortishdagi harorati;

  • sovitilgan go‘sht va sovigan barcha turlari, so‘yilgan parrandalar uchun – xayvon va parrandaning so‘yilgan sanasi;

  • Presslangan non, pishiriq achitqilari uchun – ishlab chiqarilgan sanasi, barqarorligi, xamirni achitish darajasi, namligi va koslotalik;

  • Sabzavot va poliz mahsulotlari uchun – pomologik navi (pomologicheskiy sort) (uzum uchun – ampologik navi (ampologicheskiy sort)), yig‘im terim sanasi;

● margarin, non pishiriq yog‘lari – qattiqlik ko‘rsatgichi;

  • Refrijerator vagonlarida tashiladigan yuklar uchun – me‘yoriy hujjatlarga mos ravishda haroratning ruxsat etilgan o‘zgarish chegaralari.

Yuk jo‘natuvchi tomonidan qo‘shimcha taqdim etiladi:

● Pista va danak mevalar,sitrus, bananlar, reza mevalar, sabzavot, poliz mahsulotlari va kartoshka tashishda – o‘simlik mahsulotlari tarkibidagi toksikantlar miqdori haqidagi hujjat va pestitsidlar belgilangan tartib bo‘yicha qo‘llanilganligi haqidagi hujjatlar;

Yuk jo‘natuvchi qo‘shimcha taqdim etadi:

● xayvon homashyosidan ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotlarini tashishda – veterinar guvohnomasi yoki veterinar sertifikati;

● karantin e’lon qilingan hududlardan poliz va sabzavot mahsulotlari, tirik o‘simliklarni, urug‘ va ko‘chatlarni jo‘natishda va ushbu yuklarni eksport-import tashishlarda – karantin ostidagi yuklarni temir yo‘l transportlarida tashish qoidalariga mos ravishda fitosanitar (karantin) sertifikati.
14 Amaliy mashg‘ulot

TBYUlarni tashish hujjatlarini rasmiylashtirish.

Yuk tashish qoidalarida belgilangan iste’mol qilinuvchi hayvon xom ashyo mahsulotlari yuqumli kasalliklar jihatdan bezarar tumanlardan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi nazorati ostida ortishga yo‘l qo‘yiladi.

Ushbu turdagi yuklarga jo‘natuvchi stansiyaga har bir vagonga O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan shakldagi veterinariya shahodatnomasini Davvetnazorat veterinariya shifokori qaydlari bilan taqdim etishi lozim.

Veterinariya shahodatnomasida bunday qayd bo‘lmasa, hayvon xom ashyo mahsulotlari tashishga qabul qilinmaydi.

Stansiya boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi organini, davlat veterinariya-sanitar nazorati ostidagi yuklarni vagonlab ortish boshlanishidan kamida 12 soat oldin xabardor etishi lozim.

Veterinariya shahodatnomasisiz ushbu yuklarni ortishga ruxsat berilmaydi.

Veterinariya shahodatnomalari yuk ortish stansiyasiga taqdim etish uchun berilgan kunidan boshlab 5 kun ichida hiqiqiy hisoblanadi. Veterinariya shahodatnomasining muddati o‘tkazib yuborilgan hollarda yuklarni ortishga qabul qilish masalasi Davvetnazorat organi tomonidan hal etiladi.

Veterinariya shahodatnomalarida yuk nomi, o‘rinlari soni va massasi, teri xom ashyosi va mo‘ynalar uchun esa, bundan tashqari yana, nechta donaligi ko‘rsatiladi.

Veterinariya shahodatnomalari muhrsiz va imzosiz, tuzatishlar va bo‘yalgan joylari bilan bo‘lsa, shuningdek, ularda ko‘rsatilgan yuk, o‘rinlar soni va massasi haqiqiy yukka muvofiq kelmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi va yuklar bunday shahodatnomalar bo‘yicha ortish uchun qabul qilinmaydi.

Veterinariya shahodatnomasi yuk xatiga “Jo‘natuvchining alohida arizalari va qaydlari” ustunida uning raqami va berilgan vaqti ko‘rsatilgan holda ilova qilinadi.

Davvetnazoratga tegishli yuklar tashishga faqat veterinariya guvohnomasida ko‘rsatilgan stansiyagacha va qabul qiluvchi manziligacha tashishga qabul qilinadi.

Tayinlash stansiyasini o‘zgartirishga alohida holatlarda va faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

Yukni jo‘natish va tayinlash stansiyalari veterinariya shahodatnomasida kalendar shtempellarni bosishadi, bu shahodatnomaning muddati tugaganligi va takroran taqdim etish uchun yaroqli emasligini bildiradi.

Davvetnazorat tomonidan veterinariya ko‘rigi jo‘natish stansiyasida yukni vagonga ortishdan oldin va ortish vaqtida, tayinlash stansiyasida esa – yuk tushirish vaqtida amalga oshiriladi.

Stansiyalar Davvetnazorat organi talabiga muvofiq veterinariya shahodatnomalarini, Davvetnazoratga tegishli yukni tashish hujjatlarini taqdim etishlari, hamda ushbu yuklarni tashishda Davvetnazorat amalga oshirilgani haqida ma’lumotnomalar berishi shart.

Veterinariya shahodatnomasi bo‘lmagan Davvetnazoratga tegishli yuk aniqlangan taqdirda, yoki ular yuqumli kasalliklarga chalingan hayvon va parrandalarni so‘yishdan olingan degan gumon bo‘lsa, yuk ushlab qolinadi va Davvetnazorat organi ko‘rsatmasi bilan Veterinariya qonunchiligiga muvofiq tekshiriladi.

Yo‘l davomida vagonlab jo‘natilgan yuklarga veterinariya shahodatnomasini davlat ichidagi yo‘nalishlarda yo‘qotilgan taqdirda, umumiy shakldagi dalolatnoma tuziladi va tashish hujjatlariga ilova qilinadi, yuk esa tayinlangan manzilga jo‘natiladi. Bu holda yukni tushirish va yuk qabul qiluvchiga berish Davvetnazorat organi bilan kelishilgan holda bajariladi.
Karantin e’lon qilingan xududlardan o‘simliklar va karantin ostidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish qoidalari

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida karantin zararkunandalari, o‘simlik kasalliklari va xavfli begona o‘tlarni hududida karantin cheklovlari joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tumanlaridan o‘simliklar va karantin ostidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish faqat jo‘natuvchi tomonidan tashish huquqini beruvchi karantin hujjatlari taqdim etilgan holdagina amalga oshiriladi. Ushbu yuklarni karantin hujjatlarisiz tashishga qabul qilish taqiqlanadi.

O‘simliklar karantini bo‘yicha mahalliy davlat inspeksiyasidan hududlarda karantin e’lon qilinganligi haqida rasmiy xabarnoma hamda karantin ostidagi o‘simliklar yoki qishloq xo‘jalik va o‘rmon mahsulotlarini olib chiqish cheklangan tumanlar ro‘yxati olinganidan keyin, temir yo‘l boshqarmasi organi bu haqda darhol stansiya boshliqlariga xabar berishi shart.

Karantin hujjatlari quyidagilardir:

a) muvofiqlik sertifikati, karantin tekshiruvi dalolatnomasi, karantin ostidagi import va mahalliy yuklarimiz raskreditovkasi, muvofiqlik sertifikati, zararsizlantirish o‘tkazilgani haqida dalolatnoma, joylardagi davlat inspeksiyalari tomonidan beriladi;

b) import karantin ruxsatnomasi (import yuklar uchun), O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.

Karantin hujjatlari har bir vagonga alohida tuziladi va jo‘natish stansiyalarida qatьiy hisobot hujjatlari sifatida saqlanadi, ularning nusxalari esa yuk xatlariga ilova qilinadi va tayinlash stansiyalarda qabul qiluvchilarga beriladi. Karantin ostidagi yuklarni tashishga yuk xatlariga karantin hujjati nusxasi ilova qilingani haqida uning raqami va tuzilgan sanasi ko‘rsatilgan holda qayd etiladi.

Bitta karantin hujjatini bir turdagi yuklar ortilgan bir nechta vagon uchun taqdim etishga, ular bitta jo‘natuvchi tomonidan bir vaqtda ichki qatnovlarda bitta tayinlangan stansiyasiga bitta qabul qiluvchi nomiga jo‘natilgan taqdirda, yo‘l qo‘yiladi. Bu holda karantin hujjati nusxasi bitta yuk xatiga ilova qilinadi, qolgan yuk xatlariga karantin hujjati raqami va berilgan sanasi, nusxa ilova qilingan yuk xati raqami qayd etiladi.

Muhr va imzosi bo‘lmagan, to‘g‘rilashlar va o‘chirishlar mavjud, shuningdek, tashishga taqdim etilgan yuk ko‘rsatilganiga mos kelmagan karantin hujjatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, hamda yuk bunday hujjatlar bo‘yicha tashishga qabul qilinmaydi.



Karantin zararkunandalari va kasalliklar bilan zaharlangan, begona o‘tlar urug‘lari yuqqan o‘simlik yuklarini yo‘q qilish, karantin osti yuklari mavjud temir yo‘l vagonlari va omborlarini karantin zaharsizlantirilishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar, zaharsizlantirish tufayli vagonlarning turib qolishiga jarima, shuningdek alohida joylarni tekshirish o‘tkazish uchun ochish va o‘rash bilan bog‘liq xarajatlar yuk qabul qiluvchi tomonidan to‘lanadi, u tegishli holatlarda jo‘natuvchi bilan qayta hisob-kitob qilishga haqlidir (O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘l Ustavining 144-bandi).
Download 178.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling