8-dars. 10-sinf. 2-bo`lim. Harbiy xizmat asoslari
-o`quv savoli. Harbiy unvonlar
Download 0.53 Mb.
|
1 2
Bog'liq10-sinf. 8-dars. Kengaytirilgan bayonnoma (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-o`quv savoli. Harbiy xizmatchilarning farqlovchi nishonlari.
- 4-o`quv savoli . Boshliqlar va boʻysunuvchilar.
- III.Yakuniy qism.
2-o`quv savoli. Harbiy unvonlar.
Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etilgan:
Qurolli Kuchlardagi oliy unvon armiya generali bo`lib, bu unvon (urush davrida) O`zbekiston Respublika Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo`mondoniga, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga beriladi. YUridik yoki tibbiy yo`nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo`lgan harbiy xizmatchining harbiy unvoniga tegishlicha “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so`zi qo`shib qo`yiladi.
3-o`quv savoli. Harbiy xizmatchilarning farqlovchi nishonlari. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan. Harbiy xizmatchilar harbiy unvonni va qo`shin turini farqlovchi nishonlari bo`lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar. Farqlovchi nishonlarga pogonlar, petlitsalar, ko`krak va yeng belgilari, bosh kiyim, pogon va petlitsalardagi belgilar, kantlar va lampaslar kiradi. 4-o`quv savoli. Boshliqlar va boʻysunuvchilar. O`z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko`ra ayrim harbiy xizmatchilar boshqalarga nisbatan boshliq yoki bo`sunuvchi bo`lishi mumkin. Boshliq bo`ysunuvchiga buyruqlar berish va ularning ijrosini talab qilish huquqiga ega. Bo`ysunuvchi boshliqning buyruqlarini so`zsiz bajarishga majburdir. Ular boshliqning buyrug`ini tashabbus va zukkolik namoyon qilib, so`zsiz, aniq va muddatida bajarishlari shart. Harbiy xizmatchilar, xizmat yuzasidan, hatto vaqtincha bo`lsa ham bo`ysundirilgan boshliq to`g`ridan-to`g`ri boshliq deyiladi. Bo`ysunuvchiga eng yaqin bo`lgan to`g`ridan-to`g`ri boshliq bevosita boshliq deyiladi. Masalan, oddiy askar uchun jangovar guruh komandiri bevosita boshliq hisoblanadi. 5-o`quv savoli. Kattalar va kichiklar. O`z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko`ra boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan ularning boshlig`i yoxud bo`ysnuvchisi sanalmagan harbiy xizmatchilar katta yoxud kichik bo`lishlari mumkin. Kattalik harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga qarab belgilanadi. Harbiy unvon bo`yicha kattalar unvoni kichiklar intizomini buzgan chog`da, bu buzishlarni bartaraf etishlarini talab qilishlari lozim. Unvoni bo`yicha kichiklar bunday talablarni so`zsiz bajarishga majburdirlar. III.Yakuniy qism. Yangi mavzuni mustaxkamlash bo`yicha savollar o`qituvchining ixtiyoriga ko`ra. 26-maktab CHQBT raxbari: X.Axmedov Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling