8-jahon tarixi inovatsiya—texnika, texnalogiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish sohasidagi yangiliklar. Ekstensiv foydalanish—


Missiya (lotincha) yuksak burch, mas’uliyatli vazifa; bir davlatning ikkinchi davlatga maxsus topshiriq bilan yuborgan vakillari. Rezidensiya


Download 83.9 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi83.9 Kb.
#1603304
1   2   3   4   5
Bog'liq
ATAMALAR TARIX

Missiya (lotincha) yuksak burch, mas’uliyatli vazifa; bir davlatning ikkinchi davlatga maxsus topshiriq bilan yuborgan vakillari. Rezidensiya (lotincha) bir davlat diplomatik vakillari qarorgohi. Panislomizm - XIX asr oxirida butun musulmon olamini mustamlakachilarga qarshi kurashda birlashtirish to’g’risidagi harakatga Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari, shuningdek, sobiq Ittitoq tomonidan berilgan sun’iy nom. Panturkizm - turkiy xalqlarni birlashtirish g’oyasiga Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari, shuningdek, sobiq Ittitoq tomonidan berilgan rasrniy nom. Senat (lot.) qadimgi Rimda respublika davrigacha urug’ oqsoqollarining yigini. Yosh turklar - 1889-yilda tashkil etilgan turk burjua-pomeshchik partiyasi. „Birlik va taraqqiyot“ partiyasi a’zolarining yevropacha nomi. Ansorlar (arabcha yordamchilar, safdoshlar) Muhammad (s.a.v.) sahobalari bir tabaqasining nomi. Mahdiy (arabcha Alloh tomonidan to’g’ri yo’lga yetaklovchi) -Islomda oxirzamon bo’lganida kelib, yerda adolat o’rnatadi, deb ishoniluvchi payg’ambar. Dekret (lotincha-qaror) oliy hokimiyat boshqaruv organi chiqargan va qonun kuchiga ega bo’lgan qaror. Reparatsiya (lotincha tiklash) xalqaro huquqda urushda ko’rilgan zararni to’la yoki qisman qoplash uchunyengilgan davlat tomonidan g’olib davlatga to’lanadigan tovon. Separatizm (lotincha ajrataman) ajralib chiqishga intilish. Sulh - urush harakatlarini to’xtatish uchun tuzilgan bitim. Ilm (arabcha) kishining o’qish, o’rganish va hayotiy tajribasi orqali orttirgan bilimi. Fan (arabcha) to’g’riligi amalda tasdiqlangan, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatuvchi bilimlar tizimi. Sterilizatsiya (lotincha toza) Pasterlash-- (muallif shaxs Paster nomidan olingan) zararli mikro organizmlarnio’ldirish uchun suyuqlikni 60°-80°C gacha qizdirish va ularni tezda sovitish. Batsilla - kasallik qo’zg’atuvchi va tarqatuvchi mikroorganizm (mikrob-tayoqcha). Gumanitar-(fransuscha insoniy tabiat, bilimlilik) inson shaxsiga, inson huquqi va manfaatlariga oidlikni anglatuvchi tushuncha. Yevropasentrizim-barcha madaniyatlarni yevropalashtirish g’oyasi. Individ-alohida odam, shaxs. Falsafa--tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqidagi fan. Fashistik g’oya--eng shafqatsiz terrorchilik diktaturasi, aqidaparastlik va irqchilikni oqlovchi, millatchilik va shovinizmga asoslangan g’oya. Dekadentlik (lotincha tanazzul) Yevropa madaniyatidagi inqiroz holatini umumiy tarzda ifoda etuvchi tushuncha.
Download 83.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling