8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


 O‘zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

11.4. O‘zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining 
xususiyatlari 
 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada 
takomillashtirish, soliqlar va budjet xarajatlaridan iqtisodiyotni 
barqaror o‘stirishni rag‘batlantirishning amaliy vositalari sifatida 
foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon 
iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘z 
ta’sirini o‘tkazayotgan tashqi konyukturani hisobga olish zarur bo‘ladi. 
Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush 
darajasiga ta’sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki, budjet faqat 
mablag‘larni markazlashtirish, ularni to‘plash, jamg‘arishgina emas, 
balki to‘plangan moliyaviy resurslarni oqilona sarflashni ham o‘zida 
ifodalaydi. Buning samaradorligi esa davlat budjetining xarajalari 
tizimida o‘zining ifodasini topadi. 
Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish 
uchun turli tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo’ljallangan, 
aholining turmush darajasini ko’tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy 
vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani 
taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan iborat 
bo’ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. 
Budjet tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o’rtasida 
taqsimlanadi, bu esa u yoki bu xarajatnimuayyan budjetga kiritilishini 
anglatadi.Bu 
birinchidan 
moliyalashtirilayotgan 
muassasaning 
respublika va mahalliy organlarga qarashli bo’lishi, ikkinchidan 
moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi. 
Mamlakat 
iqtisodiyotini 
moliyalashtirish 
xarajatlari 
vazirliklar,idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir 
vaqtining o’zida ma’lum maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda 
tutiladi.Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning 
ustuvor tarmoqlariga,yani sanoat,energetika,qishloq xo’jaligi va 
transportga yo’naltiriladi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish 
nuqtai nazaridan capital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni 
rivojlantirishda muhum ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab 


144 
chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy fondlarning yangilarini 
yaratish va harakatdagilarni kengaytirish uchun pul mablag’larini taqdim 
etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish deyiladi.Budjet resurslari 
cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga,ya’ni 
maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari 
qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini 
qisqartirish siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka 
asoslangan institutlarni mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya 
qilishga yo‘naltirildi. YaIMda davlat budjeti ulushini kamaytira borib
2018-yilda uning ulushini 20% idan oshirmasdan, mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi 
xususiy investitsiyalarini rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning yuqori 
sur’atlari uchun barqaror manba yaratdi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling