8-Ish. Sement xamirining «normal» quyuqligini aniqlash Umumiy tushuncha


Download 418.53 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi418.53 Kb.
#1556472
Bog'liq
8-Ish



8-Ish. Sement xamirining «normal» quyuqligini aniqlash 
Umumiy tushuncha. Narmal quyuqlikni aniqlash, sement suv nisbatini
bildiradi. Suv miqdori % da o‘lchanadi. 
Asbob va uskunalar. Vika asbobi, tarozi, qorishtirgich. 
Ishlash tartibi. Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobida
GOST 310.3-76 ga muvofiq aniqlanadi. Buning uchun asbobning ignasi o‘rniga
diametri 10 mm va uzunligi 50 mm keladigan metall sopcha (keli) o‘rnatiladi.
Harakatlanadigan sterjenning metall sopcha bilan birgalikdagi massasi 300±2 g
ni tashkil etishi lozim. Sinash oldidan sterjenning bemalol surilishini, metall
sopchaning tozaligini, o‘zak miliniig vaziyatini tekshirish kerak xalqa va
plastinkani mashina moyi bilan yupqa qilib moylash zarur 
Tekshiriladigan sementdan tarozida 400 g tortib olinib, xo‘l latta bilan
artilgan metall kosaga solinadi, sementning o‘rtasi uyiladi, hosil bo‘lgan 
chuqurchaga normal quyuqlikda hamir qorishga yetadigan miqdorda o‘lchab
quyilgan suv quyiladi. Sementdan birinchi marta hamir qorib qurish uchun
taxminan 110-112 sm 

(sement massasining 25-28% i miqdorida) suv olinishi
kerak. Suv quyilgan chuqurchaga po‘lat kurakcha bilan sement to‘ldiriladi va 30
sekunddan keyin ehtiyotlik bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan hamir kurakcha 
yordamida iylanadi va kosa vaqt-vaqti bilan 90° ga aylantiriladi. Hamir qorish va
uni iylash jarayoni sementdagi chuqurchaga suv quyilgan paytdan hisoblab 5
minut davom etishi lozim. Qorilgan hamirni shisha plastinka ustidagi xalqaga
bir yo‘la joylash, xalqani besh-olti marta silkitish uni plastinkaga bosib turgan


holda, plastinkani stolga sekin-sekin urish lozim. Sement hamirining ortiqchasi 
xo‘l latta bilan artilgach pichoqda sidirib tashlanadi. Xalqa plastinkasi bilan birga 
Vika asbobining sterjeni tagiga qo‘yiladi, metall sopcha xalqaning qoq o‘rtasida
hamirga tekkiziladi va qisish vintini burab shu vaziyatida mahkamlanadi.
Shundan keyin qisish vinti burab bo‘shatiladi, shunda sterjen bilan birga sopcha
ham hamirga botadi. Sterjen bo‘shatilgach paytdan 30 sekund o‘tgach, metall 
sopchaning hamirga botish chuqurligi asbob shkalasidan yozib olinadi. Agar 
sopchaning uchi shisha plastinkaga 5-7 mm yetmagan bo‘lsa, unda hamirning
quyuqligi normal hisoblanadi. Agar xamirga botirilgan sopcha 5-7 mm dan
balandroqda to‘xtagan bo‘lsa, tajribani takrorlash uchun kuproq suv qo‘shib xamir 
qorishga to‘g‘ri keladi. Agar metall sopcha bundan pastrokda to‘xtasa, sinaladigan
hamirga suv kamroq qo‘shilishi lozim. Xullas, hamirning normal quyuqligi
topilgunga qadar suv miqdori o‘zgartirilaveradi. Normal quyuqlikdagi hamir
hosil bo‘lishi uchun talab qilinadigan suv miqdori (%) sementning massasi
bo‘yicha 0,25% gacha aniqlikda hisoblab chiqarilishi lozim. 
Sement massasi:-……..g. 
Normal quyuqlikda xamir tayyorlash uchun sarflanadigan suv miqdori:…….
Nazorat savollari 
1. Sement xamirining normal quyuqligi qaysi asbobda aniqlanadi? 
2. Sement xamirining normal quyuqligini aniqlash tartibini tushuntiring 
3. Nima uchun suv miqdori o‘zgartirilaveradi va o‘lchov birligi qanday? 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.E.U.Qosimov. N.A.Samig‘ov Qurilish ashyolaridan tajriba ishlari.
Toshkent -2013 yil 
2.Otaqo‘ziev T.A. Mineral bog‘lovchi moddalar. -T.: O‘qituvchi. 1989. 
3.Maxmudova N.A., Nuritdinov X.N. Bog‘lovchi moddalar. O‘quv 
qo‘llanma. TAQI, Toshkent, 2000. - 83 b. 
4.ShNK 3.06.03- 2008. Avtomobilnыe dorogi. 
5. N.A.Samigov. S.R.Majidov. Qurilish materiallari va buyumlari fanidan 
amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy majmua. Toshkent-2017 yil 
6. N.A.Samigov, S.R.Majidov, F.D.Jo‘raeva. Qurilish materiallari buyumlari
fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanma. Toshkent-
2018. TAQI. 
Axborot manbalari 
7.
www.ibeton.ru
 


8.
www.beton.ru
 
9.
www.strovmat.ru
 
10.
www.aifastrovcom.ru
 
11.
www.allbeton.ru
 
12.
www.ap-strov.ucoz.com
 
13.
www.asiastrov.kz
 

Download 418.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling