8-jahon tarixi inovatsiya—texnika, texnalogiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish sohasidagi yangiliklar. Ekstensiv foydalanish—


Download 83.9 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi83.9 Kb.
#1603304
1   2   3   4   5
Bog'liq
ATAMALAR TARIX

9-JAHON TARIXI Monopoliya (yunoncha, mono-tanho, poleo-sotaman)iqtisodiyotning bir sohasidagi tasho hukmronlik. Moliya-maqsadli pul jamg’armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog’liq munosabatlar. Oligarxiya (yunoncha - ozchilik hokimiyati) iqtisodiy va siyosiy hukmronlikning bir hovuch ulkan sarmoya egalari qo’lida to’planishi. Kartel- (italyancha - qog’oz, hujjat) bir tarmoqdagi mustaqil kompaniyalar, firmalarning ishlab chiqarish va sotishning umumiy hajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining ulushi va boshqalar to’g’risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma. Konsern- (ishtirok, manfaat) - manfaatlar umumiyligi asosida uyushgan korxonalarning yirik birlashmasi. Sindikat-(yunoncha-birgalikda ishlash)bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi. Trest-- ishlab chiqarish va savdoni o’zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi. Immigrant (lotincha - ko’chib keluvchi) - bir davlatdan boshqa bir davlatga doimiy yoki uzoq vaqt yashash uchun ko’chib kelgan shaxs. Industriya (lotincha- faoliyat) -sanoat, xususan, yirik sanoatni anglatuvchi atama. Migratsiya (lotincha - ko’chaman) - u yoki bu davlat aholisining bir hududdan boshqa hududga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chishi. Urbanizatsiya (fransuzcha va lotincha -shaharga mansub) - jamiyat hayotida shaharlar rolining va shahar aholisi salmog’ining ortib borishi. Depesha-shoshilinch xabar. Vaterloo -hozirgi Belgiya hududidagi qishloqning nomi. Bu qishloqda 1815-yilning 18- iyunida Napoleon I qo’shini tor-mor etilgan jang bo’lib o’tgan. Parlament (fr.) - saylov asosida tuziladigan qonun chiqaruvchi oliy davlat organi. Respublika- (lot. jamiyat ishi) -fuqarolaming umumiy saylovi asosida boshqariladigan davlat. Monarxiya (yunoncha) - yakka hukmronlik. Anarxizm- (yunoncha- hokimiyatsizlik, beboshlik)alohida bir shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi ta’limot.
Download 83.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling