8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
-rasm. O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjeti
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
11.3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjeti
ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi, YAIMga nisbatan foizda 142 Keyingi yillarda respublikamizda davlat budjetining ijro etilishida ijobiy holat ko‘zga tashlanmoqda. 11.3-rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, 2000 –2004-yillar davomida mamlakatimiz davlat budjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar pasaytirishga, 2005 –2008-yillar davomida esa davlat budjeti taqchilligiga barham berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi. Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. 2017-yilda ham maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlari uning xarajatlaridan ortish hajmi YAIMning 0,1 foizi darajasida bo‘lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy sektorga o‘tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Budjet taqchilligining kuchayishi muqarrar ravishda davlat qarzini keltirib chiqaradi. Ya’ni, budjet taqchilligi asosan davlat qarzi hisobiga qoplanib, u ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi. O‘zbekistonda tashqi qarz masalasiga mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki pallasidanoq har tomonlama chuqur o‘ylangan va mulohaza qilingan holda yondashildi. O‘zbekistonda tashqi qarz va kreditlarni olishda qat’iy va muhim tamoyillar, jumladan, ularning uzoq muddatga va past foizlarda berilishi, qarz berishning hech qanday siyosiy yoki mafkuraviy talab va shartlar bilan bog‘liq emasligi, ularning umumxalq manfaatlariga, asosan real iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga yo‘naltirilganligi kabilarga amal qilinganligi 2018-yil yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 34,8 foizni tashkil etishiga imkon yaratdi. Tashqi qarz darajasining past darajada ekanligi mamlakat oltin – valuta zaxiralarining barqarorligini ta’minlamoqda. Jumladan, 2018- 143 yilda OVZ hajmi ko‘payib, hozirda 13 oydan ziyodroq importni qoplaydigan oltin –valuta zaxiralari mavjud. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling