Nazorat uchun savollar.
1.Kondensator sig‘imi o‘zgartirilmasdan q’altak induktivligi oshirilsa (kamaytirilsa) konturdagi tebranishlar davri va chastotasi qanday o‘zgaradi?
2. G‘altak induktivligi o‘zgartirilmasdan kondensator sig‘imi oshirilsa (kamaytirilsa) konturdagi tebranishlar davri va chastotasi qanday o‘zgaradi?
3.Ostsillografda olingan tasvirdagi zich va siyrak sohalar nimani anglatadi?
2.So‘nuvchi elektromagnit tebranishlarni modellashtirish va tadqiq qilish.
Tebranishlarni grafik ravishda tasvirlash. So‘nuvchi elektromagnit
tebranishlar, namoyish tajriba.
Ishning maqsadi: elektromagnit tebranishlar garfigini hosil qilish va o‘rganish, so‘nuvchi elektromagnit tebranishlarni o‘rganish.
Virtual elementlar: o‘zgarmas tok manbasi, kalitlar, kondensator, induktiv g‘altak, qarshiliklar (rezistor), ostsillograf.
Ishni bajarish tartibi:
1. «Multisim» dasturini ishga tushiring.
2.Element panelidan o‘zgarmas tok manbasi, kalit, kondensator, induktiv g‘altak, qarshilik (rezistor), ostsillografni toping va ularni ish maydoniga joylashtiring.
Tebranishlarni grafik ravishda tasvirlash. So‘nuvchi elektromagnit
tebranishlar (namoyish tajriba).
|
Element nomi
|
Ko‘rinishi
|
Elementlar paneli belgisi
|
Oilasi
|
Nomlanishi
|
Doimiy tok manbasi
|
|
|
POWER_SOURCES
|
DC_POWER
|
Kalit
|
|
|
SWITCH
|
SPST
|
Almashtirib ulovchi kalit
|
|
|
SWITCH
|
SPDT
|
Kondensator
|
|
|
CAPACITOR
|
1μF
|
Induktiv g‘altak
|
|
|
INDUCTOR
|
100mH
|
Qarshiliklar
2 ta
|
|
|
RESISTOR
|
1Ω
30Ω
|
Ostsillograv
|
|
|
Dastur oynasining o‘ng tominidagi asboblar panelida
|
Осциллограф
|
3.Zanjir elementlarini sichqoncha yordamida ulang.
4.Kalitlarni ulab uzush uchun klaviaturadagi biror tugmani biriktirish mumkin. Buning uchun dastur oynasi ishchi maydonida kalit belgisi ustiga sichqoncha olib borilib chap tugma ikki marta marta bosiladi.
Hosil bo‘lgan oynadan siz biriktirishni hohlagan tugma belgilanadi (Odatda avtomatik ravishda Probel tugmasi (Space) tugmasi biriktirilgan bo‘ladi). Rasmdagi holatda 2 tugmasi biriktirilgan.
6.Almashtirib ulovchi kalit uchun ham birorta boshqa tugmani biriktiring.(Bizdagi misolda 3 tugmasi biriktirilgan)
7.Ostsillografni sozlang. Buning uchun dastur oynasi ishchi maydonida ostsillograf belgisi ustiga sichqoncha olib borilib chap tugma ikki marta bosiladi.
Ostsillograf sozlamalarini rasmda ko‘rsatilgandek o‘rnating.
7. Simulyatsiya jarayonini ishga tushiring.
8. Ostsillograf ko‘rsatishlarini kuzating.
9. Simulyatsiya jarayonini to‘xtating.
10. Ostsillografda olingan tasvirni kuzating. Xulosa chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |