8-Ish. Sement xamirining «normal» quyuqligini aniqlash Umumiy tushuncha
Download 418.53 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Axborot manbalari
8-Ish. Sement xamirining «normal» quyuqligini aniqlash Umumiy tushuncha. Narmal quyuqlikni aniqlash, sement suv nisbatini bildiradi. Suv miqdori % da o‘lchanadi. Asbob va uskunalar. Vika asbobi, tarozi, qorishtirgich. Ishlash tartibi. Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobida GOST 310.3-76 ga muvofiq aniqlanadi. Buning uchun asbobning ignasi o‘rniga diametri 10 mm va uzunligi 50 mm keladigan metall sopcha (keli) o‘rnatiladi. Harakatlanadigan sterjenning metall sopcha bilan birgalikdagi massasi 300±2 g ni tashkil etishi lozim. Sinash oldidan sterjenning bemalol surilishini, metall sopchaning tozaligini, o‘zak miliniig vaziyatini tekshirish kerak xalqa va plastinkani mashina moyi bilan yupqa qilib moylash zarur Tekshiriladigan sementdan tarozida 400 g tortib olinib, xo‘l latta bilan artilgan metall kosaga solinadi, sementning o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan chuqurchaga normal quyuqlikda hamir qorishga yetadigan miqdorda o‘lchab quyilgan suv quyiladi. Sementdan birinchi marta hamir qorib qurish uchun taxminan 110-112 sm 3 (sement massasining 25-28% i miqdorida) suv olinishi kerak. Suv quyilgan chuqurchaga po‘lat kurakcha bilan sement to‘ldiriladi va 30 sekunddan keyin ehtiyotlik bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan hamir kurakcha yordamida iylanadi va kosa vaqt-vaqti bilan 90° ga aylantiriladi. Hamir qorish va uni iylash jarayoni sementdagi chuqurchaga suv quyilgan paytdan hisoblab 5 minut davom etishi lozim. Qorilgan hamirni shisha plastinka ustidagi xalqaga bir yo‘la joylash, xalqani besh-olti marta silkitish uni plastinkaga bosib turgan holda, plastinkani stolga sekin-sekin urish lozim. Sement hamirining ortiqchasi xo‘l latta bilan artilgach pichoqda sidirib tashlanadi. Xalqa plastinkasi bilan birga Vika asbobining sterjeni tagiga qo‘yiladi, metall sopcha xalqaning qoq o‘rtasida hamirga tekkiziladi va qisish vintini burab shu vaziyatida mahkamlanadi. Shundan keyin qisish vinti burab bo‘shatiladi, shunda sterjen bilan birga sopcha ham hamirga botadi. Sterjen bo‘shatilgach paytdan 30 sekund o‘tgach, metall sopchaning hamirga botish chuqurligi asbob shkalasidan yozib olinadi. Agar sopchaning uchi shisha plastinkaga 5-7 mm yetmagan bo‘lsa, unda hamirning quyuqligi normal hisoblanadi. Agar xamirga botirilgan sopcha 5-7 mm dan balandroqda to‘xtagan bo‘lsa, tajribani takrorlash uchun kuproq suv qo‘shib xamir qorishga to‘g‘ri keladi. Agar metall sopcha bundan pastrokda to‘xtasa, sinaladigan hamirga suv kamroq qo‘shilishi lozim. Xullas, hamirning normal quyuqligi topilgunga qadar suv miqdori o‘zgartirilaveradi. Normal quyuqlikdagi hamir hosil bo‘lishi uchun talab qilinadigan suv miqdori (%) sementning massasi bo‘yicha 0,25% gacha aniqlikda hisoblab chiqarilishi lozim. Sement massasi:-……..g. Normal quyuqlikda xamir tayyorlash uchun sarflanadigan suv miqdori:……. Nazorat savollari 1. Sement xamirining normal quyuqligi qaysi asbobda aniqlanadi? 2. Sement xamirining normal quyuqligini aniqlash tartibini tushuntiring 3. Nima uchun suv miqdori o‘zgartirilaveradi va o‘lchov birligi qanday? Foydalanilgan adabiyotlar: 1.E.U.Qosimov. N.A.Samig‘ov Qurilish ashyolaridan tajriba ishlari. Toshkent -2013 yil 2.Otaqo‘ziev T.A. Mineral bog‘lovchi moddalar. -T.: O‘qituvchi. 1989. 3.Maxmudova N.A., Nuritdinov X.N. Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. TAQI, Toshkent, 2000. - 83 b. 4.ShNK 3.06.03- 2008. Avtomobilnыe dorogi. 5. N.A.Samigov. S.R.Majidov. Qurilish materiallari va buyumlari fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy majmua. Toshkent-2017 yil 6. N.A.Samigov, S.R.Majidov, F.D.Jo‘raeva. Qurilish materiallari buyumlari fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanma. Toshkent- 2018. TAQI. Axborot manbalari 7. www.ibeton.ru 8. www.beton.ru 9. www.strovmat.ru 10. www.aifastrovcom.ru 11. www.allbeton.ru 12. www.ap-strov.ucoz.com 13. www.asiastrov.kz Download 418.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling